Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
- Bu sahifa navigatsiya:
- -Mustaqil ta’lim olishda harbiy-kasbiy mahorati
-Milliy istiqlol g‘oyasini, mustaqillikni, Oliy Majlis qarorlarini, I.A.Karimov asarlarini chuqur o‘rganish, mudofaa Vazirini talablarini doimiy mukammallashtirib borish asosiy yunalishini tuzishdir-degani hisoblanadi. Hozirgi kunda vazifalarni xarakterini juda muhimligini chuqur tushunishini shakllantirishi, mustahkam ilmiy dunyoqarashi, qat’iyatliyligi, yuqori darajali madaniyati, har bir topshirilgan ishga javobgarlik munosabatini tushuna bilishi.
-Mustaqil ta’lim olishda harbiy-kasbiy mahorati-bu harbiy amaliyot va nazariyani o‘rganishi, harbiy-kasbiy bilimini chuqurlashtirish, qo‘lostidagilarga rahbarlik qilishda ko‘nikma va malakalarni mukammallashtirish, jangovar va ijtimoiy-siyosiy tayyorgarligini tashkillashtirish va o‘tkazishdan iboratdir. Ko‘p ofitserlar asosan e’tiborini Respublikamiz hududlarida bo‘lgan jangovar xarakterlar, ya’ni, Sariosiyo, Uzun va Bo‘stonliq tumanlaridagi jangchilar bilan bo‘lib o‘tgan xatti-harakatlar tajribasini o‘rganmoqdalar, ular hozirgi sharoitlarda jangovar vazifalarini hal qilishda katta yordam berib kelmoqda. -Mustaqil ta’lim olishda ruhiy-pedagogik jarayonlar ilg‘or o‘rin egallaydi, ular quyidagilarni egallashga yordam beradi: Ruhiy-pedagogik bilimini tizimini egallash; O‘qitish uslublarini bilish; Tarbiyalashni o‘rganish; Shaxsiy tarkibni ruhiy tayyorgarligini rivojlantirish; Mustaqil ta’lim olishni rejalashtirishga yordam berish va uni ilmiy asosini amalga oshirish; Ijobiy samara beradigan vosita, uslublar va usullardan foydalanishdan iboratdir. Bugungi kunlarda ofitserlarni mustaqil ta’lim olishlariga talablar tinimsiz ortib bormoqda, ularni umumiy madaniyatini oshirishga, badiiy adabiyotlarni doimiy ravishda o‘qishga taxmin qilishi, musiqa, suratlar, kino va teatr san’atlari bilan tushuntirishga imkon yaratadi. Undan tashqari barcha harbiy xizmatchilar radioelektronika, avtomatika, telemexanika, kompyuterlar bilan ishlashga to‘g‘ri keladi, shuning uchun matematika va fizika fanlarni juda ham chuqur o‘rganishi, umumiy ilmiy bilimlarini keng bilishini taqozo etadi. Ofitser shu masalalar bo‘yicha juda past tayyorlangan bo‘lsa, u o‘zining qo‘lostidagilarni ehtiyojlarini va har tomonlama qiziqishini qoniqtira olmaydi, mana shuning uchun mustahkam bilimlar bilan qurollanishi lozimdir. Mustaqil ta’lim olish sifati va samaradorligi mustaqil ishlashni uslublariga va usullariga ham bog‘liqdir. Ofitser mustaqil ta’lim olishga shaxsiy o‘quv faoliyatidagidek munosabatda bo‘lishi muhimdir. Mustaqil ta’lim olishni muhimlaridan biri bu-o‘qishdir. Differensial o‘qishni ofitser kerakligicha odat qilib olishi lozim. Ofitser ikkita o‘qish uslubidan foydalanadi: -o‘qishni chuqurligi; -tezlik bilan o‘qish. Shu ikkala turlar bilan ilmiy-texnika taraqqiyotiga erishishi uzoqdir. Ko‘nikmalarni hozirgi zamon «yadro quroli raketasi» quroli va jangovar texnikalar bilan ta’minlash, doimiy ravishda mukammallashtirishni talab qilib kelmoqda va mustaqil ta’lim olishni uslublarini, trenajyorda mustaqil ishlash, kompyuterda, o‘quv texnikalarida o‘zini-o‘zi mashq qilishi va o‘zini-o‘zi shug‘ullantirishi, chizmalarni o‘qishi, jadvallarni bilishi, amaliy vazifalarni bajarishini mukmmallashtirishini talab qilmoqda. Yuqori darajali tashkillashtirish, asosiy uslublarini bilish, mustaqil ta’lim olishdagi tajribalar, ofitserlarga mazmunli, maqsadga muvofiqli yakka ravishdagi dasturni ishlab chiqishda qo‘l kelishi, o‘z shaxsini rivojlantirishda imkoniyat yaratadi. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling