Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Xulq-atvor va faoliyatni rag‘batlantirish metodlari
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Musobaqa metodi.
- Rag‘batlantirish metodi.
- Jazolash metodi.
- 71. Harbiy xizmatchilarning ma’naviy-intellektual sifatlarini baholash usullari.
70. Xulq-atvor va faoliyatni rag‘batlantirish metodlari.
Bu guruhga xos tarbiya metodalri harbiylar shaxsiga u yoki bu omillarning ta’sirini mustahkamlash va kuchaytirish, ularning fikrlari, his-tuyg‘ulari va xatti-harakatlariga turtki berish maqsadida qo‘llaniladi. Musobaqa metodi. Musobaqaning asosida harbiylarga xos bo‘lgan sog‘lom raqobatlashuvga, ustuvorlikka, birinchilikka o‘zini namoyon qilishga intilish yotadi. Musobaqa harbiylarni o‘qishda, ijtimoiy-foydali va mahsuldor mehnatda, jamoat ishlarida, sport bellashuvlarda eng yaxshi natijalarga erishish uchun kurashga chorlaydi. Rag‘batlantirish metodi. Alohida harbiy yoki harbiylar jamoaining xulq-atvori va faoliyatini ijobiy baholash, tan olish metodi-ma’qullashdir. Ma’qullash vositalari bo‘lib quyidagi choralar xizmat qiladi: Ofitserning minnatdorchiligi; Harbiy qo‘mondon buyrug‘iga binoan minnatdorchilik; Harbiy mudofaa nishonlari bilan mukofotlash. Jazolash metodi. Bunda harbiylarning xulq-atvor me’yorlari va qoidalariga zid keluvchi xatti-harakatlari va qiliqlarini ma’qulmaslik holda salbiy baholash amalga oshiriladi. qoralash harbiylarni o‘z fe’l-atvori va xulq-atvorini chuqur tahlil etishga, o‘ylab ko‘rishga majbur etadi. 71. Harbiy xizmatchilarning ma’naviy-intellektual sifatlarini baholash usullari. Harbiylarni mustaqil bilim olishiga o‘rgatish bugungi kunning eng muhim va dolzarb vazifalaridan biri hisoblanadi. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi IX sessiyasida so‘zlagan nutqida: «Faqatgina chinakam ma’rifatli odam inson qadrini, millat qadriyatlarini, bir so‘z bilan aytganda, o‘zligini anglash, erkin va ozod jamiyatda yashash, mustaqil davlatimizning jahon jamiyatida o‘ziga munosib, obro‘li o‘rin egallash uchun fidoiylik bilan kurashishi mumkin» degan edi. Shu nuqtai nazarda aytish mumkinki, bugungi kunda yoshlarni ma’naviy-intellektual sifatlarini rivojlanishini ahamiyati kattadir. Xususan faoliyatida ma’naviy-intellektualni rivojlantirish asosiy muammolardan biri hisoblanadi. Ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlarini zamonaviy usullarda aniqlash tarbiyaviy jarayonga samarali o‘zgartirishlar kiritadi. Harbiy xizmatchilarning ma’naviy-intellektual shakllanish sifatlaridagi yutuq va kamchiliklarini tuzatish tarbiya mazmuni, usullari va tashkiliy shakllarini yaxshilashga mos tuzatishlar kiritish lozim. Harbiy talablarining bilim va aqliy kamolotlarini nazorat qilish va baholash davlat miqyosidagi muhim ahamiyatga ega. shu bilan birga, nazorat va hisobga olish jarayoni harbiylarni bilimini boyitishga, ular shaxsini rivojlanishiga va tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Harbiylarning ta’lim-tarbiya jarayonida olingan aqliy kamolotlarini inobatga olishni uch xil yo‘l bilan olib boriladi: Birinchidan - joriy nazorat deyilib, uni har bir mashg‘ulotlarda aniqlanadi. Butun o‘quv predmetidan yig‘ilishi mumkin bo‘lgan 40 balldan (har soatiga 1 balldan) joriy bahoga qoidada ko‘rsatilgan 40 foizni bersak, 16 ballni tashkil qiladi. Uni 20 juft soatga bo‘lganda, har bir soatga 0,8 balldan to‘g‘ri keladi. Uning har bir 0,2 ball konspektga olib qo‘yilganda, talaba har bir darsda bergan javobi uchun eng ko‘pi 0,6 ball olishi mumkin bo‘ladi. Ikkinchidan - turdagi baholash oraliq nazorat deyiladi. Oraliq nazorat predmetning har bir moduli yakunida darsdan tashqari vaqtda o‘tkaziladi. «Ma’naviyat asoslari» o‘quv predmeti to‘rt moduldan tashkil topganligi uchun, unda to‘rtta oraliq nazorat o‘tkaziladi. Oraliq nazoratning hammasi, qoida bo‘yicha, umumiy maksimal ballning 30 foizini tashkil qilishi kerak bo‘lganligi uchun, unga 12 ball ajratilgan. Uni to‘rtta oraliq baholashga bo‘lsak, har bir oraliq baho 3 ballni tashkil qiladi. Uchinchidan – yakuniy nazorat (baho) deyiladi. Unga butun o‘quv predmetidan mumkin bo‘lgan eng ko‘p ballning 30 foizi beriladi. bizning misolda bu 12 ballni tashkil qiladi. YUqorida aytib o‘tilganlar quyidagi formulalar orqali ifodalanadi: Joriy baho (JB) q. 100 %-60 % Oraliq baho (OB) q. 100 %-70 % YAkuniy baho (YAB) q. 100 %-70 % Savollar soni (SS); Juft soatlar (JS); Maksimal ball (MB). Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling