Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet156/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Hozirgi vaqtda harbiy faoliyatning quyidagi ikkita turiga katta e’tibor beriladi:
- o‘quv jangovar
- jangovar faoliyatlar.
Agar qadim zamonlarda harbiy faoliyat o‘zining soddaligi va ko‘p jismoniy kuch talab qilishligi bilan ajralib turgan bo‘lsa, endilikda u ko‘proq aqliy tayyorgarlikni talab qiladi. Harbiy faoliyatga elektron hisoblash mashinalari va murakkab texnik moslamalarning kiritilishi bilan juda ko‘p harbiy xizmatchilar bir joyda o‘tirib har xil modellar va tasvirlar bilan ishlashadi, shuning uchun ham ularning faoliyati operatorlik faoliyatiga aylanib qolgan. Harbiy faoliyat, ayniqsa, jangovar sharoitlarda juda qiyin kechadi, uni amalga oshirish uchun yetarlicha kuchli motivlar, yaxshi rivojlangan bilish jarayonlari, kuchli iroda hamda mahorat zarur bo‘ladi. Harbiy faoliyatda harbiy xizmatchilarga rahbarlik qilish har xil chora-tadbirlarni ko‘rishni talab qiladi. Bunday chora-tadbirlarga esa vazifalarni tushuntirish, buyruq berish, rag‘batlantirish va jazolash kabilar kiradi.
Harbiy xizmat faoliyatning murakkab turi bo‘lib, o‘z ichiga o‘yin, o‘qish va mehnat elementlarini oladi. Ma’lumki, inson yoshligida muntazam o‘yin faoliyati bilan shug‘ullanadi, katta bo‘lgandan keyin esa sport o‘yinlarida qatnashishi mumkin. Shu asnoda inson psixologiyasi rivojlanadi. Harbiy xizmatda o‘yin elementlari bilan harbiy xizmatchi taktik mashg‘ulotlar va dala o‘quv mashg‘ulotlari vaqtida to‘qnash keladi. Harbiy xizmat davrining katta qismini jangovar o‘quv mashg‘ulotlari tashkil etadi. Uning amaliyot bilan bog‘liqligi va mohiyatini anglash katta tarbiyaviy ahamiyatga ega. Askar taktik bilimlarni egallaydi, nizomlarni va armiya hayotini o‘rganadi.
Harbiy xizmat yana mehnat faoliyati hamdir. Askar texnikaga xizmat ko‘rsatadi, uni yuksak jangovar tayyorgarlik holatida saqlaydi. Har doim boshliqlar va komandirlarning buyruqlarini kutib turadi. Xizmat jarayonida askar mehnat vositalari – qurollar, texnikalar; odamlar - boshqa harbiy xizmatchilar, komandirlar; g‘oyalar – xizmatning nihoyatda katta ahamiyati, harbiy nizom talablari, harbiy axloq, murakkab topshiriqlar yordamida yangi narsalarni o‘rganadi. Bular ham askar shaxsining rivojlanishiga sabab bo‘ladi.
Faoliyatning har bir turi alohida elementlardan tashkil topadi. Harakat faoliyatning eng muhim elementi bo‘lib hisoblanadi. Masalan: samolyotni boshqarish har xil harakatlardan iborat: ko‘tarilish, uchish, qo‘nish. Faoliyatning bu komponentlari uchuvchining alohida mustaqil harakatlari bilan amalga oshiriladi. Faoliyatning psixologik tuzulishini tushunish uchun uning tashkil qiluvchisi bo‘lgan harakatni ko‘rib chiqamiz.
Insonning u yoki bu harakati alohida qo‘zg‘alish natijasida kelib chiqadi. Bu qo‘zg‘alishga motiv deyiladi. Masalan: starter knopkasini bosish dvigatelni yurg‘izish haqidagi buyruq natijasida yuz beradi. Harakat har doim maqsadga, ya’ni harakat ta’sirida egallanishi kerak bo‘lgan natijaga yo‘naltirilgan bo‘ladi. Harakatni amalga oshirishda inson ma’lum vositalardan foydalanadi: texnik moslama yoki harakat usuli shunday vosita bo‘lishi mumkin, Harakatni, u orqali esa faoliyatni tushunish uchun motiv, maqsad va vositalarni baholash lozim.
Psixologik yo‘nalish shaxsning eng asosiy xususiyati bo‘lib, uning hayoti va faoliyatida chuqur iz qoldiradi.
Shaxs yo‘nalishi undagi ehtiyojlar, motivlar, ustanovka va maqsadlarning o‘zaro birligidan iborat bo‘lgan ishtimoiy-psixologik tuzilma,
Ehtiyoj – bu insonning biron narsaga bo‘lgan talabi.
Ehtiyojlar ikki xil bo‘ladi:
- moddiy;
- ma’naviy.
Moddiy ehtiyojlarga ovqat, kiyimlar, boshpana va hokazolar kiradi.
Ma’naviy ehtiyojlarga esa bilimga, muloqotga, faoliyatga bo‘lgan ehtiyojlar kiradi.


11 «Амир Темур ўгитлари». Тошкент, «Наврўз»-1992 йил.

22 Имом Исмоил ал-Бухорий. «Ал-адаб ал-муфрат». Тошкент, «Ўзбекистон»-1990 йил.

11 Абу Наср Форобий. «Фозил одамлар шаҳри». Тошкент, «А. қодирий номидаги халқ мероси нашриёти»-1993 йил, 186-187 бетлар.

11 И.А. Каримов - «Жамиятимиз мафкураси халқни-халқ, миллатни-миллат қилишга хизмат
этсин». Тошкент, «Ўзбекистон»-1998 йил, 15-бет.

22 Б. Тураев-«Миллий истиқлол мафкураси ва миллий фалсафа». Ахборотнома. Тошкент. 77-бет.

1* А. Набиев - «Осори педагогии Абў Абдуллоҳ Рўдаки». Хужанд-1999 й. 19-бет.

11Абдулла Авлоний - «Туркий гулистон ё худ ахлоқ». «Ўқитувчи», Тошкент-1967 йил,
25 бет.

11Ўзбекистон Республикаси Коституцияси. «Ўзбекистон». Тошкент-1992 йил.

22 Ш. Шомуҳаммедов – «Бир даста гул мақоласи».

11 И.А. Каримов - «Жамиятимиз мафкураси халқни-халқ, миллатни-миллат қилишга хизмат
этсин». Тошкент, «Ўзбекистон»-1998 йил, 15-бет.

22 Б. Тураев-«Миллий истиқлол мафкураси ва миллий фалсафа». Ахборотнома. Тошкент. 77-бет.

11 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. 8-декабр, 1992 йил. 18-моддаси.

11 «Ватанпарвар» газетаси. 10 май 2003 йил, 2 бет.

11 Ўзбекистон Республикаси Конституцияси. 8 декабр 1992 йил. 52 моддаси.

11 Абдулла Авлоний - «Ўсан миллат». Тошкент-1993 йил. 92-бет.

11 Ахлоқ-одобга оид ҳадис намуналари. Тошкент, «Фан»-1990 йил, 56, 98, 152 бетлар.

11 Ислом Каримов – «Биздан озод ва обод Ватан қолсин». 2-жилд. Тошкент, «Ўзбекистон». 1996 йил, 261-бет.

22 Ислом Каримов – «Ўзбекистоннинг ўз истиқлол ва тараққиёт йўли». Тошкент, «Ўзбекистон»
1996 йил.

11 И.А. Каримов-«маънавий баркамол йўли. Истиқлол ва маънавият». Тошкент, «Ўзбекистон»-1994 й. 113-бет.

11 «Амир Темур ўгитлари». Тошкент, «Наврўз»-1992 йил, 17-бет.

22 А. Авлоний -«Туркий гулистон ё худ ахлоқ». Тошкент, «Ўқитувчи»-1992 йил, 16-бет.

11 Мунавваров А.К.-«Оила педагогикаси». Тошкент, «Ўқитувчи»-1994 й. 65-бет.

11 Каримов И. А. - «Ижобий ишларимизни охирига етказайлик». Тошкент, «Ўзбекистон» - 1994 й. 9-бет.

11 Саъдий Шерозий – «Бўстон». Тошкент-1968 й. 128 бет.

22 Саъдий Шерозий – «Гулистон». Тошкент-1968 й. 146 бет.



Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling