Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
O‘z nafsinga hokim bo‘lsang, mardsan
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
O‘z nafsinga hokim bo‘lsang, mardsan,
Xotirlab turishdan gapirsang, mardsan. Yiqilganni tepish mardlik emas, Yiqilganni qo‘lidan tutsang mardsan. Abu Abdullo Ro‘dakiy. 66. Milliy tarbiya va uning ma’naviy mezonlari Biz shunday yuksak odobi, madaniyatli xalqning farzandi ekanligimizdan har qancha faxrlansak arziydi. Darhaqiqat xalqimiz azal-azaldan ma’naviy fazilatlarga boy bo‘lgan. Ota-bobolarimiz farzand ustirar ekanlar, ularning xulq-atvorlariga, gap so‘zlariga, kishilar oldida o‘zlarini qanday tutib, nimalar haqida fikrlashib, o‘z maqsadlarini qanday so‘zlar bilan tushuntirishlariga katta ahamiyat berishgan. Ular farzandlarning nojuya ishlariga, xato yo‘llariga borishiga zinhor-bazinhor yo‘l qo‘ymaganlar. Bu masalaga yanada oydinlik kiritib I.A. Karimov deydi: «Ota-bobolarimiz dini bo‘lmish Islom dinimizni qadrlash, uning ta’limoti va ta’siri hayotimizni, ma’naviyatimizni yangi ma’no bilan to‘ldirishga xizmat qilmoqda. Buni hech kim inkor eta olmaydi»1. Xalqimizni tafakkur olamini boyitishga milliy ma’naviyatimiz qadriga etishga, tarbiyaviy ta’sir qilishga ko‘proq e’tibor berishimiz kerak. O‘tgan keyingi etmish yildan ko‘proq vaqt ichida Islom dini, musulmonchilik milliy aqidalari, milliy qadriyat va an’analar bir chekaga surib tashlandi. Ular haqida gapirish va o‘ylash hech ham mumkin emas edi. Iymon-e’tiqodimizga oid asarlar, milliy tarbiya asosini tashkil qiluvchi qur’oni Karim, Muhammad alayhissalom Hadislari, tasavvuf va milliy ma’rifiy-axloqiy ilmlar aks etgan kitoblar, risolalar terib olindi, yoqib tashlandi. Bu milliy tarbiya va tarbiyashunoslik sohasidagi eng katta yo‘qotish edi. Mustaqillik sharofati tarbiyashunoslik fannining milliyligi har sohada ustuvor bo‘lib, mustaqillik mafkurasi va g‘oyasi xalqning iymon-e’tiqodiga aylanyapti. E’tiqod yo‘qolgan joyda doimo yomon ishlar ro‘y beradi, mehr-oqibat, borlik, birodarlik ham yo‘q bo‘ladi. E’tiqodsiz, iymonsiz mustaqillikka erishish ham amru mahol edi. Alohida ta’kidlash kerakki, o‘z diniga, milliy qadriyatlariga, iymon-e’tiqodiga sadoqatsiz odamning ishlari hech vaqt rivoj topmaydi, obro‘-e’tibordan, xalq nazaridan qoladi. Mustaqillik mafkurasi tarbiyasi, ma’naviyati singari pedagogik-ruhiy jarayonlarni tadqiq etish shu kunning muhim masalasidir. Mustaqillik-iymon, e’tiqod erkinligi. Mustaqillik-milliy qadriyat, ma’naviyat va madaniyat, ma’rifat va din-diyonat ozodligi. Mustaqillik-davlatning milliy chegarasi, iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy daxlsizligi. Mustaqillik-milliy armiyaning barqarorligi, yagonaligi va uning boshqalarga buysunmasligi va hokazolar... Iymon ham ishonish demakdir. Lekin uturish ma’no, mazmuni kasb etadi. Diniy ma’nosi Alloh taolloga va uning buyruqlariga til va ko‘ngil bilan ishonishdan iboratdir. Milliy qadriyatlar ota-bobolardan bizgacha etib kelgan udumlar-Ro‘za hayit, qurbon hayit, Navruz tantanalari, «Sada» va «Mehrgon» bayramlari, Beshik to‘yi, Sunnat to‘yi, o‘g‘il uylantirish va qiz uzatishlar bilan bog‘liq to‘ylar, marosimizlar, har xil xalqiy an’analari-hashar, ota-onalarga hurmat, yoshlarga shavqat, qariyalarga muruvvat, milliy odob-axloq me’yorlariga itoat qilish, ilm olish, oila mustahkkamligiga erishish, ustozlar qadriga yetish, vafot qilganlar qabrini ziyorat qilish, xalqga muhabbat, Vatanni sevish va ardoqlash, askarlik burchini sharaf bilan bajarish, baynalmillalchi bo‘lish, muloim va shirinsuxanlik va shu kabilarni o‘z ichiga qamrab oladi. Ma’naviyat va madaniyat deganda, inson xulq-atvorining go‘zalligi, sahovat va himmatliligi, olijanobligi, va’dasiga vafodorligi, hayoliligi, bilim olish, donoligi, bag‘ri kengligi, odobligi, ozoda va pokizaligi, qalbini beg‘uborligi va g‘ayrani tushuniladi. Ammo, ming afsuski, yaqin tariximizda sharqona tarbiya (milliy tarbiya), axloq-obodning ming yillik tajribalaridan «eskilik sarqiti» deb voz kechdik, o‘zligimizni unutdik. Axloqsizlik, hayosizlik, ichkilikbozlik, qadimiy merosimizdan nafratlanish asosiga qurilgan «yangi axloq» zo‘rlab targ‘ib qilindi. Bu ham bo‘lsa «ovrupocha odob»ning samarasini, xalqimiz boshiga solgan kulfatlarini, ma’naviyatimizga etkazgan zararlarini bugun hammamiz ko‘rib turibmiz. Sharqona milliy tarbiya ming yillar mobaynida islomiy tarbiya qoidalari asosida tarkib topib, takomillashib borganligi tarixdan ma’lum. Masalan, qur’oni Karim oyatlari mazmuni, Payg‘ambar alayhissalom Hadislari, Sharq allomalari va faylasuflarining kitoblari milliy tarbiyamizning asosiy manbai bo‘lib xizmat qiladi. Islomiy (milliy) tarbiya musulmonlar hayotining barcha qirralarini qamrab olgan. O‘ go‘dakni ona-qornidan, emizishdan tortib, qanday kiyintirishgacha, ovqatlanish odobidan tortib, ko‘cha-ko‘yda, kattalar oldida o‘zini qanday tutish lozimligigacha barcha jihatlarni o‘z ichiga olgan. Eng asosiysi, islomiy odob farzandlarning halol, pok, mehnatkash, ilmga intiluvchi, kattalarni, ota-onani hurmatlash ruhida tarbiyalashni shart qilib qo‘ygan. Janobi Rasulluloh Hadislarida: «Farzandlaringizni izzat-ikrom qilish bilan birga axloq-odobni ham yaxshilanglar!» yoki «Mo‘min kishiga berilgan narsalarning eng yaxshisi chiroyli xulqdir» deyilganlari bejiz emas. O‘zbek xalqi o‘z madniyati va ma’naviyatida komil insonlarni tarbiyalab voyaga etkazganlar. Jumladan: Az-Zamarxashiy, Aburayxon beruniy, Al-Farobiy, Abu Ali Ibn sino, al-Xorazmiy, Amir Temur, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Bobur va Ogahiy kabi komil insonlarning milliy tarbiyamizni yanada olamga mashhur qiladilar. Jumladan, Alisher Navoiy shunday qayd qilgan: Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling