Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
- Bu sahifa navigatsiya:
- «Agar kishiga hayotning o‘zi bera olmasa ta’lim, unga o‘rgata olmasa hech bir muallim»
Boshqa insonlarga munosabat-ya’ni jamoaizm va o‘zaro o‘rtoqlik yordam, xushmuomalalik, mehr-oqibat, o‘zaro hurmat, burch va javobgarlik va bolalar tarbiyasi to‘g‘risidagi g‘amxo‘rlik masalalar.
O‘ziga munosabat-o‘z ijtimoiy burchini yuksak darajada anglash, halollik, axloqsizlikka nisbatan murosasizlik masalalar. Ota-onaga munosabat-oilada madaniyat, ma’naviyat, ma’rifat, odob-axloq fazilatlari masalalarini tashkil qilish. Tarbiya deganda, kimnidir maxsus bir joyga o‘tkazib, faqat pand-nasihat berishni emas, balki hayot davomida, uy yumishlari jarayonida, ta’lim va ilm o‘rgatish vaqtida hayot va turmush saboqlarini tushuntirish chog‘da, shaxsiy o‘rnak ko‘rsatish odatini tushunmoq va bilmoq lozim. Shu omillar bir-biri bilan qo‘shib olib borilishi kerak. Harbiylar hayotda asosan ikki yo‘l bilan axloqiy ruhida tarbiyalanishi mumkin: birovlarning bevosita ta’siri, ya’ni o‘rgatishi, donolar fikrlari, o‘g‘itlari va asarlarini o‘qish orqali; qolaversa, o‘zining fikrlashi, odamlar xatti-harakatidan, qilgan va qilinayotgan ishlaridan tegishli xulosalar chiqarib olishi; eng qudratlisi-tafakkuri vositasida tarbiyalanishi mumkin. Allomalarimiz «Agar kishiga hayotning o‘zi bera olmasa ta’lim, unga o‘rgata olmasa hech bir muallim» deya nasihat qiladilar, bu inson o‘z tafakkuri yordamida odob-axloq normalarini egallashi, o‘zi yashayotgan jamiyat, insongarchilik xulq-atvoriga xos ma’naviy-axloqiy ko‘nikma va malakalarni o‘zida mujassamlashtirishi lozimligi taqozo etadi. Demak, tarbiyashunoslik insonni go‘dakligidan boshlab to umrining oxirigacha hayot va turmush odobiga o‘rgatuvchi va shu narsalarni tahlil hamda tadqiq etuvchi fandir. Bu fan odamlarning butun umri davomidagi xulq-atvori, odob-axloqi, bu boradagi milliy an’analarga sadoqat va shularga tarbiyachi hamda milliy qadriyat, ma’naviyat va ma’rifatga hurmat, iymon va vijdon singari go‘zal fazilatlar singan. Bu vazifalarning asosan o‘quv yurtlarining pedagogik jamoalari, professor-o‘qituvchilar hayotda amalda bajaradilar. Shuning uchun ham davlat hujjatlarida pedagog xodimlar o‘z kasblarining sha’ni va qadr-qimmatini himoya qilishlari; odob-axloq qoidalariga rioya etishlari, bola, talaba, yoshlar shaxsining qadr-qimmatini hurmatlashlari, ularni mehnatga, qonunlarga, ota-onalar va xotin-qizlarga hurmat, atrof-muhitga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘lish ruhida tarbiyalashlari; o‘zlarining butun faoliyatlari va shaxsiy namunalari bilan umuminsoniy axloq qoidalariga; haqiqat, vatanparvarlik, insonparvarlik, yaxshilik va boshqa xayrli xislatlarga nisbatan hurmatni qaror toptirishlari; o‘sib-ulg‘ayib kelayotgan avlodni bir-birini tushunish, xalqlar o‘rtasida, shuningdek barcha elatlar, millatlar va diniy guruhlar o‘rtasiga tarbiyalashlari lozimligi qayd etilgan. Bo‘lajak ofitserning axloqiy sifatlari kasbiy-ma’naviy fazilat bo‘lib, harbiy qo‘mondonda amalga oshiriladigan pedagogik jarayonda shakllanadi. Bu jarayonda kasbiy tayyorgarlik bilan tarbiyaning barcha tarkibiy qismlari; axloqiy ta’lim, mehnat, axloqiy, huquqiy, iqtisodiy, ekologik, jismoniy va estetik tarbiya uzviy ravishda bog‘langan holda o‘sib rivojlanadi. Demak, bo‘lajak ofitserlarning hayotiy-axloqiy sifatlari umuminsoniy va milliy tarbiyaning tarkibi qismi sifatida shakllana boradi. Oliy harbiy yurtlarida axloqiy tarbiya jarayoni harbiylarga hayotiy axloqqa doir bilimlar berish, harbiylarga ofitser odobining tushuncha va qoidalarini o‘rgatish, pedagogik axloqiy e’tiqod, axloqiy hislar, ehtiyojlar va ofitserlarga xos hayotiy axloqiy fazilatlarni shakllantirish, xulq-odobga o‘rgatish kabilarni o‘z ichiga oladi. Bilim yurtlarida beriladigan hayotiy-axloqiy tarbiya harbiylarning ma’naviy jihatdan rivojlanishida muhim ahamiyatga ega. Hayotiy axloqiy tarbiya jarayonini keng ma’noda oladigan bo‘lsak, u yoshlarning ma’naviy jihatdan shakllanishida ijtimoiy muhitning ta’siri, ijtimoiy munosabatlarning turmushga tatbiq etilishidir. Harbiylarni hayotiy axloqiy masalasi jihatdan rivojlantirishning muhim shartlarida biri ularni ijtimoiy-gumanitar, psixologik pedagogik va maxsus fanlarga doir bilimlar, «munozara»lar bilan chuqur va mustahkam qurollantirishdan iborat. Quyida amaliy mashg‘ulotlarning «munozara» shaklidagi tashkil etish va uni o‘tkazish usullarini keltiramiz. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling