Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Nutq quyidagi vazifalarni bajaradi


Download 384.22 Kb.
bet152/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

Nutq quyidagi vazifalarni bajaradi:
- nomlash;
- ma’lumot uzatish;
- ifodalash;
- ta’sir o‘tkazish.
Harbiy faoliyatga xos nutq shakllariga quyidagilar kiradi:
- komandirlik nutqi;
- targ‘ibot va tashviqot nutqi;
- kundalik muloqot nutqi.
Harbiy xizmatchilarda nutqni rivojlantirish yo‘llari quyidagilar:
- jamoatchilik ishlarida faol ishtirok etish;
- so‘z boyligini kengaytirish;
- chet tillarni o‘rganish;
- o‘z fikrlarini erkin va to‘g‘ri ifodalashga o‘rgatish;
- nutqni rivojlantirish bo‘yicha maxsus mashqlarni bajarish;
- o‘z nutqini baholash va nazorat qila olish.


97. Askarlardagi xarakteridagi xolerik, sangvinik, flegmatik, melanxolik temperamentlari.
Xolerik temieramentidagi askarga nobarqarorlik, o‘zini tuta olmaslik, reaktsiyalarning tezligi, jonli mimika va harakatchanlik xos.
Xolerik I.P.Pavlovning fikricha aniq jangovar tip, u oson va tez qo‘zg‘aladi. Qiyinchiliklarsiz yangi hayot sharoitlariga moslashadi, atrofdagi kishilar bilan oson muloqotga kirishadi. U yangi sharoitlarda paydo bo‘ladigan tusiqlardan qo‘rqmaydi, jo‘shqin faoliyat sohibi ekanligini va ixtirochiligini namoyon etadi, shuningdek, tezda jamoa lideriga aylanadi.
Bunday odam ishni faol boshlab, uning oxirida sovib qolishi mumkin. Uni bir tekisdagi sekin harakatlar toliqtiradi. U jo‘shqin va keskin harakatlarga moyil. Tajribalar shuni ko‘rsatadiki, xolerik temperamentli odam biron topshiriqni bajarishdan oldin keragidan ortiq hayajoilanadi. Bu esa o‘q otish mashg‘ulotlari, jangovor navbatchiliklarda salbiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.
Sangvinik temperamenti vazmin odamlarga xos. Uning harakatlari xolerikka qaraganda sekinroq, ammo bunday tip yangi sharoitlarga tezda moslashadi. Askar – sangvinik o‘zining optimistligi va amaliyotchiligi bilan jamoaga tezda qo‘shilib ketadi. Xizmatdoshlari bilan tezda tanishib, o‘rtoqlik munosabatlarini o‘rnatadi.
Flegmatik temperamentidagi odam vazmin, kam harakat qiladigan va xotirjam bo‘ladi. Unga kuchsiz emotsional qo‘zg‘aluvchanlik xos. U bo‘lg‘usi harakatlarni uzoq o‘ylaydi, qarorlar qabul qilishda qiynaladi, hayotniig yangi sharoitlariga qiyinchilik bilan va sekin moslashadi. Ammo ishda qat’iylik va chidamlilik ko‘rsatadi. Flegmatik o‘rtoqlikka moyil emas, ya’ni ko‘proq yolg‘izlikni ma’qul ko‘radi.
Melanxolik temperamentidagi odamga esa boshqalarga qo‘shilmaslik va tashabbus ko‘rsatmaslik xos. Unda ko‘nikish jarayoni qiyinchilik bilan kechadi. U bir-ikkita o‘rtoqlar orttirish bilan qanoatlanib, o‘ziga nisbatan amalga oshirilgan qo‘polliklarga ularni ichiga yutish bilan javob beradi. Ular xafagarchiliklarni uzoq vaqt o‘zlarida saqlab yuradilar va uzoq davom etadigan his-tuyg‘ular bilan yashaydilar.
Shaxsdagi o‘z-o‘zini baholash, o‘z-o‘zini sevish, o‘z-o‘zini tushunish, mustaqillikka intilish, jamoatchilik kabi xislatlarga temperament katta ta’sir ko‘rsatadi. Inson xarakteri qanchalik kuchli bo‘lsa, uniig jamoaga yoki alohida kishilarga bo‘lgan munosabati shunchalik aniq namoyon bo‘ladi.
Temperamentni o‘zgartirish mumkinmi?
Temperamentni o‘zgartirishning ehtimolligi axloqiy va boshqa sifatlarni shakllantirishga nisbatan juda ham kam. Bu holat temperamentning nerv sistemasi tiplariga bog‘liqligi bilan izohlanadi. Nerv sistemasi tiplari esa qariyb o‘zgarmaydi.
Xarakter va uni harbiy xizmatchilarda tarbiyalash muammolari ham dolzarb masalalar sirasiga kiradi. Shaxsning yo‘nalishi, temperamenti, qobiliyatlari kabi xususiyatlar ichida xarakter alohida o‘ringa ega. Bu esa aynan xarakterda inson psixologiyasining barqaror xususiyatlari sintezlashgani bilan izohlanadi.

Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling