Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Bir so‘z bilan har kishi o‘zligini ko‘tarar
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
- Bu sahifa navigatsiya:
- Huquqiy tarbiya
Bir so‘z bilan har kishi o‘zligini ko‘tarar,
So‘z gavharin ko‘pincha dono olar, ko‘rsatar. 64. Huquqiy tarbiya O‘zbekiston tarixining mustaqillik yo‘llari avvalgi davrdan farqli o‘laroq aynan istiqlol tufayli yurtimizda inson huquqlari va erkinliklari kafolati uchun zarur shart-sharoitlar yaratgani bilan alohida ajralib turadi. Avvalo shuni aytish kerakki, bu O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida o‘z ifodasini topgan. Hozirgi kunda hartomonlama etuk komil insonni tarbiyalash jamiyatimiz oldida dolzarb masalalaridan biri bo‘lib qolmoqda. Hozirda harbiy qo‘mondon o‘rindiqlarida o‘tirgan tinglovchilar ertaga bizning qo‘limizdan ishimizni oladigan, hayotimizni davom ettiruvchi va o‘zidan keyingi avlodga etkazuvchi vorislarimiz, O‘zbekistonni buyuk kelajagini egaladilar. Shu sababli mamlakatimizda yosh avlodni huquqlari va uning tarbiyasini yuqori darajaga ko‘tarish asosiy tarbiya tarmog‘laridan biri bo‘lib qolgan. Har qanday mustaqil davlatda xalqning erkin yashashi, farovon turmush qurishi, xohish irodasining amalga oshirilishi, ezgu maqsad niyatlari huquqiy jihatdan kafolatlanishi lozim. O‘zbekistonda yashayotgan har bir fuqaro kelajagining kafolatini Konstitutsiya beradi. Fuqarolarning haq-huquqlari, burchlari Konstitutsiyada belgilangan, tegishli qonunlar bilan mustahkamlangan. Maqsadimiz erkin, demokratik huquqiy davlat qurish, adolatli jamiyat barpo etish, hech bir insonni kamsitmaslik, e’tiqodini hurmat qilish, erkinligini ta’minlash aks etilgan. Demokratik huquqiy davlatning bunyodkorlari huquqiy madaniyati tarbiyasini to‘g‘ri yo‘lga qo‘yish bilan maqsadimizga erisha olamiz. Huquqini bilmagan odamning hayoti oxir-oqibatda fojiali tus olishi mumkin. Shunday ekan, tabiiy ravishda huquqiy tarbiya nima?-degan savol tug‘iladi. Huquqiy tarbiya-bu qonunni yaxshi tushunish, bilish, hayotga tadbiq etish, ijrosini ta’minlash va har bir shaxsni ijtimoiy hayotda faol ishtiroki va bunday faollikni boshqalardan ham talab qilish jarayonidir. Huquqiy tarbiyani, avvalo insonning ichki dunyosi, ichki madaniyati, umuminsoniy an’analarga va huquqiy bilimlarga bo‘lgan munosabatlari belgilaydi. SHaxsning ichki madaniyati uning tashqi odobini ko‘rsatadi. Huquqiy tarbiyaga ega bo‘lgan ofitser qo‘mondon talablari va qoidalariga hurmat bilan qaraydi, harbiylarning boshqarishda o‘zini malaka va bilimlarini ishga solib faol qatnashadi. Ko‘pincha kishilar huquq, qonun, burch, adliya kabi atamalarni yaxshi bilmasliklari tufayli qonunbuzarlikka yo‘l qo‘yib, javobgarlik holatiga tushib qoladilar. Qurolli Kuchlarimizda amalga oshirilayotgan harbiy islohotlar oldimizga keng ko‘lamli va o‘ta mas’uliyatli vazifalarni qo‘ydi. Ularni hal etish uchun yuksak aql-idrok, kuch-quvvat va huquqiy bilim (tayyorgarlik) kerak. Bizning etarli darajada katta hamda murakkab harbiy mexanizmimiz barcha bo‘g‘unlarida uyushqoqlik va tartib intizomni yanada yuksaltirishi lozim, yakkaboshchilikni mustahkamlash va qo‘shinlarga rahbarlik qilishni yaxshilash kerak, qism va bo‘linmalarda jangovar shaylikni eng yuqori darajaga ko‘tarmoq lozim. Harbiylarni huquqiy tarbiyasi bu davlatimiz tashqi va ichki siyosatining tarkibiy qismi bo‘lib, uch asosiy tamoyilga ajiratiladi: Siyosiy tamoyil-ular O‘zbekiston Respublikasi Konstiutsiyasiga, «Mudofaa tug‘risida»gi qonunga, Mudofaa Doktorinasi va boshqa qonunchilik hujjatlarga; Tashkiliy tamoyil – hozirgi zamon talablariga va ... Harbiy xizmatchilarni o‘qitish va tarbiyalash tamoyili – qurolli Kuchlar hayotiyligi va yuqori jangovar shayligining asosini tashkil etadi. Harbiy xizmatchilarning davlat va harbiy mulkini asrash bo‘yicha huquqiy madaniyati bilan (qonun va Nizomlar talabiga javob berishi) ifodalanadi. Huquqiy madaniyat askarning huquqiy ongini o‘sishi, qonun va Nizom talablarini to‘g‘ri va o‘z vaqtida bajarish uning kundalik hayotiy ehtiyojiga aylanishini ko‘zda tutadi. Bunga tarbiyaviy ishlar tizimi, huquqiy targ‘ibot, harbiy darajadagi komandir (boshliq)larning shaxsiy namunasi yordamida erishish mumkin. Davlat va harbiy mulkni asrashda harbiy xizmatchilarning bu ish uchun mas’uliyatini oshirish, javobgarlik hissini shakllantirish katta ahamiyatga ega. Buning uchun harbiy xizmatchi harbiy mulkka keltirgan zarari (ishdan chiqarishi yoki yo‘q qilish, foydalanish va saqlash tartibini buzganligi, o‘g‘irlash, yo‘qotish) va boshqa qonun qoidalarni buzilishlari uchun qanday javobgarlikka tortilishini eslatib o‘tish zarur. Harbiy xizmatchilarga nisbatan qonun buzilishlarining turli ko‘rinishlari uchun yuridik mas’uliyatning umumiy tomonlari amal qiladi. Harbiy xizmatning huquqiy mavqeidan kelib chiqib javobgarlikning qo‘yidagi turlari ko‘zda tutilgan: Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling