Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
95. Xayol va xotira.
Xayol va uning kechishlari Inson ongida har doim buyum, xatti-harakat, hodisa shaklidagi faoliyat mahsullarining obrazlari paydo bulib turadi. Mana shu hodisaga xayol deyiladi. U insonga faoliyat natijalarini oldindan tasavvur qilish imkonini beradi. Inson xayol vositasida o‘z faoliyatining yakuniy va oraliq mahsullarining modellarini yaratish bilan kelajakni bashorat qila oladi. Yangi muammolar paydo bo‘lganda, masalaning yangicha yechimlari qidirilayotganda ayniqsa, xayol tez-tez paydo bo‘lib turadi. Inson xayol yordamida narsa va hodisalarni alohida qismlarga ajratadi, keyin esa boshqa bir shaklda yana qayta birlashtira oladi. Natijada uning ongida yangi aloqalar, obrazlar va fikrlar paydo bo‘ladi. Xayol – ongning shunday faoliyatiki, bunda mavjud tasavvur, bilim va tajribalarga asoslanib, yangi obrazlar yaratiladi. Fiziologiya nuqtai nazaridan esa xayol – bu miyaning murakkab analitik-sintetik faoliyatiga asoslangan yangi muvaqqat nerv bog‘lanishlari paydo bo‘lish jarayonidan iborat. Xayol jarayonida go‘yoki muvaqqat nerv bog‘lanishlari o‘zaro parchalanib, yangicha shakldagi nerv bog‘lanishlari qaror topadi. Orzu shaklidagi xayol harbiy xizmatchi uchun faoliyat motivi vazifasini o‘tashi mumkin. Orzu – bu istakdagi kelajak obrazi. Shuning uchun ham u insonning ijodiy kuchlarini hayol tadbiq etish, faoliyatda qo‘llashning zarur shart-sharoiti hisoblanadi. Umuman xayol har qanday faoliyatda ham muhim rol o‘ynaydi. Shuningdek, u ofitserga pedagogik faoliyatni muvaffaqiyatli amalga oshirish uchun ham zarur. U harbiy xizmatchilarga ta’lim va tarbiya berar ekan, ularda qanday sifatlarni rivojlantirish zarurligini tasavvur eta olishi zarur. Bo‘linmalar faoliyatiga rahbarlik qilishda xayol nihoyatda katta yordam beradi. Olingan topshiriqni aniqlashtirish, vaziyatni baholash va zarur qarorlar qabul qilish asosida ofitser fikran kelajakka nazar tashlaydi, o‘z bo‘linmasi va dushman qo‘shinining ehtimoliy harakatlarini, ularning maqsadi, yo‘nalishi hamda eng muhim harakatlarni qachon, kaerda amalga oshirishlarini tasavvur qiladi. Xayol harbiy harakatlar rejasini oldindan tuzishga imkon beradi. Yaxshi rivojlangan hayol ofitserning katta komandirlar rejalarini to‘g‘ri va tezda tushunib olishini tezlashtiradi, oddiy askar va serjantlarga esa jangovar vazifani yaxshiroq tushunib olishlariga, uning ijrosidagi o‘zlarining o‘rinlarini anglab yetishlariga hamda zarur tashabbuslarni ilgari surishlariga sharoit yaratadi. Ilmiy kashfiyot va texnika taraqqiyotini xayolsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi. Xayolni shartli ravishda ikki turga ajratish mumkin: faolva zaif. Birinchi holatda xayol inson ijodiy faoliyati uchun sharoit vazifasini o‘tasa, ikkinchi holatda esa hech bir faoliyat bilan bog‘lanmaydi, aniqrog‘i, o‘zi faoliyat bo‘lib keladi (masalan, shirin xayol). Shuningdek, xayol ixtiyorsiz va ixtiyoriy bo‘lishi mumkin. Inson ongida uning istaklariga bog‘liq bo‘lmagan obraz va fikrlarning paydo bo‘lishi ixtiyorsiz xayolni bildiradi. Agar xayol faoliyat bilan bog‘liq bo‘lgan maqsadlar atrofida paydo bo‘lsa, bunday xayolga ixtiyoriy xayol deyiladi. Ijtimoiy ahamiyatga ega yangi biron-bir narsa yaratishga yo‘naltirilgan faoliyatga ijod, unda ishtirok etadigan xayolga esa ijodiy xayol deyiladi. Xizmat jarayonida kishilarda xayolni rivojlantirishga katta e’tibor beriladi. Ma’lumki, inson faoliyatining asosiy xususiyatlaridan biri undagi faoliyat natijalarini tasavvur qila olish layoqati bo‘lib hisoblanadi. U faoliyat yakunida o‘zi oldindan xayol qilgan natijaga ega bo‘ladi. Xayol faoliyatni tashkil qilishda va amalga oshirishda ishtirok etar ekan, o‘zi ham shakllanadi, rivojlanadi. U faol va ijodiy jarayon sifatida faqat faol hamda ijodiy faoliyatdagina rivojlanishi mumkin. Uning rivoji umuman harbiy xizmatchi ruhiyati (faoliyat ehtiyojlari va motivlari, xarakter, qobiliyatlar, bilimlar, ko‘nikma, malaka va odatlar, psixologik bilish jarayonlari, iroda va hissiyot)ning rivojlanishi bilan birga kechadi. Harbiy xizmat ijodkorlikni va xayolni rivojlantirish uchun katta imkoniyatlarga ega. Masalan, ofitser harbiy harakatlar rejasini diqqat bilan o‘rganar ekan tegishli qarorlar qabul kiladi, jang rejasini hamda tarbiyaviy tadbirlar tizimini ishlab chiqadi, jangovar texnika va qurollarni tayyorlaydi. Bularning hammasida uning xayoli ishtirok etadi hamda shunga mos ravishda rivojlanadi. Harbiy xiz-matchilardagi xayolning rivojlanishi umuman ular shaxsining rivojlanishi bilan bog‘liq. O‘quv-tarbiyviy ishlar ta’sirida ularda yuksak axloqiy-siyosiy sifatlar, shuningdek, qat’iylik, mardlik, intellekt, hissiyot, qiziqish va xarakter kabilar rivojlanadi. Ushbu sifatlar harbiy xizmatchilardagi xayolning rivojlanishini ta’minlaydi. Ularda ijodiy xayolni rivojlantirish uchun esa tashabbuskorlik va mustaqillik yaxshi manba bo‘ladi. Bundan tashqari harbiy xizmatchilarni jamoatchilik ishlariga jalb etish ham ularda hayolning rivojlanishini ta’minlaydi. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling