Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
Intizomiy javobgarlik O‘zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlari Intizom Nizomi talablari bilan belgilanadi;
Moddiy javobgarlik harbiy xizmatchilarning davlatga keltirgan zarari uchun moddiy javobgarlik haqidagi maxsus Nizom orqali aniqlanadi; Jinoiy javobgarlik davlat yoki harbiy mulkka nisbatan sodir etilgan jinoyatlar uchun belgilanadi. Xarbiy xizmat davomida har bir ofitser, serjant yoki askar xizmat mavqeiga ko‘ra ma’lum miqdorda davlat yoki harbiy sirlaridan xabardor bo‘ladi. Bu albatta har bir harbiy xizmatchini o‘z huquqini bilishi va unga amal qilishidir. Davlat va harbiy sirlarini muhofaza qilish har bir shaxsning qonun va o‘z vijdoni oldidagi muqaddas burchidir. Konstitutsiya inson va davlatning qonuniy huquq va manfaatlarini juda muvaffaqqiyatli, uyg‘un tarzda muvofiqlashtiradi va kafolatlaydi, jamiyatda millat va elatlarni, turli din va e’tiqoddagi odamlarni, turli partiyalar siyosatini namoyon etuvchi va qo‘llab quvvatlovchi jamiyatning huquqiy tarbiyasi bo‘lib xizmat qiladi. Mamlakatimizda yaqindagina «O‘zbekiston fuqarolarning huquqiy madaniyatini tarbiyalash to‘g‘risida»gi qaror qabul qilindi. Qonunni yaxshi bilmaydigan huquqiy madaniyati past odamgina o‘z faoliyatida qonun buzilishiga yo‘l qo‘yadi, qonunni hurmat qilishni bilmaydi. Demak, biz huquqiy davlat quriyapmiz ekan, birinchi o‘rinda kelajagimiz vorislari bo‘lmish yosh avlodning huquqiy ruhda tarbiyalashimiz kerak. Yosh avlodni huquqiy ruhda tarbiyalash uchun barcha huquqni himoya qilish idoralari yordamida o‘quv muassasalarida huquq darslarini o‘qitishini yaxshilash, uchrashuvlar o‘tkazish, savol-javoblar anketasi to‘ldirib ularni talab-ehtiyojlarini inobatga olish ahamiyatidan xoli emas. Kishilarning jamoat joylaridagi erkinligi tinch osoyishtaligini saqlash uchun davlat tomonidan shart-sharoit yaratilgan va kishilarning bu joylardagi erkinligi qonun yo‘li bilan muhofaza qilinadi. O‘zaro munosabatlari, xatti-harakatlarida kishilarning bir-birlariga bo‘lgan izzat-hurmatlari esa odob va axloq qoidalari asosida jamoatchilik yo‘li bilan boshqariladi. Qisqasini aytganda jamoat joylarida yurishning o‘ziga xos qonun-qoidalari va axloq-odob talablari bor. Ana shu qoidalarga rioya qilish, jamoatchilik o‘rtasida obro‘-e’tiborga ega bo‘lish har bir odam uchun zarur. Odamdagi did-farosat, xulq-atvor odamlar bilan muomala va munosabatda namoyon bo‘ladi. Odamlarni huquqiy madaniyat, huquqiy ong, huquqiy bilimlar bilan qurollantirish asosiy vazifalaridan biri hisoblandi. Toki jamiyatning har bir a’zosi o‘z huquqi, o‘z burch va mas’uliyatini puxta bilmas ekan, uni hayotiy ehtiyoj sifatida anglamas ekan, bizning islohot yangilanish haqidagi barcha ishlarimiz besamar ketaveradi. Bugun harbiylarning dunyoqarashi, ongi, tafakkurini o‘zgartirish mana shu masala bilan chambarchas bog‘liq bo‘lib qoldi. Harbiylardagi huquqiy ong, huquqiy madaniyat etarli darajada rivojlanmasa Qurolli Kuchlarni asosiy mezonlarini buzilishiga olib keladi. Ochiq qilib aytganda biz Konstitutsiya va qonunda insonning huquqiy tarbiyasiga doir haq-huquqlarimizni yaxshi bilmaymiz. Harbiylarni huquqiy tarbiyasini tubdan yaxshilash, ularning huquqiy madaniyatini balandga ko‘tarish, huquqiy axboratni keng ma’noda tushuntirib berish-huquqiy davlatni qaror topishini negizlaridir. Har bir kishi o‘zini o‘z mamlakatining haqiqiy fuqarosi deb his etishi, o‘ziga berilgan huquqlar va erkinlaiklarni tushunib etishi va qadrlashi, og‘ir mehnatda, zo‘r kurashda qo‘lga kiritilgan demokratik qadriyatlarni e’zozlash va himoya qilishi lozim. Huquqiy madaniyat darajasi faqatgina qonunlarni bilish, huquqiy ma’lumotlardan xabardor bo‘lishdangina iborat emas. U qonunlarga amal qilish va ularga buysunish madaniyati demakdir. Odamlarimizning eskicha g‘oyalaridan qaytarib, ularda yangi huquqiy ongni shakllantirmog‘imiz lozim. Shunday bo‘lishi kerakki, har bir kishi inson erkinliklari-ayni vaqtda muayyan burch majburiyat va mas’uliyat ekanligini chuqur his etib tursin. Madaniyatimiz, tariximiz-bizning eng katta, ko‘z qorachag‘iday asraydigan boyligimiz. Ular hech qachon eskirmaydi, inqirozga yuz tutmaydi, yaroqsiz holga kelmaydi. Savol tug‘ilishi mumkinki, harbiylarni huquqiy jihatdan tarbiyalash (ijtimoiylashtirish) qachondan boshlanadi? O‘zbek oilasi qadimdan ko‘p bolali deb hisoblangan, ko‘p bolali bo‘lib yashashning o‘ziga xos tomonlari mavjud. Masalan, oilada mehnat taqsimlanadi, bajarilayotgan ishlar izchil uylab amalga oshiriladi. Oiladagi huquqiy tarbiya eng muhim tomoni shundaki, avvalo oilada ota-ona o‘zlari huquqiy tarbiyalangan bo‘lishlari kerak, chunki qush uyasida ko‘rganini qiladi. Shaxslarni huquqiy jihatdan tarbiyalashda ularning yashab turgan sharoiti muhim ahamiyatga egadir. A. K. Munavvarovning fikriga biz qisman qo‘shilishga majburmiz, «Sog‘lom oiladan chiqqan jinoyatchi»-bu atama hozirgi kunda huquqshunoslar, pedagoglar va sotsiologlarni, voyaga etmaganlar ishi bilan shug‘ullanuvchilarni uylantirib qo‘ymoqda. Ba’zi ma’lumotlarga ko‘ra ko‘plab shahar va viloyatlarda jinoyatga tortilgan yoshlarning ko‘p qismi o‘ziga to‘q, moddiy jihatdan yaxshi ta’minlangan oilalarda tarbiyalanmaganligi aniqlangan. Bu har qanday holda asosiy sababni oiladan, uning hayot bosqichlaridan, ma’naviy-axloqiy turmush tarzidan, qadr-qimmatidan axtarish lozim1. Harbiy qismlarda xizmat qiladigan zobitlar, askarlar huquqiy tarbiyani vazifa va mazmunini yaxshi bilib olishi zarur. Undan tashqari huquqiy tarbiyaning shakl va usullarini ham tashkil qilishlari zarur. Huquqiy tarbiyani samaradorligini shu tarbiyalanayotgan harbiylarning ongi bilan belgilanadi. Huquqiy tarbiyaning usuli harbiylarni qonunga, hayotga, jamiyatga, tabiatga, jamoat tartibiga bo‘lgan munosabatini to‘g‘ri shakllantirishiga harakat qildiradi. Ichki ishlar organlari faoliyatidagi huquqiy tarbiya usullariga dogma sifatida qarab bo‘lmaydi, chunki bu usullarning rivojlanishi, shakllanishi hayotning o‘zi ko‘rsatadi yoki boshqacharoq qilib aytganda, hech bir vaqt huquqiy tarbiyaning tayyor retsepti yo‘q, faqat huquqiy tarbiyalash metodikalari mavjud. Huquqiy tarbiyadan keyingi bosqich-bu huquqiy ijtimoiylashtirishdir. Harbiylarni huquqiy jihatdan ijtimoiylashtirishi ham o‘ziga xos san’atdir, bunday san’at har kimga ham nasib etavermaydi. Harbiyni huquqiy jihatdan ijtimoiylashtirishda ham harbiy qo‘mondon, harbiy bilim yurtlarini Nizomlarini oldiga qo‘ygan umumiy qoidalarini roli juda kattadir. Harbiy xizmatchilarning huquqlarini ta’minlashda quruqlash o‘zini-o‘zi boshqaruv organlarining, harbiy boshqaruv organlari va komandirlarining zimmasiga yuklatilgan. Harbiy xizmatchi harbiy qasamyodni qabul qilmagunga qadar harbiy lavozimga tayinlanishi, jangovar topshiriqlarni bajarishga jalb etilishi mumkin emas; harbiy xizmatchiga qurol-aslaha va harbiy texnika biriktirilishi mumkin emas, unga bandi qilish tarzida intizomiy ta’zir berilishi mumkin emas. Harbiy xizmatchilar harbiy xizmat majburiyatlarini ijro etish chog‘ida, zarur bo‘lgan hollarda esa xizmatidan tashqari vaqtda ham qurol saqlash, taqib yurish, qo‘llash va foydalanish huquqiga egadirlar. Harbiy xizmatchilarni o‘qitish va tarbiyalash jarayonida ularning milliy tuyg‘ulariga, urf-odat va an’analariga hurmat ko‘rsatilishi lozim. Harbiy xizmatchilar bir-biriga hurmat ko‘rsatish, komandirlarga va kattalarga tartib intizomni saqlashda ko‘mak berishga majburdirlar. Harbiy xizmatchilar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarning harbiy Nizomlarda belgilangan qoidalari asosida tashkil qilishlari kerak. Taklif, ariza orqali murojaat qilishda bevosita O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlarning Intizom Nizomi qoidalariga amal qiladi. Harbiy xizmatchilar maxsus majburiyatlarni ijro etish uchun qonunchilik hujjatlari va O‘zbekiston Respublikasi qurolli Kuchlarning umumharbiy Nizomlari bilan belgilangan qo‘shimcha huquqlarga ega bo‘ladilar. Barcha harbiy xizmatchilar, ularning harbiy unvoni va mansabidan qat’iy nazar, qonun asosida tengdirlar va o‘zlarining huquqiy maqomlari xususiyatlarini hisobga olgan holda O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari uchun belgilangan javobgarlikni zimmalariga oladilar. O‘z xizmat maqomi va harbiy unvoniga ko‘ra ayrim harbiy xizmatchilar boshqalarga nisbatan boshliq yoki bo‘ysunuvchi bo‘lishi mumkin. Boshliq buysunuvchi uchun xushmuomala va bosiqlik namunasi bo‘lishi lozim. Buysunuvchi boshliqning buyruqlarini vaqtida bajarilishi zarur. Agar u o‘ziga nisbatan noto‘g‘ri munosabatda bo‘lib, buyruqlarni bajarolmasa o‘ziga xos chora ko‘riladi. Shuningdek Konstitutsiyaning ikkinchi bo‘limi «Inson va fuqarolarning asosiy huquqlari, erkinliklari va burchlari» deb atashning o‘zi asosiy qonunning insonparvarligini ko‘rsatadi. Har bir moddasida shaxslarga huquq va erkinlik huquqlari o‘z ifodasini topgan. Respublikada mustaqillik yillarida harbiy huquq va erkinlariga doir bir qator xalqaro hujjatlar xalq orasida targ‘ib qilinmoqda «Inson huquqlari umumjahon Deklaratsiyasi», «Iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy huquqlar to‘g‘risida Xalqaro Pakt», «Fuqarolik va siyosiy huquqlar to‘g‘risida Xalqaro Pakt va fakultativ Bayonnoma». Ular hozirgi zamon jahon davlatchiligini va jamiyatni demokratlashtirish jarayonida harbiy huquqlarini mustahkamlashning asosi bo‘lib xizmat qilmoqda. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling