Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
- Bu sahifa navigatsiya:
- -Axloq sharti.
- -Shirinso‘zlik
-Mehnatsevarlik. Mehnat-qudratdir. Ofitser hayotini bezaydigan, unga baxt-saodat keltiradigan, boylik, farovonlik baxsh etadigan yagona kuch-mehnatdir. Ofitser mehnatga qancha qiziqishi bo‘lsa, uning o‘zi shuncha ulug‘vor, ishi esa shuncha unumli, chiroyli bo‘ladi.
Mehnatsevarlik harbiylarni tarbiyalashning umumiy asoslaridan biridir. Ta’lim va tarbiyaning ijtimoiy foydali, mahsuldor mehnat bilan birga qo‘shish, harbiy hayotga, amaliy faoliyatga tayyorlash, ularni kichik yoshdanoq mehnatga jalb qilish evaziga erishiladi. Harbiy mehnat orqali mehnatning moddiy va ma’naviy boylik ekanligiga, ofitserning ijtimoiy obro‘-e’tiborining asosiy mezoni uning muqaddas burchi ekaniga ishonch hosil qiladi. Mehnat farovon va baxtli hayot kechirishning eng asosiy sharti bo‘lganligi sababli, hamma fuqarolar uchun majburiydir. Jahon fanining mutafakkirlari al-Xorzamiy, Ibn Sino, Ismoil Buxoriy, Mirzo Ulug‘bek, Alisher Navoiy, Zahriddin Muhammad Bobur singari bobokalonlarimiz mehnatsevarliklari tufayli ulkan yuutuqlarni qo‘lga keltirishgan va yoshlarni ham mehnatni sevishga, mehnatsevar bo‘lishga chaqirishgan. Mehnat-hayot chirog‘iga yog‘ quyib turadi. Masalan: Alishenr Navoiy mehnatsevarlikni chinakam insonning eng asosiy xususiyati deb bilgan. Mehnat kishini bezangishini, uni har tomonlama kamol toptirishni yuksak ko‘tarinki ruh bilan madh etgan. -Axloq sharti. Ofitserni ma’naviy jihatdan go‘zal qilayotgan odamiylik va mehnatsevarlik kabi sifatlar orasida axloq sharti yana muhim o‘rin tutadi. Harbiylarni bilimi, tajribasi, shijoati, tashqi qiyofasi bilan havas o‘yg‘otishi mumkin. Ammo axloqi buzuq, xulqi yomon bo‘lsa, bu yaxshi sifatlar o‘z-o‘zidan yo‘q bo‘ladi. Shuning uchun axloqni «jamiyat ko‘zgusi» deb atash mumkin. Bu haqida ajdodlarimiz o‘ziga xos axloqiy qoidalar majmo‘asi yaratganlar. Bu qoida va o‘gitlarda ota-onaga hurmat, tabiatni e’zozlash, tejamkor bo‘lish, isrofgarlikka yo‘l quymaslik va insoniylik fazilatlaridan yoshlarga saboq berilgan. Masalan: Ota o‘yda o‘tirsa, farzand botiniy uy tomiga chiqmasligi, choyxona oldidan ot minib o‘tayotgan yigit keksalarni ko‘rgach otdan tushib, uni etaklab o‘tirganlarga salom berib, ancha uzoqlashgach otiga minib yo‘lda davom etishi yoki non-tuzini e’zozlash, suvni iflos qilmaslik haqida: «O‘zing suv ichadigan quduqqa tupurma! Tuzni bosma! Uyga yayov yurib yaqinlashgin! Nonning ustiga biror narsa qo‘ymagin! Nonni tepmagin! Yoshi ulug‘ kishilarni yo‘lini kesib o‘tmagin! Ota onanga qo‘pollik qilmagin! G‘aribni kalaka qilmagin! Odamga tikilib qaramagin, unga orqangni o‘girmagin! Hayvonning boshiga urmagin! Bo‘sh beshikning tepratmagin! Uyda hushtak chalmagin! Bosh kiyimning oyoq ostiga tashlamagin! Marhumning uyidan chiqib, birovnikiga bormagin! Chumoli va qushlarning uyasini buzmagin! - deya nasihat qilganlar. Zardushtiylar dinining muqaddas kitobi «Avesto»da bu axloqiy o‘gitlar qoida sifatida quyidagicha kiritilgan «Inson butun umri davomida suv, tuproq, olov, umuman dunyodagi jamiki yaxshi narsalarni pok va bus-butun saqlashga burchlidir» - deyilgan. Ma’lumki, inson onadan axloqsiz yoki bezori bo‘lib tug‘ilmaydi, uni yo ijtimoiy tuzum yoki atrofdagi muhit buzadi. Axloq odamlarning bir-birlariga, jamiyatga, davlatga, xalq mulkiga, oilasiga mehnat mahsulotlari kabilarga munosabatini muayyan tartibga soladigan xatti-harakat qoidalari tizimida namoyon bo‘ladi. Aniqrog‘i axloq kishining ichki olami, e’tiqodi, fazilatlari sifatida namoyon bo‘ladi. Axloq sharti yaxshilik bilan yomonlik o‘rtasidagi murakkab muammolar haqida bahs yuritib, insonning kamolotga erishish yo‘lini yoritib boradi. Qadimgi allomalarimiz axloq va odob haqida juda katta baho berib, uni jamiyatning poydevori deganlar. Muqaddas Qur’oni Karimda va payg‘ambarlarimiz Muhammad Alayhissalomning hadislarida insoniy axloq-odobning barcha qirralari o‘z ifodasini topgan. Muqaddas kalimalarning deyarli hammasida yaxshi amallarning hidoyatiyu yomon odatlarning zarari bayon etilib, ulardan qanday qilib saqlanish lozimligi haqida yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatib qo‘yilgan. -Madaniylik-har bir inson madaniy saviyasi orqali el orasida yo yaxshi yo yomon nomga ega bo‘ladi. Shaxsning hurmat bilan tilga olinishi ham, nafrat bilan yuz o‘girishlariga ham o‘zi sababchi. Bu esa uni xulq-atvori, xatti-harakatlari, yurish-turishi, o‘zini tutishi, demak, madaniy saviyasi jihatdan el orasida obro‘ga ega bo‘ladi. Yaxshi fazilat shunday yaxshi narsaki, uni odam hayotining ma’naviy xazinasi desa bo‘ladi. Bu xazinada inson husnining durdonalari saqlanadi. «Inson» deganda, biz shu ma’naviy boylik xazinasining ajoib sohibkorlarini tushunamiz. Odam umrini jamiyat ichida o‘tkazadi. Bu esa odamni xatti-harakati, turish-turmushi el ko‘zida bo‘ladi. Bundan chiqdi, elning qarg‘ishini emas, elning olqishini o‘ylash, el ichida qarg‘a bo‘lib ajrab emas, balki kabutar bo‘lib birga yashash kerak. SHuning uchun madaniyatni odamning olgan bilimi va kiyingan kiyimida deb bilmasdan, uni xulq-atvorida yurish-turushida, ichki dunyoqarashida deb bilamiz. Madaniyatini odam sotib ololmaydi, uning hayotda tutgan o‘rni, mehnati, odamiyligi, xulq-atvori beradi. Insonning o‘z ona tiliga bo‘lgan mehru-muhabbati va hurmati, o‘z tilini qanchalik bilish-bilmasligi undagi madaniylik darajasiga o‘lchovdir. Xullas madaniyatli bo‘lish uchun odamga faqat bilim, kiyim, taqinchoq, yaxshi ro‘zg‘orni o‘zigina kifoya emas, shular bilan birga yana shirinso‘zlik, tozalik, saranjomlik, og‘irlik, haqqoniylik, mehnatsevarlik, halollik va eng muhimi o‘z ona tiliga muhabbat va uning sofligini saqlashga harakat ham zarurdir. -Shirinso‘zlik-muomala madaniyatining eng muhim ko‘rinishlaridan biridir. Har qanday jamiyatda, odam odamsiz yashay olmaganini ko‘z o‘ngimizda keltirsak, shirinso‘zlik naqadar zarurligini o‘z-o‘zidan ayon bo‘lib keladi. Dag‘al, sovuq gapiradigan, og‘ziga yomon so‘z oladigan odamni madaniyatli deb bo‘lmaganidek, tildan bol tolib turgan shirinso‘z kishini ham madaniylik sharafidan mahrum qilib bo‘lmaydi. Goho odamlar muomalasida uchrab turadigan dag‘allik ta’bimizni ko‘p xira qiladi. ba’zilar bu dag‘allikni ko‘rib, sababiga tushunolmay, hayron bo‘ladilar. Ezginlik, ho‘rlik, yo‘qlik asabi bo‘sh odamlarda tajanglik tug‘dirar, muomalada pardani ko‘taradi. qorni och, usti yupun, huquqi poymol kishilar ba’zan o‘zlarini tutolmay boshqalarga tashlanar, og‘ziga kelganini bo‘g‘zidan qaytarmay o‘shqirar edi. Haq gapni aytganda, bunday ahvolga tushib qolganliklari uchun odamlarning o‘zlari emas, o‘sha zamon, o‘sha tuzum aybdordir. Agar odam odamga do‘st bo‘ladigan bo‘lsa, do‘st do‘stning jonini hech qachon og‘ritmaydi. Aksincha, do‘sti biron kayfiyat orasida bilmasdan dag‘allik qilib qo‘ysa, do‘st kishi dag‘allikka dag‘allik bilan javob bermaydi, balki o‘rtaga tushgan sovuqlikni yaxshi muomala bilan yo‘q qiladi. boshqacha qilib aytganda uni shirin so‘z bilan hovuridan tushiradi. Shoirimiz Tolib Yuldoshning aytganicha: Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling