Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
78. Tarbiyada ishontirish metodi
Ishontirish-bu tarbiyaviy ishlarning asosiy uslublaridan biri bo‘lib, qurolli Kuchlarimizni rivojlantirish, ularni zamon talabiga javob bera oladigan qilib tarbiyalash va qurollantirish, jangovar shayligini oshirish qo‘rqmas, jasur qilib tarbiyalashda katta ahamiyatga egadir. Ishontirish usuli harbiy xizmatchilarni ongli ravishda Vatan, ota-ona oldida turgan vazifalarni bajarishdagi qiyinchiliklarni mardonavor engishga yordam beradi. Har bir komandir yoki komandirning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari o‘z qo‘l ostidagi askar, serjant, shartnoma bo‘yicha harbiy xizmatchilarni nima uchun kelganligi, harbiy xizmat yigitlik burchi ekanligiga ishontira bilsa unda harbiy xizmatchilar orasida do‘stlik bir-birini qo‘llab quvvatlash va harbiy intizomni kuchaytirishga olib keladi. Harbiy xizmatchilarni ishontirish usuli, O‘zbekiston Respublikasi umumharbiy Nizomlarida belgilab qo‘yilgan. Harbiy xizmatchilar shu Nizom talablarini, ko‘rsatilgan qonun-qoidalarga qat’iy bo‘ysinishlari shart. Ofitser o‘z qo‘l ostidagi harbiy xizmatchilarni tarbiyalash jarayonida, ularni etuk shaxs qilib tarbiyalashda, ularning ongiga vatanparvarlik ruhini singdirishda ishontirish usulini qo‘llaydi. Ishontirish usuli haqida harbiy nizomda shunday deyilgan: «Harbiy intizom har bir harbiy xizmatchining O‘zbekiston Respublikasini himoya qilishga bo‘lgan harbiy burch va shaxsiy mas’uliyat, o‘z xalqiga mislsiz sadoqatini his qilishga asoslanadi. Harbiy intizom-bu barcha harbiy xizmatchilarning boshliq(komandir)lar tomonidan Nizom va qonunlarda ko‘rsatilgan buyruqlarini so‘zsiz va aniq bajarilishidir». Ishontirish usuli barcha harbiy xizmatchilarning xizmat davomidagi faoliyatini engillashtiradi, shu bilan birga ichki tartibni saqlashda yordam beradi. Ofitser harbiy xizmatchilarni tarbiyalash jarayonidagi asosiy ish yo‘nalishi bu-ishontirishdir. Ishontirish usuli bilan ofitser qo‘l ostidagi xizmatchilarga, xizmatga vijdonan yondashishi qasamyodga sodiq qolish kabi g‘oyalarni ularning ongiga singdiradi. Ofitserning tarbiyalash faoliyatida uning mahorati va qobiliyati asosiy o‘rin egallaydi. Tarbiyalash jarayonida ofitserning ishontirish qobiliyati, qiziqtirish, o‘rnak bo‘lish kabi mahoratlari ham bo‘lishi kerak. Ofitserning pedagogik qobiliyati o‘z qo‘l ostidagilarni kasbiy yo‘naltirishda yordam beradi. Harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi qo‘pol tartib buzarliklar sodir etganlari jazolash-askarlarning ishontirishga bo‘lgan muhabbatini oshiradi. Bu borada ofitserning oqilliligi, shijoati va tashqi ko‘rinishi bilan birgalikda uning madaniyatliligi ham katta o‘ringa ega. harbiy xizmatchilar orasidagi mehr-muhabbatni mustahkamlash, bir-birlariga ishonish ham, ishontrish usulining samarali bo‘lganligidan dalolat beradi. Ofitser va tarbiyachi harbiylarda (qo‘l ostidagilarda) biror fazilatni tarbiyalanganda, albatta uning g‘oyat zarur ekanini ko‘rsatuvchi dalillar keltiradi, isbotlab ishontiradi va askarning o‘qib olishiga erishadi. Demak, ofitser yoki tarbiyachi tomonidan tushintirilgan tushunchalarini anglab, fahmlab olish, o‘qib olish deyiladi. qurolli Kuchlarda ofitser shunaqa ishonchli shaxsdirki jamiyat (harbiy soha) ishonib uni qo‘liga barcha harbiylarni tarbiyalashni topshirib qo‘yadi. Ana shu ishontirish uni majburlaydiki, qo‘lostidagilar bilan ishlashda va ularni tarbiyalashda ishonchlarini oqlashi kerak. Harbiylarni har biri o‘sib, ulg‘ayib, kamol topib borayotganidan xursand bo‘layotganini sezish kerak. Faqat shundagina askar o‘zining (ota) olg‘a siljib borayotganini ko‘ra biladi, o‘z kuchiga ishonadi. Uni hurmat qiladi, unga ishonishdan, unga quloq solishadi, u jamoaga kerak, u tarbiyachisini qiziqtiradi. Bunga erishish uchun ishontirish usulidan foydalanish zarur. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling