Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xarakteriga xos bo‘lgan umumiy jihatlar


Download 384.22 Kb.
bet17/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

15.O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari xarakteriga xos bo‘lgan umumiy jihatlar.
Ular quyidagilar:
- Vatanga muhabbat;
- mehnatsevarlik;
- jamoatchilik tuyg‘usi va hokazo.
Alohida odam xarakteriga xos bo‘lgan umumiy sifatlar esa insonning hayot yo‘liga, uni qurshagan ijtimoiy va tabiiy muhitga, unga xos bo‘lgan asab sistemasi tipiga va boshqa omillarga bog‘liq bo‘ladi.
Temperament va xarakter o‘rtasida o‘zaro aloqadorlik hamda o‘zaro ta’sir hodisalari, alomatlari mavjud. Xarakterga xos bo‘lgan ba’zi bir jihatlarning namoyon bo‘lishi va rivojlanishi temperamentga bog‘liq.
Masalan, xolerikda o‘ziga ishonch tez rivojlanadi, flegmatikda esa faoliyatda to‘xtab qolish yoki ikkilanish holatlari kuzatilishi mumkin.
Temperamentning alohida barqaror xususiyatlari o‘z mohiyatiga ko‘ra xarakter tarkibiga kiradi. Shu bilan bir qatorda xarakter ta’siri ostida temperament o‘zgarishi mumkin. Xarakterni qanday o‘rganish mumkin? Tashqi ko‘rinish har doim ham xarakterni ifodalaydimi? Aslo! Juda xotirjam, yumshoq odamda kuchli, ijtimoiy yo‘naltirilgan xarakter bo‘lishi, chiroyli so‘zlar ostida esa kuchsiz, xudbin xarakter yashiringan bo‘lishi mumkin. Insonning nigohi, qadam tashlashi, husnixati, imo-ishoralari, nutq ohangi, yuz ifodasi kabilar esa xarakterni o‘rganish uchun faqatgina yordamchi «manba» bo‘lishlari mumkin.
Inson xarakteri, eng avvalo uning xatti-harakatlarida o‘z ifodasini topadi. Inson xulq-atvorini kuzatib va faoliyatini tahlil qilib, uning xarakteri to‘g‘risida gapirish mumkin.
Dala o‘quv mashg‘ulotlari jarayonida jangovar otishlar va hokazolarda ishtirok etish harbiy xizmatchilar uchun yetakchi faoliyat turi hisoblanadi. Komandir uchun esa o‘quv-tarbiya ishlari, insonlarga rahbarlik qilish kabilar asosiy faoliyat bo‘ladi. Shuningdek, insonning hayot yo‘li, tarjimai holi, uning ijtimoiy axloqqa bo‘lgan munosabatlari ham uning xarakteri to‘g‘risida ko‘p narsalarni berishi mumkin. Xarakterga xos bo‘lgan ba’zi bir kamchiliklar (dangasalik, intizomsizlik, noxolislik va hokazo) askarlarni milliy istiqlol g‘oyalari ruhida tarbiyalash ishiga halaqit beradi. Xarakterdagi salbiy unsurlar harbiy xizmatgacha bo‘lgan davrda ham, shuningdek, harbiy xizmat jarayonida ham ba’zi askarlarda paydo bo‘lishi mumkin. Bunga o‘qish va xizmatdagi muvaffaqiyatsizliklar omil bo‘ladi. U yoki bu askar xarakteridagi kamchiliklarni yo‘qotish tarbiyaviy ishlarning muhim vazifasi hisoblanadi. Bunda inson xarakteri shunchaki alohida jihatlarning mexanik yig‘indisi emasligini esda tutish lozim. Maqsadga yetishish uchun bo‘ladigan izchil va qat’iy kurashda xarakter kuchi namoyon bo‘ladi. Kuchli xarakterga ega askar o‘zini uzoq vaqt davomida psixologik barqaror holatda ushlab tura oladi. Bunday askarda so‘z va ish har doim bir bo‘ladi.
Askarlarda xarakterni qanday tarbiyalash mumkin?
Inson xarakteri uning butun umri davomida shakllanadi. Harbiy xizmatchi xarakteri harbiy xizmat jarayonida amalga oshiriladigan jamiki tadbirlar ta’siri ostida chiniqib boradi.
Xarakter bir vaqtning o‘zida ham barqaror ham nobarqaror tuzilma. Xarakterning barqarorligi uni tasniflash (klassifikatsiyalash), ya’ni u yoki bu guruhga ajratish imkonini beradi.
Xarakterni tiplarga ajratish zarurligini qadimgi grek olimlari ham tushunib yetishgan. Insonning atrofdagi voqelikka bo‘lgan ongli munosabati nafaqat uning dunyoqarashi, e’tiqodi va fikrlarida, balki, uning xarakterida ham namoyon bo‘ladi. «Xarakter» tushunchasini eramizdan oldingi IV asrda yashagan grek olimi Teofrast birinchi marta ilmiy iste’molga olib kirgan. U o‘zining «Axloqiy xarakterlar» degan asarida xarakterni 31ta turga bo‘ladi. Teofrast xarakterni jamiyat axloqiy hayotining shaxsdagi aksi sifatida tushungan.
Aristoteldan boshlab esa xarakterni shaxsning irodaviy sifatlari bilan bog‘lab tushunish an’anasi paydo bo‘lgan. Oqibatda esa iroda xususiyatlarining namoyon bo‘lishiga qarab xarakter kuchli va kuchsiz tiplarga bo‘lingan. Boshqa bir asosga ko‘ra esa xarakterlar intellektual, emotsional, irodaviy, yaxshi, ulug‘ va hokazo turlarga ajratilgan.
Xarakterlarni tasniflash urush sharoitida harbiy xizmatchi namoyon qiladigan xulq-atvor bilan bog‘liq muammolarni hal qilish uchun ham zarur.
Hozirgi vaqtda ushbu muammo ma’lum ma’noda hal etilgan. Ynson xarakterining asosiy jihati – uning voqelikka, dunyoga munosabati. Uning boshqa odamlarga munosabati esa xarakterining yana bir muhim jahatini tashkil etadi. Insonning o‘zga kishilarga, guruh, jamoa va jamiyatga nisbatan bo‘ladigan ko‘plab munosabatlari undagi xarakterning o‘ziga xos sifatlaridan kelib chiqadi. Bunday sifatlarga, masalan, jamoatchilik, sezgirlik, insonparvarlik, haqqoniylik, va ularga mos ravishda teskari bo‘lgan xudbinlik, qo‘pollik kabilar kiradi.
Harbiy xizmatchining o‘z jangovar mehnatiga bo‘lgan munosabati hech bo‘lmaganda uch narsani o‘z ichiga oladi: o‘z meh-natini ma’lum bir ijtimoiy qadriyat sifatida baholash, mehnat faoliyatining muayyan bir turi bo‘lgan o‘z kasbi va mutaxassisligiga bo‘lgan munosabati, o‘z ishiga ayni ishlab chiqarish sharoitidagi muayyan mehnat turi sifatida munosabatda bo‘lish. Bu uchala munosabat o‘zaro farqlanadi va shuning bilan bir qatorda bir-birlariga nisbatan umumiy, xususiy hamda yakka hodisalar sifatida o‘zaro aloqadorlikka ham ega. Ular bir-birlarini har xil holatlarda to‘ldirishlari mumkin.
Mehnatga munosabat umuman faoliyatdan, xususan esa kasbidan va ishidan qoniqish yoki qoniqmaslikni o‘z ichiga olishi mumkin, lekin, bu shu bilangina tugamaydi. U shaxsni mehnat jarayonidagi ijtimoiy ahvoli va o‘rni bilan belgilanadi. Bunda shuni nazarda tutish kerakki, harbiy xizmatchining mehnatga munosabati undagi xarakterning muhim tomoni hisoblanadi va u insonning fikr hamda hissiyotlarda namoyon bo‘lib, uning xatti-harakatlariga ko‘chadi.
Insonning o‘z-o‘ziga munosabati xarakterning muhim xususiyati bo‘lgan boshqa odamlarga, jamoaga munosabati bilan qat’iy bog‘lanishga ega.
Shu o‘rinda avvalgi mavzularimizda murojaat qilganimiz mashhur ingliz siyosatchisi Chesterfildning «Farzandga maktublar» asarida quyidagilarni uqiymiz: «Odamlar barchasi, istisnosiz bir xil unsurlardan tashkil topishgan, ammo xuddi mana shu unsurlar mutanosibligi har xil odamlarda bir xil bo‘lavermaydi, dunyoda bir-biriga aynan o‘xshash odamlar uchramaydi. Bundan tashqari, yillar o‘tib, inson o‘zgaradi. Har qanday iste’dodli kishi nimanidir beo‘xshov qilib qo‘yishi mumkin, g‘ururli kishi kutilmagan pastkashlikka yuz tutishi mumkin, halol odam vijdonsizlarcha yo‘l tutishi mumkin, maraz vaqti kelib, olijanoblik qilishi mumkii. Shuning uchun ham odamni uzoq muddat kuzatmoq ma’qul, uning tasviriga oxirgi chiziq tortishga oshiqma».
Xarakterning bu hamma tomonlari (dunyoga, mehnatga, boshqa kishilarga va o‘z-o‘ziga) intellektual, emotsional va irodaviy sifatlar bilan u yoki bu darajada o‘zaro kesishadi, birlashadi hamda ta’sirlashadi. Irodaviy sifatlar ichida, masalan, maqsadga intilish, qat’iylik, sabotlilik, mardlik kabilar xarakter uchun katta ahamiyatga ega bo‘ladi. Shu bilan birgalikda tabiiyki, o‘jarlik, irodasizlik, qo‘rqoqlik kabi irodaviy sifatlar ham xarakterda o‘z aksini topadi.
Sanab o‘tilgan xususiyat va sifatlarning uyg‘unligi, ularning rivojlanish darajasi xarakterning rivojlaiish ko‘rsatkichini belgilaydi. Xarakterning rivojlanish darajasi qanchalik yuqori bo‘lsa, u shunchalik kuchli bo‘ladi.
Yaqin vaqtlargacha insonlardagi kuchli va zaif xarakterlar faqatgina xarakterdagi irodaviy xususiyatlarga qarab aniqlangan. Kuchli xarakterga ega insonda xatti-harakat va qarashlari bir-biriga to‘la mos keladi. Konformist o‘z fikrida qat’iy tura olmaydi. Uning xulq-atvori muhitga bog‘liq bo‘ladi. Shuning uchun ham harbiy xizmatchilarni tarbiyalash bilan bog‘liq muammolarni hal etayotganda insonning xarakteri uning ijtimoiy turmushi, ya’ni u yashab, faoliyat yuritayotgan ijtimoiy shart-sharoitlar bilan belgilanishini nazarda tutish lozim. Ijtimoiy turmush unga bevosita va bavosita ta’sir etadi. Shuning uchun ham inson xarakteri o‘zi mansub bo‘lgan jamiyatga va uning o‘zigagina xos bo‘lgan jihatlarni o‘zaro birlashtiradi. Bitta jamiyatga mansub bo‘lgan kishilar xarakterlaridagi o‘xshashlik va umumiyliklar umumiy ijtimoiy shart-sharoitlar bilan izohlanadi. Boshqa tomondan esa har bir odamga xos bo‘lgan o‘ziga xos betakror hayot yo‘li, hayot va faoliyat sharoitlari xarakterning individual xususiyatlarini yaratadi.
Shuni aytib o‘tish kerakki, kundalik hayotda kishilardagi xarakter har xil baholanishi mumkin. Ba’zan harbiy xizmatchilar qaysarlikni printsipiallik yoki qat’iyatlilikning ifodasi sifatida tushunib, unga ijobiy baho beradilar. Yoki sezgirlik, rahmdillik kabi sifatlarni ham ular zaif xarakter nishonalari tarzida tushunadilar. Ular sezgirlik-irodasiz odamlarga xos xususiyat, shuning uchun ham irodali odam sovuqqon, dag‘al va cho‘rtkesar bulishi kerak, deb hisoblaydilar. Boshliqlar va kattalarga ko‘rsatilgan samimiy munosabat laganbardorlik, deb qabul qilinishi ham mumkin. Tabiiyki, komandirlar bunday noto‘g‘ri qarashlarning oldini olishlari, harbiy xizmatchilarda to‘g‘ri qarashlarni shakllantirishlari zarur.
Insonda haqiqiy tasavvur, e’tiqod va g‘oyalarning bo‘lishi unda kuchli xarakterni shakllantirishning zarur sharti hisoblanadi. Ammo, buning o‘zi yetarli emas, muhimi inson nafaqat to‘g‘ri tasavvur va e’tiqodga ega bo‘lishi, balki, hayotda ularga amal qilishi ham kerak.
Yosh yigit Qurolli Kuchlarga u yoki bu darajada qaror topgan xarakter bilan keladi. Xizmat davrida esa unda harbiy xizmatchiga xos xarakter xislatlari rivojlana boradi. Harbiy tartib uning oldiga o‘z xulq-atvorini nizomlarda, boshliqlarning buyruq va ko‘rsatmalarida belgilangan qat’iy qoida hamda majburiyatlar asosida qo‘rish vazifasini qo‘yadi. Nizom talablari, xizmat vazifalarini bajarish, jangovar navbatchilikni o‘tash, qorovullik xizmati va boshqa majburiyatlar harbiy xizmatchida intizomlilik, maqsadga intilish, mas’uliyat, sabotlilik, botartiblik kabi xarakter sifatlarini rivojlantiradi.
Harakatlarni qayta takrorlash asosida tajriba yuzaga keladi. Bularning hammasi ongda o‘z aksini topadi, agar dastlab harakatlar zaruratni anglash yoki jazodan qochish istagi natijasi bo‘lsa, keyinchalik esa ko‘p marta takrorlash oqibatida ular odatga aylanadi.
Harbiy qasamyod va nizomlar talablariga to‘la mos ravishda harakat qilish zaruratini chuqur anglab yetish – tinchlik va urush vaqtidagi har qanday vaziyatlarda mas’uliyat bilan harakat qilish shartidir.
Harbiy xizmatchi xarakterining shakllanishiga asosan komandir, qolaversa, harbiy jamoa katta ta’sir ko‘rsatadi. Bunda komandirning ish uslubi, bo‘linmadagi tartib-intizom, o‘quv-tarbiya ishlariniig tashkil etilishi, harbiy xizmatchilarga komandir va boshliqlar tomonidan quyilayotgan talablarning o‘zaro uyg‘unligi, ularning xizmat va o‘quv faoliyatlari ustidan muntazam nazoratning yo‘lga qo‘yilganligi, rag‘batlantirish va jazolash choralarini to‘g‘ri qo‘llash kabilar muhim rol o‘ynaydi.
Harbiy jamoaga kelgan yosh askar bevosita ijtimoiy munosabatlar tizimida o‘zining yangi o‘rnini egayllay boshlaydi. U endi fuqarolik hayotida bo‘lgani kabi o‘z faoliyati va xulq-atvorini har doim ham mustaqil rejalashtira olmaydi. Unga nisbatan hayoti, o‘qishi va xizmatini tartibga soluvchi muayyan talablar ilgari suriladi. Shu bilan birgalikda harbiy faoliyat undan atrofdagi voqealarga nisbatan ong‘liroq va faolroq munosabatni taqozo qiladi. Ba’zan harbiy xizmatchi o‘zining dunyoga, mehnatga, boshqa kishilarga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan odatiy munosabatlarini tubdan qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ladi. Shuning uchun ham xizmatning dastlabki kunlarida askarning xulq-atvorida, ruhiy holatida qarama-qarshiliklar, ikkilanishlar va motivlar ko‘rashi ko‘zga tashlanadi. Xizmat faoliyati asosida harbiy xizmatchi xarakterining asoslari yaratiladi – e’tiqod mustahkamlanadi, xulq-atvor esa ancha yuksak axloqiy tamoyillar negiziga quriladi.
Xarakterni rivojlantirishda jismoniy tarbiyaga muhim e’tibor qaratiladi. Jismoniy jihatdan chiniqqan harbiy xizmatchi teng sharoitlarda boshqalarga nisbatan yuksakroq irodaviy sifatlarni namoyon etadi, uning o‘ziga bo‘lgan ishonchi yuqori bo‘ladi.
Bulardan tashqari o‘z-o‘zini tarbiyalash ham xarakterni tarbiyalashda katta imkoniyatlarga ega. Komandirlar ushbu jarayonga rahbarlik qilishlari, harbiy xizmatchilarni urush sharoitlarida kerak bo‘ladigan xarakter sifatlarini o‘zlarida rivojlantirishga rag‘batlantirishlari zarur. Bunda o‘z-o‘zini ishontirish, o‘z-o‘zini tanqid qilish, mashq qilish, o‘z-o‘zini rag‘batlantirish va hatto o‘z-o‘zini majbur qilish usullaridan foydalanish tavsiya etiladi.



Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling