Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Tarbiya metodlari haqida tushuncha


Download 384.22 Kb.
bet109/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

68. Tarbiya metodlari haqida tushuncha
Tarbiya metodlari deganda tarbiyachilar va tarbiyalanuvchilarning o‘zaro bog‘liq faoliyati usullari (yo‘llari) tushuniladi yoki tarbiya metodlari deganda shaxsiy sifatlarni shakllantirish jarayonida talabalarni ehtiyoj-motivatsiya doirasini va ongini rivojlantirish, xulq-atvor malakalari va odatlarini tarkib toptirish uchun hamda ularni tuzatish va takomillashtirish maqsadida qo‘llanaladigan maxsus tarbiyaviy ish uslublari va usullarining majmo‘i tushuniladi. Xulosa qilib aytganda, tarbiya metodlari-bu tarbiyalanuvchi­larning ongiga, irodasiga, his-tuyg‘ulariga, xulq-atvoriga tarbiya maqsadida ko‘zlangan sifatlarini tarkib toptirish maqsadida ta’sir qilish usullaridir.
Tarbiya metodlari shaxsni har tomonlama kamol toptirish maqsadi bilan belgilanadi va tarbiya jarayoniga taaluqli ko‘pgina tarkibiy qismlarni o‘z ichiga oladi.
Ayni vaqtda tarbiya mazmunining ko‘p qirraligi va kengligi tufayli tarbiya metodlari ham xilma-xil bo‘lib, muayyan sharoitda ularda qaysi birini tanlash va qo‘llash o‘qituvchi bilan o‘quvchi o‘rtasida vujudga keladigan munosabatlarga, tarbiyaning qaysi sohasi hal qilinayotganligiga ayni vaqtda vujudga kelgan vaziyatlar bog‘liqdir.
Tarbiya metodi ham ta’lim metodi kabi yolg‘iz o‘qituvchi va tarbiyachilar faoliyatinigina emas, balki talabalarning aktiv faoliyatini ham o‘z ichiga oladi. Ob’ektiv dunyoni bilish, nazariyada nimani o‘rganish va o‘rgatish kerak, kimni va qanday tarbiyalash lozim degan masalalar mavjud bo‘lib, ular o‘zaro uzviy bog‘liqdir.
Pedagogika fani o‘z mazmun va mohiyatini boyitishda, engilashda mavjud pedagogik hodisa jarayonlarini uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari o‘rganadi. Ushbu ilmning ilmiy tadqiqot usullari deganda yosh avlodni tarbiyalash, bilimli qilish va o‘qitishning real jarayonlariga xos bo‘lgan ichki aloqa va munosabatlarni tekshirish, bilish yo‘llari, uslublari va vositalari majmo‘i tushuniladi. Pedagogik jarayonida tarbiya metodlari ularni tashkil qiluvchi elementlarga bo‘linib, bunday elementlar tarbiya usullari deb ataladi. Tarbiya metodiga nisbatan tarbiya usuli xususiy, bo‘ysinuvchi xususiyatga egadir. Tarbiya metodlari va usullari bir-birlariga uzviy bog‘liq, aniq pedagogik vaz’iyatlarda biri ikkinchisiga o‘tishi, bir-birlarining o‘rnini bosish mumkin. Bir xil sharoitda metod tarbiyaviy vazifani hal qilishning mustaqil yo‘li rolini bajarsa, boshqa holatda u o‘z xususiy vazifasiga ega bo‘lgan tarbiya usuli sifatida ega bo‘lgan.
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarida ijtimoiy-siyosiy tayyorgarlik, tezkor axborot berish, vatanparvarlik, harbiy va ma’naviy tarbiya yo‘nalishlari bo‘yicha shaxsiy tarkibni tarbiyalashning qat’iy tizimi yuzaga keldi va hozirda u yanada takomillashtirmoqda. Komandirlar va ularning tarbiyaviy ishlar bo‘yicha o‘rinbosarlarining ish amaliyotida ma’ruzalar, suhbatlar, ijodiy kechalar, ilg‘or harbiy xizmatchilarni sharaflash kechalari, urush faxriylari, fan, madaniyat va hukumatga qarashli bo‘lmagan jamg‘armalar va tashkilotlarning arboblari bilan uchrashuvlar o‘tkazish yo‘lga qo‘yilgan.
Shu jumladan boshqa an’anaviy milliy usullar hamda ma’naviy, axloqiy va nafosat jihatdan shakllantirishga qaratilgan uslublarini ijodiy qo‘llash jangchilarda zarur xislatlarni o‘z mustaqil Vataniga, xalqiga va Prezidentiga sadoqatli vatanparvar jangchi bo‘lishdek olijanob tuyg‘ulari qaror toptirish imkonini beradi.
Ilg‘or mamlakatlar va ularning armiyalari tajribalari shuni ko‘rsatmoqdaki, ta’lim-tarbiyaning yangi tizimga o‘tishning muhim boshlang‘ich shartlaridan biri sifatida tarbiyaviy ishlar mexanizmini tubdan o‘zgartirish, yosh avlodni ma’naviy-axloqiy jihatdan tarbiyalashning o‘ziga xos ustuvor yo‘nalishlarini belgilash, shaxsiy tarkibga davlat siyosatini, hamda Qurolli Kuchlarni isloh qilishga oid masalalarni aniq va ravshan tushuntirish maqsadga muvofiqdir. O‘z oldimizga qurolli Kuchlardagi tarbiyaviy ishlar qo‘llamini qaytadan yangilash vazifasini qo‘ygan holda, biz butun mafkuraviy, tarbiyaviy manbani jangovar shaylik, jangovar tayyorgarlik va harbiy intizomni mustahkamlashga oid vazifalarni hal qilishga qaratmog‘imiz lozim.
Tarbiya metodlari nazariyasida yana holat va vosita tushunchasi ham qo‘llanadi. Holat metodga nisbatan xususiy tushuncha bo‘lib, metodga buysunadi, xizmat qiladi. Masalan, bolalarda madaniy xulqqa oid odatlarni hosil qilishni o‘rgatish, odatlantirish uchun mashqlardan foydalanamiz. Bu metodga turli holatlar xizmat qiladi, ya’ni ko‘rsatamiz, o‘rganamiz, ta’kidlab, esiga tushirib turamiz yoki leksiya suhbatlar orqali axloq qoidalari va normalarining mazmunini ochib beramiz.
Tarbiyaviy vosita ancha keng tushuncha bo‘lib, har qanday tarbiyaviy vazifani hal qilish uchun qo‘llanilayotgan metodik yo‘lning muvafaqqiyatli chiqishga ko‘maklashadi. Tarbiyaviy vosita turli xil predmetlar, faoliyat turlari, tarbiyaviy maqsadda qo‘llanilayotgan texnik imkoniyatlar, ko‘rsatma qurollar, kitoblar, ommaviy kommunikatsiya vositalarini kiritish mumkin. Lekin shuni esda tutmoq kerakki, tarbiyada qo‘llanaladigan predmetlar, faoliyat turlari, voqealar metod bilan qo‘shilmasa, foydasi bo‘lmaydi, ular yolg‘iz, saf holda tarbiyaviy vazifani bajara olmaydi. Faqat biror tarbiya maqsadini hal qilish uchun qo‘llangan taqdirdagina tarbiya vositasi bo‘la oladi.
Tajribada tarbiya metodlari, holatlari va vositalari o‘rtasidagi farq ko‘rinmaydi. Chunki tarbiya metodlari dialektik xarakterga ega bo‘lib, ularga ham tarbiya jarayonning o‘zi kabi harakatchanlik va o‘zgaruvchanlik xosdir. Ulardan samarali foydalana olish tarbiyachining mahoratiga bog‘liq. Mohir tarbiyachi bolaga tarbiyaviy ta’sir etishda uning yoshi va individual xususiyatlari, tarbiyalanganlik darajasi, o‘zi bilan bola o‘rtasida vujudga kelgan munosabatning xarakteri, o‘quvchi intilishlarning o‘sish darajasi, faoliyatda qatnashishdan bola ko‘zlangan maqsadi, motivi, aloqalarining o‘zgarishiga ta’sir etayotgan vaziyat va sharoitlarini to‘la hisobga olgan holda ta’sir etishning muvaffaqiyatini ta’minlaydigan metodni to‘g‘ri tanlay oladi. Metodlar sistemasining xarakterli xususiyati shundaki, ular o‘zaro bog‘liq bo‘lib, metodning bir turi ikkinchisi bilan qo‘shilib ketadi.
Tarbiya metodlarini tarbiya vositalari bilan aralashtirmaslik kerak. Ular uzviy bog‘langan v birgalikda qo‘llaniladi, ammo o‘z xususiyatlariga ega. tarbiya hodisalari juda murakkab va qarama-qarshi bo‘lib, shu sababli pedagogik ta’sir etish usullarini tasniflashga yagona mantiqiy asos topish juda murakkabdir.

Tarbiya metodlarini tasnifi. Tarbiyaviy ishlar jarayonida tarbiyachi tarbiyalanuvchilarga ta’sir etishning xilma-xil holatlar, vositalar va metodlaridan foydalanadi.


Tarbiyani shartli ravishda uch guruhga ajratish mumkin:
1   ...   105   106   107   108   109   110   111   112   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling