Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Tashkiliy funksiya
- Rag‘batlantiruvchi funksiya
76. Tarbiyada ahil-jamoa metodi
Ahil-jamoa so‘zi fors tilidan olingan bo‘lib, ittifoq va jamoa ma’nosini beradi. Zamonaviy adabiyotlarda bu tushuncha ikki xil ma’noda ishlatiladi: ahillik-insonlarni har qanday guruhiy uyushmasi (masalan, oilada, guruhlarda, do‘stlararo munosabatda); ahillik-yuksak darajada tashkil etilgan guruh. Pedagogik ma’noda ahil deganda kishilarning ittifoqdoshligi, ularning ma’lum ijtimoiy majmo‘isi va ularning bog‘lab turadigan munosabatlarning mavjudligi tushuniladi. Harbiylar ahil-jamoa tarbiyasi o‘ziga xos funksiyalarga egadir: Tashkiliy funksiya, ya’ni ahil-jamoa o‘z ijtimoiy foydali faoliyatini boshqarishning chinakam sub’ektiga aylangan bo‘ladi; G‘oyaviy-tarbiyaviy funksiya, ya’ni harbiylar jamoasi ma’lum g‘oyaviy-axloqiy e’tiqodlarning sohibi va targ‘ibotchisiga aylanadi. Rag‘batlantiruvchi funksiya, ya’ni harbiylar jamoasi o‘z hayotining mazmundorligini oshirishda o‘z a’zolarining faolligi va tashabbuskorligining qo‘zg‘atuvchisi sifatida yuzaga chiqadi. Harbiylar jamoasining rivojlanishini va jipslashuvi ko‘p jihatdan uning faoliyati qanchalik mazmundor dinamik ekanligi bilan belgilanadi. Agar ahil-jamoa har doim ilgariga intilish, harakatda bo‘lish, yangi va yangi muvafaqqiyatlarga erishishi kerak, aks holda uning to‘xtab qolishi ahillikning bo‘shashib ketishi va hatto parchalanishiga olib keladi. Shu sababli harbiylar ahilliyligini tarbiyalashda ofitserlarning istiqbol intilishlarini (kelajakdagi rivojlanishi ko‘zda tutadigan maqsadlar sari intilishlarini) tashkil qilish juda muhimdir. Harbiylar oldiga doimo murakkablashib boruvchi maqsadlar va qiziqarli istiqbollarni qo‘yish o‘ta zarur. Harbiylar ahilliylikligini normallashishi, hayot kechirishi uchun undagi munosabatlarning to‘g‘ri toni (tarzi) va stili (uslubi) tarkib topganligi juda muhimdir. Harbiy jamoa bilan olib boriladigan tarbiyaviy ish to‘g‘ri tashkil qilinganida, uning tashabbuskorligi, demokratik fazilatlari va sog‘lom ijtimoiy fikr bor imkoniyatlarini ishga solib rivojlantirilganda ahil hayot tarzining ma’lum usuli va tarzi shakllanadi. Harbiylar jamoasini stilligi farqlovchi belgilari: major (ko‘tarinki ruh) tarbiyalanuvchilarning bardoshligi, faoliyatga doimiy tayyorligi: o‘z jamoasining qiymati, uning uchun faxrlanish haqidagi tasavvurlardan kelib chiqadigan shaxsiy qadr-qimmat hissi; jamoa a’zolarining do‘stona birlashuvi, himoyalanganlik hissi; tartibli, ishchanlik yoki xizmat faoliyatlariga tayyorlikda namoyon bo‘ladigan faollik; ish harakatda, so‘zlashda, hissalarni namoyon qilishda tormizlanish (o‘zini to‘xtata olish), bosiqliq odati. Harbiylar guruhi ahillikka aylanishi uchun sifat jihatdan o‘zgarishlardan iborat bo‘lgan murakkab yo‘lni bosib o‘tishi kerak. Harbiylar jamoasi murakkab ijtimoiy tuzilma bo‘lib ma’lum tarkibga ega. barcha turdagi harbiylar jamoasi umumiy maqsad va faoliyat tamoyillari orqali birlashadilar. Harbiylar jamoasiga kiradigan har bir guruh o‘z-o‘zini boshqarish organlari bilan birgaklikda idora qilish organlari tizimini hosil qiladilar. qurolli Kuchlarda barcha askarlar yagona umumqo‘mondon jamoasiga birlashadilar va uni tashkil etadilar. Tadqiqotchilar tarbiyalanuvchilarning jamoasining rivojlanishini xarakterlovchi birdan-bir o‘lchov bo‘lmasligini qayd qiladilar hamda uni tarbiya quroli sifatida qarab, uning rivojlanishida quyidagi uchta bosqichni ajratib ko‘rsatadilar: Ahil-jamoaning jipslashuvchi bosqichi; Ahil-jamoaning barcha harbiylarni tarbiyalash quroliga aylanish bosqichi; Har bir harbiylarni tarbiyalash, har kimning muvafaqqiyatli pozitsiyasi haqida g‘amxo‘rlik, jamosining barcha a’zolari orasidagi munosabatlarni to‘g‘ri izga solish jamoasining muhim vazifalari bo‘lishi zarur bo‘lgan bosqich. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling