Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 96. Harbiylar faoliyatida nutq.
Harbiy xizmatchilarda xotirani rivojlantirish yo‘llari quyidagilar:
- bilish bilan bog‘liq qiziqishlarni shakllantirish; - mashg‘ulotlar va tarbiyaviy ishlar sifatini oshirish; - topshirilgan ish uchun mas’uliyatni va mehnatsevarlikni tarbiyalash; - o‘tilgan mavzularni muntazam takrorlab borish; - olingan nazariy bilimlarni amaliyotga joriy qilish; - o‘zining harbiy mutaxassisligiga nisbatan qiziqishlarni tarbiyalash. 96. Harbiylar faoliyatida nutq. Nutq – bu tildan individual foydalanish jarayoni. Boshqalar bilan muloqot jarayonida biz tildan eng ko‘p foydalanamiz. Insonga tovushlardan buyumlarni belgilashda foydalana bilash va voqelikni anglash layoqati berilgan. Inson nutqi voqelikni miyada belgilar vositasida aks ettirishdan iborat. Bu esa axborotni kodlash va uzatishning asosiy vositalaridan biridir. O‘zga kishilar nutqini tushunish uchun uni qaytadan kodlash, ya’ni ichki ma’noga ko‘chirish kerak bo‘ladi. Shu orqali so‘z anglatadigan ma’no bilib olinadi. Bu esa miya analitik-sintetik faoliyatining natijasi. Nutqni idrok qilish jarayonida uning eng ko‘p axborot beradigan qismi ajratiladi, ayni vaziyat uchun muhim bo‘lgan ma’no tanlanadi. Nutqni tanish va anglash jarayoni ma’lum bir belgilarni ajratib olishga asoslanadi. Shaxs alohida harflar yig‘indisini idrok qilish bilan nutqni tushunadi. So‘z qo‘zg‘atuvchi sifatida uch xil shaklda namoyon bo‘ladi: eshitish, ko‘rish va harakat. Shunga mos ravishda miyada uchta nutq markazlari rivojlangan: eshitish markazi, ko‘rish markazi va harakat markazi. Ular shartli reflekslar orqali butun miya bilan bog‘langan bo‘lib, bir odam nutqining boshqa kishiga har tomonlama ta’sir etish mexanizmini, shuningdek, o‘z-o‘zini ishontirish, o‘z-o‘ziga buyruq berish va hokazolarni tushuntirish mumkin. Insondagi nutq markazlari nafaqat u gapirayotganda, balki, o‘ylayotganda ham qo‘zg‘aladi. Masalan, inson biron masalani yechayotganda bir vaqtning o‘zida nutq markazi va nutq harakat apparatida kuchli qo‘zg‘alish kuzatiladi. So‘z ta’sirida miya qobig‘ida insonga o‘zidagi ruhiy jarayonlar (ixtiyoriy diqqat, ixtiyoriy xotira va hokazo)ni ongli ravishda boshqarish imkonini beruvchi muvaqqat bog‘lanishlar tizimi – ikkinchi signallar tizimi shakllanadi. Psixologik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha predmetli harakatlarning aqliy harakatlarga aylanishida nutq faoliyati muhim vosita bo‘ladi. Aqliy harakatlarning shakllanishida tashqi harakatlar tartibi dastlabki tanishuvdan tashqari ularni nutqda bajarish tashqi va ichki ham muhim bosqich bo‘lib hisoblanadi. So‘z miya qobig‘ini faollashtirishga va oldingi tajribalarni faoliyatga jalb etishga qodir. U nafaqat ikkinchi signallar tizimiga, balki, u orqali birinchi signallar tizimiga va hatto miya qobig‘i ostiga ham ta’sir etadi. So‘z yordamida inson ruhiyati va faoliyatini zarur tomonga yo‘naltirishi mumkin. Psixologiya nuqtai nazaridan nutq ko‘p vazifalarni bajaradi. U eng avvalo belgilash, atash vazifasini bajaradi. Har bir so‘z yoki gap, predmet va hodisalarni aks ettiruvchi muayyan mazmunga ega bo‘ladi. Ko‘pgina so‘zlar bir guruh predmetlarni anglatadi: tank, samolyot, raketa va hokazo. Ushbuso‘zlarning o‘zi muayyan tank, samolyot va hokazolarni belgilashuchun ham ishlatiladi. Nutqning ma’lumot berish vazifasi axborot, bilim va tajribalarni yetkazib berishda moyon bo‘ladi. Nutqning ifoda vazifasi insonning o‘z hissiyotlar ehtiyojlari va munosabatlarini gapining talaffuzida, urg‘usida, tuzilishida, qiyoslashda, maqollarda berishida o‘z ifodasini topadi. Nutqda insonning temperamenti va xarakteri, uning aqliy hissiyot va iroda sifatlari ko‘rinib turadi. Insondagi o‘zini qo‘lga ola bilish, tashkilotchilik, maqsad sari intilish yoki aksincha, faoliyatsizlik, loqaydlik, shubha kabilar uning nutq talaffuzida aks etadi. Nutqning ta’sir o‘tkazish vazifasi – bu insonni so‘z yori damida ma’lum bir vazifalarni bajarishga, faollik ko‘rsatishga undashdan, da’vat etishdan iborat. Nutq ta’sirida insonning ruhiy holati, hissiyoti va xulq-atvor motivlar o‘zgarishi, unda gapirayotgan odam bilan ichki hamkorlik, ham fikrlik paydo bo‘lishi mumkin. Uning ta’sir o‘tkazish vazifasidan o‘quv-tarbiya jarayonida, targ‘ibot va tashviqot ishida, rahbarlik va komandirlik faoliyatida keng foydalaniladi. Nutq kommunikatsiyaning eng muhim, ammo yagona vosita emas. U har doim muloqotning boshqa vositalari – mimika, talaffuzning o‘zgarishi, imo-ishora kabilar bilan o‘zaro ta’sirlashadi. Og‘zaki nutq ikki turga – diolog va monolog nutqiga bo‘linadi. Suhbat jarayonida diolog nutqdan foydalaniladi. Suxbatdosh bilan yaqin hamkorlikda bo‘lish nutqdagi alohida birjoylarni tashlab ketishga imkon beradi. Yuz ifodasi, ko‘z, talaffuz, imo-ishora, pauza, urg‘u berish-bularning hammasi suhbatdoshlarning bir-birlarini tezda tushunishlariga sharoit yaratadi. Ammo, ba’zi holatlarda diolog nutqini to‘liq va aniq ifodalash zarur bo‘ladi: ilmiy bahs-munozara bo‘limda, komandir o‘z qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilar bilan suhbatlashayotganda shunday bo‘ladi. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling