Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet129/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

80. Tarbiyada munozara.
Munozara-oliy bilim yurti tizimida nutq o‘stirish, o‘z fikrini mustaqil va asosli bayon qilib, xulosalar chiqarish vositasi sifatida g‘oyat muhim o‘rin egallaydi. Bu bajaralidagan ishning bir turi bo‘lib,o‘zaro tortishning jarayonini keltirib chiqaradi va unga aniqlik kiritadi.
Harbiylar tomonidan «o‘z so‘zi» o‘ziga xos uslubi asosida izchil, savodli fikr yuritiladi. Munozara vaqtida harbiylar o‘zlariga ishongan holda savollarini muhokama qiladilar. Munozara uchun shunday sharoit yaratilishi kerakki, unda harbiylar o‘z fikrlarini ishonch bilan ochiq-oydin, kamchiliklari uchun aybga quymasliklariga ishongan holda bayon etishlari kerak. Munozara bitta bir nechta guruh bilan o‘tkazilishi mumkin.
Uni o‘tkazish talablari va qoidalari harbiylarga oldindan aytiladi va quyidagi tartibda olib boriladi:

  1. Mavzu tanlab olinadi.

  2. Mavzuga oid reja tuziladi.

  3. Mavzuning qisqacha mazmuni beriladi.

  4. Ushbu mavzuga oid munozarani o‘tkazishdan ko‘zlangan maqsad belgilanadi.

  5. Foydalanadigan adabiyotlar va o‘qitishning texnik vositalari tayyorlanadi.

  6. Hayotdagi va o‘quv tarbiyaviy jarayonlardagi ijobiy ishlar bo‘yicha materiallar tayyorlanadi.

  7. Mavzuga oid qo‘shimcha savollar ishlab chiqiladi.

Munozara mavzusini harbiylar o‘zlari tanlab oladilar. Munozara ishtirokchilari o‘z fikrlarini bayon qilganda bir-biriga hurmat bilan munosabatda bo‘lib, o‘z qarashlarini to‘g‘ri yoki noto‘g‘riligini isbot qilib beradilar. Munozarada hamma ishtirokchilar mavzuga oid o‘z fikrlarini aytishi mumkin. Mashg‘ulot oxirida munozara, pedagog tomonidan tahlil qilinadi va talabalar baholanib, hisoboti to‘ldiriladi.
Munozara, mulohaza, voqealarga baho berish harbiylarda ishonch va e’tiqodning shakllanishida muhim rol o‘ynaydigan tarbiya metodidir. Munozarada fikr almashuv va tortishuv orqali harbiylar axloq-odobga, siyosiy voqealarga, nafosat va go‘zallikka, ijtimoiy hayotga doir hartomonlama bilimlarga, tasavvurlarga ega bo‘ladilar.
Munozara-bu biron bir echiladigan savolni muhokama qilishdir. Munozara–bu bajariladigan ishning bir shakli bo‘lib, o‘zaro tortishish jarayonini keltirib chiqaradi va unga aniqliq kiritadi.
Munozara-erkin fikr almashish, erkin tortishish, erkin so‘zlashish hamda har bir qatnashuvchi talabaning uyushqoqligini tashkil etadi.
Munozara vaqtida talabalar o‘zlariga ishongan holda savollarni muhokama qiladilar. Munozara olib borilayotganda shunday sharoit yaratilishi kerakki, talabalar bemalol o‘z fikrlarini to‘g‘ri, ishongan holda ochiq oydin, ularni kamchiliklari uchun aybga qo‘ymasliklarini ko‘rsatmagan holda fikrlarini bayon qilish kerak.
Munozara va bahslashuvlar askarlarni tushuncha va dalillarini tahlil qilishga, o‘z fikr va qarashlarini asoslashga, qat’iy turib himoya qilishga, o‘z fikriga boshqalarni ishontirishga o‘rgatadi.
Ta’lim-tarbiya rivojlanib borgan sari ma’rifiy jarayonning qonuniyatlari aniqlanib, shu asosda tarbiya berish va ko‘nikma hosil qilish usullari ham ilmiy sifati rivojlana kelmoqda. Tarbiya hayotining eng muhim tirgagi, tayanchi bo‘lib hisoblanishi lozim.
Markaziy Osiyoga Islom dini kirib kelishi bilan bu an’anaviy sifatlar mustahkamlanib boyitildi. Islom aqidalari, uning axloqiy, huquqiy, hayotiy tamoyillarining asosiy manbai «qur’oni Karim»dir. Bu muqaddas kitob kishilarning tenglikka, birodarlikka, tinch-totuv yashashga, ezgulikka undaydi.
Ma’rifiy risolalarda asosan axloqning nazariy va amaliy masalalari tahlil etilgan. Farobiy, Ibn Sino, yusuf Xos Xojib, Ahmad Yugnakiy, To‘siy, Devoniy, Koshifiy, Kaykovus, Sa’diy, Jomiy, Navoiylarning «Fozil odamlar shahri», «baxt saodatga erishuv haqida», «Axloq haqida risola», «Ishq risolasi», «Kutadg‘u bilig», «Axloqi Mo‘hsiniy», «Axloqi Jaloliy», «Axloqi Nosiriy», «Bo‘ston» va «Guliston» kabi ta’lim tarbiyaga oid asarlari asosida munozaralar tashkil etish inson shaxsini, ma’naviyatini, hayotiy axloqini shakllantirish muammosini hal etiladi.
Ko‘rsatilgan asarlardan harbiylarga doir hayotiy axloqiy mavzularda munozaralar tashkil qilib, ularni xulq-odob, hayotga tayyorlash fazilatlarini yuqori darajaga ko‘tarilish zarur.
Quyidagi mavzularni munozara uchun tavsiyalash mumkin: «Ota-onani hurmatlash haqida», «Suxandonlik bilan martabaga ega bo‘lish», «Bilim olish va o‘zini yuqori olmaslik haqida», «qarilik va yigitlik haqida», «Sharob ichish haqida», «O‘rish qilmoq haqida», «Do‘st tanlash haqida», «Dushmandan qutilish haqida», «Jazo berish va avf etish haqida», «Sipohlarning shartlari va odatlari haqida», «Juvonmardlik haqida» va hokazolar...
Pedagogik axloq-odobning muhim talablaridan biri muallim ham, ota-
ona ham, tarbiyachilar ham, atrof-tevaragdagi shaxslar ham o‘smir yoshdagi bolalar bilan muomala qilganda pedagogik taktni saqlashi, bolani izzat-nafsiga tegmasligidir. Bu sohadagi xato, ba’zan fojiaga olib kelgan hollar ham uchrab turadi.
Voqeiy hikoyat. N. ismli qiz sakkizinchi sinfda o‘qirdi. U o‘z sinfdoshiga muhabbat izhor qilib, xat yozdi. Xat sinfdoshlardan biriga tushdi va uni sinfda ovoz chiqarib o‘qiy boshladi. Bundan xabar topgan muallim xatni bolani qo‘lidan tortib olib, baland ovoz chiqarib zaharxanda kulgi bilan butun sinfga o‘qib berdi. Direktorning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha muovini qizni va onasini chaqirib, o‘qituvchilar xonasida barcha o‘qituvchilar oldida xatni o‘qidi. Onasining jahli chiqib, barcha tengdoshlari oldida qizini urishdi, uning sha’niga haqqoratli so‘zlar aytdi. Kechqurun uyga borgach, oilada ham bu mojaro davom etdi. Tahqirlarga chiday olmagan o‘quvchi ertasiga hammadan oldin maktabga keldi, o‘zi o‘qiydigan xonaga kirib, joniga qasd qildi (o‘ziga o‘zi o‘t qo‘ydi).
Bunday hodisa kamdan-kam uchraydi, lekin bu faqat muallim va ota-onalarning pedagogik xatoligi nimalarga olib kelishi mumkinligini ko‘rsatadi (munozara sifatida ko‘rib chiqish mumkin).



Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   125   126   127   128   129   130   131   132   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling