Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Download 384.22 Kb.
bet122/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

To‘rtinchidan, o‘zlikni anglash millatning muhim belgisi sifatida, faqat uning manfaatlarini ifodalab yoki himoya qilish bilan cheklanmaydi, balki shular bilan birga uning abadiyligini ta’minlab turuvchi mustahkam qo‘rg‘on hamdir.
Bizning eng katta boyligimiz-bizning ko‘p millatli mehnatsevar xalqimizdir. Bizning tariximiz-buyuk tarix, bizning ulug‘ an’analarimiz bor. qo‘rqmasdan, dadil turib: «Ha, O‘zbekiston o‘z tarixi, o‘zining ezgu an’analari bilan faxirlanadi», deyishimiz lozim. Bizning tomirlarimizda jahon ma’rifatiga salmoqli hissa qo‘shgan buyuk ajdodlarimiz qoni oqmoqda.
Biz buyuk ajdodlarimiz bilan har qancha faxrlansak bo‘ladi, chunki bunday buyuk shaxslar kamdan kam topiladi, bular sarasiga: Tumaris, Shiroq, Spitamen, Abumuslim, Muqanna’, Mahmud Tarobiy, Temur Malik, Jaloliddin Manguberdi bu shaxslar yurtimizni ozodligi uchun kurashgan shaxslardir.
Amir Temur, Bobur, Husayn boyqaro, Ulug‘bek, Alimqul, Yaqubbek, Qurbonjon dodxo, bular buyuk sarkardalar davlat arbobi Vatan taraqqiyoti uchun katta hissa qo‘shgan shaxslar.
Al-Xorazmiy, Farobiy, Abu Ali Ibn Sino, Aburayhon Beruniy, Mahmud-az-Zamaxshariy, Ahmad Yassaviy, Burxoniddin al-Marg‘iloniy, Abduxoliq G‘ijduvoniy, Najmiddin Kubro, Bahovaddin Naqshband, Alisher Navoiy, Boborahim Mashrab bu kabi mutafakkirlarimizni sanab sanog‘iga eta olmaymiz. Bu buyuk siymo-allomalar Vatan, ilm-fan, ma’rifat, san’at ravnaqiga juda katta hissa qo‘shganlar.
Buyuk sarkarda Amir Temur hech bir millatlarni, hech bir xalqni kamsitmagan holda «Biz kim, mulki Turon, Amiri Turkistonmiz, biz kim, millatlarning eng qadimi va eng ulug‘i, turkning bosh bug‘iniimiz» degan edi.
Amir Temur ilm-fan va san’at namoyandalarini o‘z himoyasiga oladi, ma’lum sharoitlar yaratadi, ularning tirikchiligi, ijodiy faoliyatlari davlat hisobiga olinadi. Amir Temur davlati say’i harakatlari tufayli XIV asr o‘rtalari XV asr boshida Samarqandda astronomiya, tibbiyot, riyoziyot, falsafa, tarix kabi fanlar, me’morchilik, adabiyot, san’at, xattotlik va musiqa san’ati gurkirab o‘sadi, ko‘p omillar, san’atkorlar etishib chiqadi.
Donishmand o‘tmishdagi madaniy-ruhiy meroslarga, ota-bobolardan qolgan bilim va turmush tajribalariga alohida diqqat bilan qaragan. Ayniqsa, Sharq xalqlarida ulug‘likka erishgan donishmandlarning o‘z tajribalaridan to‘plangan donolik fikrlarini kitob qilib yozib, keyingi avlodlarga qoldirish dasturini hurmat qiladi.
Milliy urf-odatlar, an’analar, millat turmushiga singib ketgan, uning ma’naviy boyligining ajralmas qismiga aylanib, doimo takrorlanib turadi. Millatni aksariyat ko‘pchilik qismi tomonidan qabul qilingan, millat xatti-harakatlarida namoyon bo‘ladigan ko‘nikmalardir.
Milliy qadriyat esa, millat, istiqboli uchun xizmat qiladigan, milliy taraqqiyot jarayonida vujudga keltirilgan moddiy va ma’naviy boyliklarning majmuidir. Ular ham millat ruhiyati, ma’naviy salohiyatining asosiy qismini tashkil qiladi. o‘zbek xalqi o‘zini urf-odatlarini, an’analari va qadriyatlariga boy millat hisoblanadi. Amir Temur shu an’analarni davom etishda va hayotda ko‘rganlari bilan to‘plangan bilim va tajribalarini yig‘ib, Muhammad Payg‘ambarga, Islom diniga e’tiqodi natijasida erishgan ulug‘ saltanati hamda buyuk mamlakatni idora qilish va boshqarish uslubiga bag‘ishlangan «Tuziklar»ni yaratdi.
Kelajak avlodni har jihatdan etuk qilib tarbiyalash masalasi xalqimiz uchun nafaqat hozirgi kunga kelib, balki qadim zmonlardan beri ham eng muhim masalalardan biri bo‘lib kelgan va unga katta ahamiyat berganlar. Buni biz o‘rta asrlarda yashab o‘tgan ajdodlarimiz tomonidan qoldirilgan ilmiy merosdan bilishimiz mumkin. Bu mutafakkirlar, ta’lim-tarbiya masalalarini nihoyatda muhim deb hisoblaganlar va unga alohida e’tibor bilan qaraganlar.
Alisher Navoiy shoir va davlat arbobi sifatida uni faoliyatini: «Hayrat-ul-abror», «Farhod va Shirin», «Layli va Majnun», «Sa’bai sayyor», «Sa’ddi Iskandariy» kabi dostonlar o‘z ichiga olgan.
Alisher Navoiyning eng ulug‘ ishlaridan biri shu bo‘ldiki, u o‘zbek tilini til sifatida yuzaga chiqardi, o‘z asarlarini o‘zbek tilida yozdi. Navoiy o‘z asarlarida shunday bebaho fikrlardan «O‘zga yurtga podshoh bo‘lgandan ko‘ra, o‘z yurtinga gado bo‘lganing yaxshi» deb ta’kidlab o‘tgan.
Komillikni belgisi haq yo‘lidan borib, xalqqa foyda keltirishdir. Kimki o‘z so‘zi, amaliy ishlari niyati bilan qanchalik odamlarga foyda keltirsa, yomonlarni to‘g‘ri yo‘lga solsa, haq yo‘lida fido bo‘lsa, u shuncha komil bo‘ladi. Komil inson biz uchun ideallar u dunyo bilimlarni va ilohiy bilimlarni egallagan, ruhiy mutlaq ruhga tutash fayzu karomati serob, qalbi ezgu, siyosatga to‘la pokiza zotdir.
Shuningdek, xalqimizda qadimdan mehr-oqibat, sahiylik, ota-ona va kattalarga hurmat, etim-esirlarga muruvvat, Vatanga muhabbat, yuksak mehnatsevarlilik, halollik kabi insoniy fazilatlar ulug‘langan.
Abu Nasr Farobiy «... aqliy yetuk olim bo‘lish insondan sabr toqatni, axloqiy barkamollikni, poklikni talab etadi»-deydi. O‘z asarlarida «Har kimki ilm, hikmatni o‘rganaman desa, uni yoshligidan boshlansin, salomatligi yaxshi bo‘lsin, xiyonat makr va hiyladan uzoq bo‘lsin, so‘zining uddasidan chiqish bilan barcha qonun-qoidalarni bilsin, ilimli va dono kishilarni hurmat qilsin, ilm ahlidan molu dunyosini ayamasin, mavjud moddiy narsalar to‘g‘risida bilimga ega bo‘lsin» deganida ota-onalar o‘z bolalarida yoshligidan ana shunday axloqiy sifatlarni, mehnat, nafosat, rag‘batlantirish, namuna ko‘rsatish, erkalash, kerakli o‘rinda jazolash usullaridan unumli foydalanish orqali singdirib borishlari muhim ekanligini nazarda tutgan edik.

Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   118   119   120   121   122   123   124   125   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling