Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Harbiy xizmatchilarning mustaqil ta’lim jarayoning mazmuni va maqsadi


Download 384.22 Kb.
bet133/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

83. Harbiy xizmatchilarning mustaqil ta’lim jarayoning mazmuni va maqsadi.
Mustaqil ta’lim shaxsning o‘z bilimlarini kengaytirish va chuqurlashtirish, mavjud ko‘nikma va malakalarini rivojlantirish va yangilarini egallash bo‘yicha faol, maqsadli faoliyatidir. Mustaqil bilim olish faoliyati shaxsning ma’naviy, axloqiy xislatlarini va kasbiy mahoratini rivojlantirishga yordam beradi, aqliy salohiyati oshadi, kasbiy mahorati va madaniy saviyasi o‘sadi, dunyoqarashi, fikrlash qobiliyati kengayadi.
Mustaqil ta’lim har bir harbiy xizmatchining doimiy ishiga, odatiga aylanishi lozim. Bu jarayon, ayniqsa, askarlar, yosh ofitserlar uchun juda muhimdir.
Mustaqil ta’lim jarayonini qanday tashkil etish kerak, degan savolga aniq javob berish, biror ko‘rsatma berish qiyin. Chunki bu jarayon har bir shaxsning qiziqishi, imkoniyati, xohishi, ehtiyojiga bog‘liq. Biroq, shunday bo‘lsada, ba’zi bir ko‘rsatmalarni berish mumkin:
1. Hozirgi zamon axborot oqimidan to‘g‘ri va samarali foydalana olish (ommaviy axborot vositalari, “Internet”, adabiyotlar).
2. Mustaqil ta’lim dasturlarini tuzish ( ma’lum bir sohalar, yo‘nalishlar bo‘yicha va aniq toifadagi harbiy xizmatchilar va ishchi-xizmatchilar uchun).
3. Tajribali ofitserlar, o‘qituvchilar, instruktorlar bilimidan foydalanish.
4. Vaqtdan unumli foydalanish (reja asosida ish yuritish, natijalarni tahlil qilib borish, o‘z-o‘ziga hisob berib turish va boshqalar).
5. Ko‘proq o‘qish (ilmiy, metodik, maxsus, o‘quv, badiiy adabiyotlar, gazeta va jurnallar).
6. Ilg‘or tajribani o‘rganish.
84. Ofitser pedagogik madaniyatining mazmuni, uni shakllantirish va rivojlantirish.

Mamlakatni har tomonlama rivojlantirish, yuksaltirish bo‘yicha belgilangan masalalarni muvaffaqiyatli hal qilishning muhim shartlaridan biri xalqning ma’naviy, ma’rifiy va madaniy saviyasini o‘stirish hisoblanadi. Chunki xalqning, jamiyatning har bir a’zosining ma’naviy, ma’rifiy va madaniy saviyasi qancha yuqori bo‘lsa, kadrlar salohiyati shuncha baland bo‘ladi, xalqning turmush darajasi oshadi.


Ma’naviyat, ma’rifat va madaniyat tushunchalarining har biri alohida chuqur mazmunga ega bo‘lishiga qaramasdan, ular o‘zaro chambarchas bog‘liq bo‘lib, yagona uzilmas zanjirni tashkil etadi, bir-birini to‘ldirib va rivojlantirib boradi.
Madaniyat haqida so‘z yuritilar ekan, uning marakkab va serqirra ma’naviy-ijtimoiy hodisa ekanligini, jamiyat hayotini, inson turmushi va ko‘p tomonlama faoliyatini aks ettirishini ta’kidlash muhimdir. Shu nuqtai-nazardan qaraganda, adabiyotlarda madaniyat ikki guruhga, ya’ni moddiy va ma’naviy madaniyatga bo‘lingan va quyidagicha ta’rif berilgan.

Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   129   130   131   132   133   134   135   136   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling