Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
91. Namuna metodi bu….
Namuna metodi-harbiylarni demokratik va insondo‘stlik ruhida tarbiyalashda namuna metodi katta rol uynaydi. Namunaning tarbiyaviy vazifasi g‘oyat xilma-xildir. Namuna tarbiyada yo metod yoki shaklida qo‘llanadi. Suhbat, tushuntirish va hikoyatda usul, boshqa o‘rinda metod bo‘ladi. Agar tarbiyachi qo‘lostidagilarga biror xatti-harakatning andozasini ko‘rsatish uchun namunadan foydalansa, bu metod bo‘ladi. Tarbiyachi axloqiy tushunchalarni konkretlantirish, talabning, axloq normalarining ahamiyati, unga bo‘ysinishning foydali ekanligini, hamisha jamiyat manfaati yo‘lida halol mehnat qilish kishini ulug‘lashini isbotlash uchun namunadan foydalanadi. Bular namunaning tarbiyaviy vazifasidir. Namuna metodidan xalq pedagogikasida ham keng foydalanilgan. Ota-bobolarimiz o‘z farzandlarini hamisha yaxshilardan, donolardan, ulug‘ kishilardan ibrat olishga da’vat qilib kelganlar. Namuna metodi ikki holatda uchrashishi mumkin: Yaxshilik fazilatlar orqali; Yomonlik fazilatlar orqali. Urfiyatda aytdilarkim, «Yaxshilardan bog‘ qoladi, yomonlardan dog‘ qoladi», «Inson tarbiyani-tarbiyasiz, axloqsiz, odobsiz kishilardan o‘rganadi», degan so‘zlar bejiz emas. Ular namuna sifatida boshqalarga o‘rnak bo‘ladi. Buyuk mutafakkir Shayx Sa’diy Sheroziy ham tarbiya metodlari va o‘qituvchilar haqida ta’rif yozganda namuna metodini avvalgi o‘ringa qo‘yishib qayd qiladiki-«Insonni tarbiyalash uchun birov o‘rnak-namuna bo‘lishi shart». Vatanimizning eng yaxshi va olijanob kishilari tarbiyachilarimizning fazilatlari, xatti-harakatlari yosh avlodni insonparvarlik, ideal ruhida tarbiyalash va ularda chin insoniy fazilatlarini tarkib toptirishda katta rol o‘ynaydi. Tarbiya ishida ofitserning shaxsiy namunasi, obro‘si katta ahamiyatga ega. Chunki harbiylar uchun ofitserning har bir xatti-harakati namunadir. Ofitser-bu ijtimoiy, iqtisodiy va siyosiy harbiy-kasbiy bilimga ega bo‘lgan, harbiy faoliyatda qo‘l ostidagilarni Nizom asosida qurolli Kuchlar safiga tayerlaydigan shaxs xisoblanadi Bu xolat ofitserdan xarbiylarga nisbatan juda ziyrak munosabatda bo‘lishni talab etadi. Shuning uchun ofitser o‘zi o‘qitadigan fanni mukammal bilishi birga insonparvarlik fazilat, milliy g‘oya, milliy mafkura, odobli va nazokatli bo‘lmog‘i, o‘z tarbiyasidagi askarlarni sevmog‘i, hurmat qilmog‘i, harbiylar o‘rtasida katta obro‘ qozonmog‘i kerak. Bu haqda shuni aytishimiz zarurki «Ofitserning obro‘si yaxshi bo‘lsa, u holda bu ofitserning ko‘rsatgan ta’siri ba’zi bir askarlarning hayotida umr bo‘yi qoladi. Ana shuning uchun ham ofitser o‘ziga yaxshi qarashi, uning har bir xatti-harakati, xulq-atvori nihoyatda kuchli nazorat ostida ekanligini sezishi juda muhimdir. Buni esda tutmoq kerak». Agar ofitser o‘zi axloqiy tamoyillarga rioya qilmasa, harbiylar bu axloqiy tamoyillarni to‘g‘ri va hayotiy ekanligiga ishonmaydilar. Ofitser qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilarni tarbiyasi ularni kiyim-kechak kiyish qoidalarini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yishi, axloqiy-ruhiy holatini, qonun va umumharbiy Nizomlarni buzmasdan qo‘mondonlarni buyruqlarini so‘zsiz bajarishga, yaxshi xizmat qilgan, xulqi yaxshi, intizomi namunali harbiy xizmatchilarni jamoa oldida rag‘batlantirib, ularga minnatdorchilik bildirishi zarur. Harbiylarni namuna xizmat qilganligi haqida o‘quv maskaniga (oila-a’zolariga) hurmat qog‘ozi yuborishsa, hurmat kitobiga yozib qo‘yishi kerak. Namuna metodining vositalari: Buyuk insonlar hayot-faoliyatidan namunalar; Urushlar tarixidan namunalar; Ilg‘or harbiy xizmatchilar faoliyatidan namunalar; Badiy va san’at asarlaridan namunalar; Tarbiyachining shaxsiy namunasi. Harbiy intizom-bu barcha harbiy xizmatchilarning qonun va harbiy Nizom tomonidan qo‘mondon buyruqlari bilan belgilangan tartib va qoidalarga qat’iy va aniq rioya etishidadir. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling