Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
Ahillik jamoa to‘g‘risidagi suhbatlar yoki pand-nasihatlar orqali shakllanmaydi. Harbiylarni ahilliyligini tashkil qilish va tarbiyalash quyidagi ikki stilga asoslanadi:
Harbiylarni turli-tuman va mazmunli ishlarga (faoliyat turlariga) jalb etish kerak; Harbiylar jalb etiladigan ishlarni (faoliyatni) shunday tashkil qilish va rag‘batlantirish lozimki, u harbiylarni ahil va ishchan jamoaga birlashtirsin va jiplashtirsin. Bundan quyidagi xulosalar kelib chiqadi: Harbiylarning jamoasi tarbiyalashning asosiy vositasi bo‘lib, xizmatdagi turli-tuman ishlar, ularning mehnati, ijtimoiy-siyosiy va madaniy-ommaviy faoliyati xizmat qiladi; Yuqorida keltirgan harbiylar faoliyat turlarini tashkil qilishda tarbiyalovchi jamoani shakllantirishga qaratilgan maxsus uslubiyotni qo‘llanishi lozimki, bu metodika asosida quyidagi pedagogik shartlar yotishi kerak: harbiylarga mohirona talab qo‘yish; harbiylarni faollarini tarbiyalash; o‘quv mehnat va ijtimoiy-siyosiy faoliyatda istiqbolni tashkil etish; sog‘lom ijtimoiy fikrni shakllantirish; ahil hayotning ijobiy an’analarini vujudga keltirish va rivojlantirish. 77. Tarbiyada sodiq va sodiq do‘st metodi Shundaylar bor senga bir umr, Sodiq do‘stman deya ont ichar, Lekin kelsa payti mahali Poylab turib yuraging ezar. Do‘stlik azobin chekkan har inson, Do‘stlik qadriga yetar har qachon. Do‘st-so‘zi qisqa so‘z bo‘lishiga qaramay benihoyat keng ma’nolarga egadir. Do‘stlik xalqimiz udumiga binoan ikki kishining bir-biriga do‘stlashish, sodiq bo‘lish va hamisha g‘amxo‘rlikda bo‘lishini nazarda tutgan. O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng harbiy xizmatchilar va harbiy jamoalar orasida do‘stlik, birodarlik va bir-biriga sodiqlikni mustahkamlashning butunlay yangi imkoniyatlar paydo bo‘ldi. Harbiy jamoa-jamiyatimizning ijtimoiy ruhiy hayotini o‘zida aks ettiruvchi ajralmas bir bo‘lagi hisoblanaldi. U o‘rtoqlik, askariy birodarlikning mustahkam rishtalari bilan kuchga to‘lgan ahil jangovar jamoadir. Harbiy xizmatchilar tomonidan jangovar vazifalarni bajarish chog‘ida turli xavf-xatarlar vujudga kelishi mumkin. Bunday paytlarda askarlarning bir-birini qo‘llashi, o‘zaro yordami katta ahamiyatga ega. Shuning uchun ham harbiy jamoada do‘stlik, o‘rtoqlik o‘zaro ko‘makdoshlik beandoza o‘ringa molikdir. Tarixga nazar tashlasak sharqning buyuk mutafakkirlaridan biri Kaykovusning «qobusnoma» asarida askarlar va boshqalar orasidagi munosabat haqida so‘z yuritilganda «Hamma vaqt lashkarga xush so‘z aytgil va bir luqma non, bir kosa suv topsang, ular bilan baham ko‘rgil, bir parcha nonning qilg‘on ishini ko‘p zar va sarpolar qila olmag‘usidir. Agar ular sendan jonini darig‘ tutmasin desang, ulardan sen joningni darig‘ tutmag‘il» deydi. Buyuk sarkarda Amr Temur askarlarni mustahkam bir jamoa qilish, jangda bir-birlarini qo‘llashlarini inobatga olib o‘nliklarni tashkil qilgan edi. U qayd qiladiki, «Sodiq vafodor do‘st o‘lkim, o‘z do‘stidan ranjimaydi, do‘stning dushmanini o‘z dushmani deb biladi. Agar bo‘lsa, do‘sti uchun jonini ham ayamaydi»: Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling