Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Harbiy xizmatchilardagi temperament va xarakterlar


Download 384.22 Kb.
bet16/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

14. Harbiy xizmatchilardagi temperament va xarakterlar
Odamlar bilan muloqotda bo‘lib, ularni kuzatib shu narsaga guvoh bo‘lish mumkinki, ularning ba’zilari xotirjam, boshqasi harakatchan, uchinchisi kamgap va xafaqon, to‘rtinchisi quvnoq bo‘lishadi. Odamlar o‘rtasidagi qanday tafovut ular temperamentlaridagi har xillik bilan izohlanadi. (Temperament tushunchasi lotincha «temperamentum» so‘zidan olingan bo‘lib, «aralashma» yoki «qismlarning nisbati» degan ma’noni bildiradi). Temperament psixika va xulq-atvor dinamikasini ifodalaydi.
His-tuyg‘ularning paydo bo‘lish tezligi va kuchida hamda kishining umumiy harakatchanligida namoyon bo‘ladigan individual-psixologik xususiyatlarning majmui temperament deb ataladi. U shaxsning tug‘ma sifati hisoblanadi.
Temperamentlar har xilligining sabablarini mashhur rus fiziolog olimi I.P.Pavlov o‘zining oliy nerv faoliyati tiplari haqidagi ta’limotida tushuntirib beradi. Unga ko‘ra temperamentning asosi bo‘lib, bosh miya yarim sharlari qobig‘ining faoliyati hisoblanadi. Bosh miya qobig‘ida kechadigan qo‘zg‘alish va tormozlanish jarayonlari har xil odamlarda turli xil kuch bilan namoyon bo‘ladi, shuningdek, ushbu jarayonlar harakatchanlik va barqarorlik xususiyatlariga ham ega bo‘ladi.
Nerv qo‘zg‘alishlarining kuchi quyidagi sifatlar bilan belgilanadi:
- faollik;
- diqqatlilik;
- chidamlilik;
- emotsional barqarorlik va noqulay sharoitlarda ham ish qobiliyatining birday saqlanib turishi.
Barqarorlik xulq-atvorning bir tekisda namoyon bo‘lishida o‘z ifodasini topadi. Nobarqarorlik, o‘zini tuta olmaslik, o‘z-o‘ziga nisbatan nazoratning yo‘qligi kabi sifatlar bilan belgilanadi. Ko‘nikma va odatlarni tezda o‘zgartira olish, shuningdek, yangi sharoitlarga yengil moslashish kabilar harakatchanlik belgilaridir. Nerv jarayonlari kuchsiz bo‘lganida insonda tez charchash, emotsional nobarqarorlik hamda og‘ir vaziyatlarda o‘zini tuta bilmaslik kabi holatlar kuzatiladi. Nerv jarayonining bu xususiyatlari o‘zaro birlashib, nerv sistemasi tiplarini tashkil qiladi. Bu tiplar o‘z navbatida mos ravishda 4 ta temperamentning fiziologik asosini tashkil qiladi.
Kuchli, ko‘zg‘aluvchan, tajang, g‘ayratli, aniq imo-ishoralar va mimikaga boy, nobarqaror tipga temperamentning xolerik turi to‘g‘ri keladi; kuchli, xarakatchan, tuyg‘ularning beqarorligi – sangvinik temperamenti; kam harakatchan, inert tip – flegmatik temperamenti, flegmatik kishini uning uchun odatiy bo‘lib qolgan tinch holatdan olib chiqish oson emas. U harakat va gapirishda ham shoshilmaydi, uning mimikasi kam ifodali, harakatlari sust; kuchsiz tipga esa melanxolik temperamenti mos keladi, u tuyg‘ularning nisbatan kam xilma-xilligi bo‘lgani holda ularning sekin paydo bo‘lishi bilan ajralib turadi. Tashqi tomondan deyarli tuyg‘ular ko‘zga tashlanmaydi. Melanxolik kishini ko‘p narsa bezovta qilmaydi, lekin his-tuyg‘ular paydo bo‘lganda u, odatda chuqur, davomli va ancha kuchli bo‘ladi. Melanxolik kishining kayfiyati ko‘pincha g‘amgin bo‘ladi.
Temperament shaxsning barqaror xususiyati hisoblansa-da, ammo insonning hayoti va faoliyati jarayonida o‘zgarishi mumkin. Barqaror xarakterni shakllantirish, o‘z temperamentini boshqara olish kabilar temperamentni rivojlantirishning asosiy shakllari hisoblanadi. O‘quv va tarbiyaviy ishlarda harbiy xizmatchilardagi temperamentni e’tiborga olish kerak. O‘z qo‘l ostidagi askarlarning temperamentlarini bilish komandirlarga askarlarning xulq-atvorlarini, hatti-harakatlarini tushunishlarida, shuningdek, tarbiyaviy ta’sir vositalarini to‘g‘ri belgilashda yordam beradi.
O‘z vaqtida amalga oshirilgan tarbiyaviy ta’sir va askarlar faoliyatini to‘g‘ri tashkil etish u yoki bu temperamentning ijobiy tomondan namoyon bo‘lishiga yordam beradi. Masalan, flegmatiklarda javob reaktsiyasini oshirish, xaleriklarda esa nobarqarorlikni yo‘qotish, melanxoliklarda o‘z kuchiga ishonch hissini hosil qilish mumkin. Bular o‘zini boshqarishga nisbatan kunikma, odat, malakalar paydo bo‘lishi bilan shakllanadi. Harbiycha hayotga sangvinik va xolerik temperament tiplarining tezroq moslashishini, flegmatik va melanxolik tiplarining esa, aksincha, qiyinchilik bilan ko‘nikishini tadqiqotlar ko‘rsatdi.
Shaxs xususiyati sifatida xarakter – bu barqaror ruhiy jihatlarning yig‘indisi bo‘lib, u inson xulq-atvorining hamma tomonlariga ta’sir etadi hamda uning individual o‘ziga xosligini ifodalaydi.
Xarakter tarkibida axloqiy jihatlar alohida ajralib turadi:
- jamoatchilik;
- to‘g‘rilik;
- haqiqatparvarlik;
- muloqotga tez kirishuvchanlik;
- emotsional jihatlari;
- ishonch;
- fidoiylik;
- hayrat;
- hayotsevarlik;
- irodaviy jihatlar;
- bosiqlik;
- qat’iylik;
- mustaqillik;
- intizomlilik;
- aqliy sifatlar;
- tezda tushunib olish;
- topqirlik va hokazo.
Inson xarakteri ko‘plab jihatlarga ega bo‘lib, ularni ma’lum bir tartibda tasniflash (klassifikatsiyalash) mumkin.
Birinchi guruhga xarakterdagi jamiyatga, fuqarolik va harbiy burchga munosabat kabi jihatlarni kiritish mumkin: javobgarlik hissi, o‘z vataniga nisbatan muhabbat, dushmanlarga nafrat.
Ikkinchi guruhga esa mehnat faoliyatiga nisbatan munosabat, mehnatsevarlik, vnjdonlilik, intiluvchanlik, botartiblik yoki aksincha dangasalik
Uchinchi guruhga insonning boshqa kishilarga munosabati, muloqotga tez kirishishi, hushyorligi, insonparvarligi yoki qo‘polligi.
To‘rtinchi guruhga – insonning o‘z-o‘ziga munosabati, o‘z-o‘zini tanqid, kamtarlik yoki aksincha maqtanchoqlik va kekkayish kabilarni kiritish mumkin.
Xarakterlar kuchli va kuchsiz, jamoatchi va xudbin, maqsadli va ziddiyatli, indamas va dilkash kabi turlarga bo‘linadi.
Har bir odamning harakteri individual va umumiy jihatlarni o‘z ichiga oladi. Umumiylik deganda alohida kishilar guruhiga, jamiyatga xos bo‘lgan sifatlarni tushunamiz.



Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling