Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Jismoniy chiniqish va ruhiy tetiklik tarbiyasi
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
65. Jismoniy chiniqish va ruhiy tetiklik tarbiyasi
Jimoniy tarbiya barcha tarbiya tizimlarining ajralmas bo‘lagi. Yuksak rivojlangan ishlab chiqarishga asoslangan hozirgi jamiyat uchun jismonan sog‘lom va baquvvat, mahsuldor mehnat qilishga qodir, har qanday qiyinchiliklarga chiday oladigan, Vatan mudofaasiga tayyor yosh avlod kerak. Aqliy va mehnat faoliyatida muvafaqqiyatga erishish uchun zarur sifatlarni tarkib toptirishda ham jismoniy tarbiyani o‘rni katta. Jismoniy tarbiyaning maqsadi-shaxsning tanasidagi barcha a’zolarni sog‘lom o‘sishini ta’minlash barobarida ularni aqliy va jismoniy mehnatga, shuningdek, Vatan mudofaasiga tayyorlash yotadi. Abdulla Avloniyning fikricha, sog‘lom fikr, yaxshi axloq ilm ma’rifatga ega bo‘lmoq uchun badanni tarbiya qilish zarurdir. Ayniqsa sport inshoootlari qurilganligini («Olimpiya shon-sho‘hrati» muzeyi, «Jar» va boshqa shu kabi inshootlar) alohida ta’kidlash lozim. Shu asnoda harbiylarni sportni sevish va bu bilan shug‘ullanishga undash kerak. O‘zbeklar qadim-qadimdan pahlavon, jasur, botir, qo‘rqmas xalq bo‘lganligi tarixdan ma’lum. Mustaqilligimizning o‘nikki yiligida nishonlanishi lozim bo‘lgan buyuk ma’naviy merosimiz bo‘lmish «Alpomish» dostonning 1000 yilligi, jaloliddin manguberdining 800 yilligi munosabati bilan har inson merosimizning tarixiy, ma’naviy ahamiyatini harbiylarimizga tushuntirishimiz lozim. Jismoniy tarbiya harbiylarga katta ta’sir ko‘rsatib,salomatligini mustahkamlaydi, ishlash qobiliyatini oshiradi, uzoq umr ko‘rishga yordam beradi. Sport-har qanday yoshda ham qaddi-qomatni tarbiya qilish, kuch-quvvatni saqlab turishning vositasi hisoblanadi. Birinchi Prezidentimiz I. A. Karimov tomonidan 2000 yilni «Sog‘lom avlod» yili deb e’lon qilinishi hamda sport sohalari haqida: «Farzandlari sog‘lom yurt qudratli bo‘ladi» deb ta’kidlaydilar, hamda fikrini davom ettirib: «Eng avvalo har bir odam o‘z sog‘lig‘i haqida qayg‘urishi, har bir oila o‘zidan sog‘lom nasl, sog‘lom zurriyat qoldirishini o‘ylashi zarur. Agar farzand sog‘lom, oqil, iymon-e’tiqodli bo‘lsa, ota-onasiga faqat yaxshilik keltiradi». Jismoniy tarbiyaning vazifalarini hayotda qo‘yidagicha aks ettirishmiz mumkin: Salomatlikni mustahkamlash, jismonan to‘g‘ri rivojlanishga hamjihatlik qilish; Aqliy va jismoniy ishchanlik qobiliyatini oshirish; Tabiiy harakatga soluvchi sifatlarni rivojlantirish va takomillashtirish: Harakatlarning yangi turlarga o‘rgatish; Asosiy harakatga keltiruvchi sifatlarni (kuch, chaqqonlik, chidamlik va boshqalar) rivojlantirish; Gigienik malakalarni shakllantirish; Axloqiy sifatlarni tarbiyalash (botirlik, tirishqoqliq, qat’iyat, intizomlik, javobgarlik, jamoaizm va boshqalar); Jismoniy tarbiya va sport bilan muntazam va izchil ravishda shug‘ullanish ehtiyojini shakllantirish; Sog‘lom, tetik bo‘lishiga, o‘ziga va atrofidagilariga quvonch baxsh etishga intilishni rivojlantirish. Barkamol avlodni jismoniy barkamolsiz tasavvur qilib bo‘lmaydi, bu tarbiyaning bosh maqsadi jismonan chiniqqan, mard va sabotli, qat’iyatli va vatanparvarlarni kamol toptirishdir. Bu vazifalarni hal qilishda jismoniy tarbiya, aqliy, estetik va mehnat tarbiyalari bilan hamkorlik qiladi. Mashhur yunon donishmandi Aflotun baxt haqida so‘z yuritib: «Inson uchun birinchi baxt-uning sog‘lig‘i, ikkinchisi-go‘zallikidir» degan ekan. Insonning kuch va qobiliyatlarini tahlil etganda, u uchta narsaga bo‘linadi: birinchi-jismoniy, ikkinchi-aqliy, uchinchi-axloqiy. Shunga binoan insonning bu kuch-qobiliyatlarining taraqqiysi yuksalinishi ta’min etadigan tarbiya ham uch qismga ajaratiladi: badan tarbiyasi, aql tarbiyasi va axloqiy tarbiyaisidir. Qadimda xalqimizning badan tarbiyani riyozat deb atashgan. Abu Ali Ibn Sino «Tibbiy doston» asarida riyozat-badan tarbiyasi haqida to‘xtalib, uning bir necha turlari bo‘lishi, bu jismoniy mashqlar bilan o‘rtacha shug‘ullanish sog‘liqqa foydali ekanligini bunday ta’riflaydi: Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling