Grammatik mavzu: Atamalar va ularning vujudga kelishi


Download 60.78 Kb.
bet1/3
Sana15.06.2023
Hajmi60.78 Kb.
#1478799
  1   2   3
Bog'liq
Muzeylar ko’prik. Atamalar


Nutqiy mavzu: Muzeylar – o’tmish va kelajak orasidagi ko’prik

Grammatik mavzu: Atamalar va ularning vujudga kelishi




Reja:

  1. Yurtimizdagi muzeylar haqida

  2. Atamalar va ularning vujudga kelishi

  3. Terminlar haqida tushuncha

Foydalanilgan adabiyotlar

Muzeylar… Bu madaniyat maskanlari yosh avlod uchun katta ahamiyatga ega. Chunki, muzeylarimizda bizning shonli va sharafli o`tmishimiz, tariximiz aks etgan.


O`zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti I. A. Karimov : “Tarixsiz – kelajak yo`q “,- deganlaridek, tariximizni bilish, uni o`rganish bizning oliy va sharafli burchimizdir. Bunday paytlarda, bizga tarixiy muzeylarimiz katta yordam beradi. 1996-yil 18-oktabr kuni Sohibqiron tavalludining 660-yilligi munosabati bilan Amir Temur xiyoboniga tutash hududda Temuriylar tarixi davlat muzeyi barpo etildi. Muzeyning balandligi 31, diametri 70 metr. Muzey gumbazini yoritib turgan “Zumrad” deb nomlangan muazzam qandilning og‘irligi ikki tonnadan oshadi. Unga besh yuzta yoritgich jamlangan.
Muzey uch qavatdan iborat.
Birinchi qavatida xazinaxona, kutubxona, anjumanlar zali, ma’muriyat joylashgan.
Ikkinchi qavatdagi devor markazidan davlatimiz rahbari Islom Karimov g‘oyasi asosida miniatyurachi rassomlar S.Qoraboyev, G‘.Kamolov, X.Nazirov, T.Boltaboyev tomonidan ishlangan “Buyuk Sohibqiron – buyuk bunyodkor” deb nomlangan panno joy olgan.
Uchinchi qavatda Markaziy Osiyoning ilk Uyg‘onish davridan to Sohibqiron davrigacha va temuriylar hayotidan hikoya qiluvchi eksponatlar, rang-barang osori atiqalar o‘rin olgan.Dastlab muzey fondidan 600 eksponat joy olgan bo‘lsa, bugungi kunda ularning soni uch yarim mingdan oshadi.
Muzeyda turli mavzularda ko‘rgazmalar tashkil etish yaxshi ana’anaga aylangan. “Noyob qo‘lyozmalar xazinasidan”, “Amir Temur – Klavixo – Samarqand”, “Xorijdagi merosimiz”, “Samarqand durdonalari”, “Shohruhiya topilmalari” kabi ko‘rgazmalar shular jumlasidandir. Muzey xodimlarining sa’yharakati bilan “Temuriylar davri madaniy yodgorliklari”, “Amir Temur va temuriylar davri: yangi tadqiqotlar” to‘plamlari nashr qilindi. Ayni paytda “Temuriylar davri madaniy yozma yodgorliklarining O‘zbekistonda va xorijda o‘rganilishi”, “O‘rta Osiyoda kitobat san’ati (temuriylar davrida yaratilgan asarlarning qo‘lyozma va toshbosma nusxalari)” kabi mavzularda tadqiqotlar olib borilmoqda.O‘tgan davr mobaynida muzey xalqimizning qutlug‘ qadamjolaridan biriga aylandi.
Temuriylar tarixi davlat muzeyi ilmiy –ma’rifiy maskanlardan biri bo’lib, bu yerga doim o’qituvchi va o’quvchilar muzeyni tomosha qilish, uni o’rganish va
o’zlariga bir olam zavq, taassurotlar olish uchun tashrif buyurishadi. Muzeyga kirar ekansiz, milliy urf-odatlarimiz, qadriyatlarimiz, an’analarimiz aks etgan tarixiy buyumlarga, jihozlarga duch kelasiz.
Mamlakatimizga tashrif buyurgan oliy va yuqori martabali mehmonlar, rasmiy delegatsiyalar vakillari yurtimizning boshqa diqqatga sazovor joylari qatori Temuriylar tarixi davlat muzeyini ham katta qiziqish bilan tomosha qiladi. Muzeyga tashrif buyuruvchilar orasida davlat, hukumat va parlament delegatsiyalari, xalqaro tashkilotlar vakillari, ishbilarmonlar, fan va madaniyat namoyandalari, sayyohlarning ko‘pligi tariximizga xorijda ham qiziqish tobora ortib borayotganidan dalolatdir.
Tarixni anglashda uni kelajak avlodlarga qoldirishda muzeylar juda ham katta ahamyatga ega hisoblanadi. Shu boisdan Oʻzbekistonda 90-yillardan keyin koʻplab muzeylar mamlakatning turli joylarida oʻz ishlarini boshladi, koʻplab muzeylar butunlay yangidan barpo etildi, boshqalari kapital taʼmirdan chiqarildi.
Oʻzbekistonda muzeylarni yangi tarixi 1992-yildan boshlandi va shu yilning oʻzida juda koʻplab yangi muzeylar tashkil etildi masalan buyuk oʻzbek shoirlaridan biri Boborahim Mashrabning muzeyi Namanganda tashkil etildi.
 Xorazmda hofiz HojixonBoltaboyev nomi bilan ataluvchi maqomchilar muzeyi, Urganch shahrida „Xorazm amaliy sanati va tarixi“ muzeyi, Buxoroda „Temirchlik muzeyi“, Samarqand viloyatida xalq kuychisi (baxshisi) Islom shoir Nazar oʻglining uy muzeyi tashkil etildi.
Keyinchalik 1993-yilda ham bir nechta muzeylar oʻz ishlarini yoʻlga qoʻydilar, ular orasida Toshkentda ochilgan Oʻzbekistondagi birinchi huquqshunos olima ayol Xadicha Sulaymonova muzeyi, mashhur raqqosa Mukkarramaxonim Turgʻunboyeva muzeyi, mashxur choʻpon, mehnat qahramoni Jonboy Bashmanov muzeyi Navoiyning Tomdi tumanida tashkil etildi. 1994-yilda xalq rassomi Muhiddin Rahimov muzeyi, 1996-yilda juda katta ahamiyatga ega boʻlgan Oʻzbekiston gidrometerologiya muzeyi, Salim Hamidovning uy muzeyi 1997-yilda tashkil etildi.
Eʼtiborga loyiq voqealardan biri 1996-yil 1-sentabrda Osiyoda yagona boʻlgan Olimpiya shon shuhrati muzeyi ochilishi boʻldi, bu muzey Oʻzbekistonlik sportchilarning jahon miqyosida erishgan yutuqlari va ishtiroklari haqida koʻplab malumotlar beradi. Oʻzbekistonda muzeylar rivojiga 1998-yil 12-yanvarda qabul qilingan „Muzeylar faoliyatini tubdan yaxshilash va takomillashtirish toʻgʻrisidagi“ qonun juda katta ahamiyatga ega boʻldi, shundan keyin muzeylar davlat muhofazasiga olindi va muzeylarni yanada rivojlantirish haqida dastur ishlab chiqildi va ular davlat budjeti tomonidan qoʻllab quvvatlandi. 1998-yilda Oʻzbekmuzey tashkiloti tashkil etildi va 1999-yilda muzeylar hayotidan xabar beruvchi Moziydan sado jurnali tashkil etildi. Bu jurnal uch tilda Oʻzbek, Rus va Ingiliz tilida chop etila boshlandi. 1999-yilda Oʻzbekistonda davlat tasarrufidagi muzeylar soni 81 taga yetdi, ulardan 15 tasi tarix muzeyi, oʻlkashunoslik muzeylari soni 23 tani va 10 ta badiiy muzeylar, 20 ta memorial, 8 ta adabiyot, 4 ta tibbiyot muzeylarini tashkil etildi. Oʻzbekistondagi 10 ta yirik shahar tarixiy shaharlar roʻyxatga olingan hisoblanadi masalan:Buxoro, Samarqand,Xorazm,Qoʻqon va boshqalar.
Ayniqsa Samarqand juda ham tarixiy obidalarga boy shahar hisoblanib har yili juda koʻp xorijiy mehmonlar tashrif buyuradi.
Hozirda Oʻzbekiston madaniyat vazirligi tasarrufidagi muzeylar 1.350 ming eksponatga ega.
Uy-muzey poytaхtning Shayхontohur tumanida joylashtirildi. Bir oy muddatda ushbu ob’yektning kadastr hujjatlari rasmiylashtiriladi va хodimlar uchun shtat jadvali ishlab chiqiladi. Uy-muzey bilan birga Aldulla Qodiriyning memorial muzeyi ham tashkil etiladi. Olmazor tumanidagi Abdulla Qodiriy nomidagi istirohat bogʻi hududida joylashgan kutubхona va bino «Turon» aхborot-kutubхona markaziga operativ boshqaruv huquqi asosida tekin beriladi.
Yuqorida aytib oʻtilgan ob’yektlarni saqlash хarajatlari mahalliy byudjetlar mablagʻlari va qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobiga amalga oshiriladi. Milliy aхborot agentligi, Milliy teleradiokompaniya va boshqa OAVlarga muzeylar va kutubхonalar faoliyatini keng yoritish tavsiya etilgan.
Madaniyat vazirligiga quyidagi vazifalar topshirilgan:

  • muzeylarning nizomini ishlab chiqish va tasdiqlash;

  • malakali kadrlarni muzeyda ishlashga jalb etish;

  • ob’yektlarni muzey ashyolari bilan toʻldirish;

  • Abdulla Qodiriy hayoti va ijodiga bagʻishlangan tadbirlar va ijodiy uchrashuvlar tashkil etish boʻyicha chora-tadbirlarni qabul qilish.

Muzeylar — tarixning sirli xilqatlarini oʻzida mujassam etgan holda xalqlar madaniyatini, qadriyatlarini tarannum etuvchi maskan va davlatlarni bir-birlariga yaqinlashtiruvchi koʻprik hisoblanadi. Shu bilan birga, xalqning maʼnaviy dunyosini boyitish, yosh avlodni Vatanga muhabbat va sadoqat ruhida tarbiyalashda ham muzeylarning oʻrni beqiyos. Muzeylar har bir xalq tarixi, madaniyati, turmush tarzi, milliy anʼana va qadriyatlarini oʻrganish, ularni targʻib etish va kelgusi avlodlarga yetkazishda muhim ahamiyat kasb etadi.
Tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, dunyodagi ilk muzey Museon deb nomlanib, oʻquv maskani koʻrinishida boʻlgan va taxminan eramizdan avvalgi 290-yili Aleksandriyada Ptolomey-1 tomonidan tashkil etilgan. Uning tarkibida turar joylar, ovqatlanish hamda mutolaa xonalari, oʻsimlik va hayvonot bogʻlari, rasadxona hamda kutubxona ham boʻlgan. Keyinchalik esa, tibbiyot va astronomiyaga oid jihozlar, jonivorlarning qotirilgan nusxalari va shu kabi oʻquv jarayonlarida asqatadigan turli namoyish qurollari ham muzeydan oʻrin ola boshlagan.
Muzeylar dastlab badiiy asarlar majmuiga, keyin esa moddiy va maʼnaviy maʼrifiy yodgorliklarni yigʻuvchi va saqlovchi muassasaga aylangan. Oʻzining ulkan tarixiy obidalari bilan nafaqat Yevropa va Osiyoda, balki butun dunyoga mashhur boʻlgan Italiya davlatida ham XV asrga kelib, mavjud yodgorliklarni muntazam ravishda toʻplash ishlari avjiga chiqqan.
XIX asrga kelib, eng katta muzeylar AQSH, Angliya, Shvetsiya, Yaponiya, Hindiston va Rossiyada barpo etildi. Shular qatorida 1852-yili Ermitaj, 1873-yili Moskvadagi Tarix muzeyi, 1892-yili Tretyakov galereyasining tashkil etilgani soʻzimiz dalilidir.
Mamlakatimizning mustaqillikka erishishi iqtisodiy va siyosiy hayotning barcha jabhasida boʻlgani kabi madaniy sohada ham tub burilish yasadi. Jumladan, milliy anʼana hamda qadriyatlarimizni tiklash, boy merosimizni chuqur oʻrganish, uning mazmun-mohiyati va ahamiyatini xalqimiz, ayniqsa, yoshlar oʻrtasida keng targʻib etishga katta eʼtibor qaratila boshlandi.
Bugungi kunda mamlakatimizda turli yoʻnalishda 1200 dan ortiq davlat va nodavlat muzey faoliyat koʻrsatmoqda. Ushbu madaniyat maskanlari ajdodlarimizdan bizga meros boʻlgan boylikni kelajak avlodga yetkazib beradigan ilmiy, maʼnaviy-maʼrifiy xazina boʻlib, u yillar davomida boyitilib, tarixdan meros boʻlgan ashyolar, insoniyat ijodi mahsuli sifatida yaratilgan sanʼat asarlari saralanib, muzeylardan joy olib, umuminsoniy boylikka aylantirilmoqda.
Bugungi kunda muzeylarimizga katta ahamiyat qaratilmoqda, Prezidentimiz tashabbusi bilan 10 yillik davlat dasturini qabul qilinganligi, yaʼni 2017-2027-yillar davomida yurtimizdagi barcha muzeylarni rekonstruksiya qilish, qayta taʼmirlash va ularning moddiy texnik bazasini mustahkamlash aynan madaniyat sohasidagi bugungi kun dolzarb masalalaridan biri edi. Yuksak eʼtibor tufayli koʻplab muzeylar bunyod etildi, mavjudlarining ishi esa zamon talablari darajasida yoʻlga qoʻyilib, muzey-qoʻriqxonalar tashkil qilindi. Temuriylar tarixi Davlat muzeyi, Oʻzbekiston tarixi Davlat muzeyi, Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi, Termiz arxeologiya muzeyi, Olimpiya shon-shuhrati muzeyi kabi oʻnlab maskanlar barpo etilgani va Samarqand, Buxoro, Xiva shaharlaridagi ochiq osmon ostidagi muzeylar qaytadan taʼmirlangani fikrimiz tasdigʻidir.
Poytaxtimizga tashrif buyurgan mehmon sayohati davomida, albatta, Temuriylar tarixi Davlat muzeyida ham boʻladi. Ushbu muhtasham majmuada Amir Temur va temuriylar davri tarixi, madaniyati, sanʼati bilan yaqindan tanishish mumkin. Eksponatlar ajdodlarimizning ulkan salohiyatidan soʻzlaydi. Oʻzbekiston tarixi davlat muzeyidagi osori-atiqalar esa oʻzbek davlatchiligi tarixining naqadar qadimiyligi va yuksakligi toʻgʻrisida soʻzlaydi, qolaversa, har bir davrga oid ashyolar betakrorligi bilan kishida hayrat tuygʻusini uygʻotadi. Qatagʻon qurbonlari xotirasi muzeyi koʻrgazmalari Vatanimiz mustaqilligi yoʻlida qurbon boʻlgan fidoyi farzandlar toʻgʻrisida maʼlumot beradi. Bu muzey yosh avlod ongida istiqlol neʼmatining naqadar bebaho va yuksak ekanligi, uning qadriga yetish kerakligi haqida yana-da teran fikr uygʻotadi. Termiz arxeologiya muzeyida saqlanayotgan arxeologik topilmalar ham noyobligi, ilmiy tadqiqotlar uchun manba boʻla olishi bilan qadrlidir. Olimpiya shon-shuhrati muzeyi istiqlol yillarida mamlakatimiz sportchilarining eng nufuzli xalqaro musobaqalarda qoʻlga kiritgan ulkan muvaffaqiyatlari toʻgʻrisida keng maʼlumot yetkazadi. Oʻzbekiston xalq amaliy sanʼati, Oʻzbekiston davlat sanʼat muzeylaridagi eksponatlar xalqimizning boy hunarmandchilik xazinasi, oʻziga xos tasviriy sanʼat asarlari, ularning janrlarini tarannum etadi. Qadimiy shaharlarimizdagi ochiq osmon ostidagi muzeylar esa dunyoning turli tomonlaridan kelayotgan sayyohlarni hayratda qoldirmoqda va ularning oqimi yildan-yilga xalqaro darajada muzeylarimizga boʻlgan qiziqish ortib boryapti.
Muzeylar maʼnaviy yetuk, komil insonni tarbiyalashda oʻziga xos oʻrin tutadi. Saqlanayotgan tarixiy ashyolar, nodir qoʻlyozmalar, hujjatlar avlodlarga tarixdan, ajdodlarimiz hayoti, yuksak maʼnaviyatidan hikoya qiladi. Bu esa yoshlar qalbida ota-bobolarimiz qoldirgan merosga hurmat, eʼzoz va muhabbat tuygʻusini uygʻotish bilan birga, ularda shu aziz Vatanga munosib farzand boʻlish tuygʻusini ham shakllantira oladigan maskandir. Maʼnaviyat va maʼrifat markazi boʻlgan muzeylar yosh avlodga xalqimizning qadimiy va boy tarixi, oʻziga xos madaniyati, istiqlol gʻoyalarini yana-da teran anglashga koʻmaklashmoqda.
Aytish joizki, muzeyshunoslik keng fan tarmogʻi boʻlib, oʻzida tarix, arxeologiya, sanʼatshunoslik, sotsiologiya, pedagogika, falsafa, estetika, kompyuter texnologiyalari kabi bir qator sohalarni qamrab olgan. Kamoliddin Behzod nomidagi Milliy rassomlik va dizayn institutida muzeyshunoslik yoʻnalishi faoliyat yuritadi, aynan ushbu taʼlim dargohi soha uchun kadrlar tayyorlab beradigan yagona ilm maskani hisoblanadi. Bu yerda talaba — yoshlarga bakalavr, magistratura hamda doktorantura bosqichlarida tahsil berish bilan birga tashkil etilgan va etilayotgan koʻplab yangi muzeylar yosh avlodni tariximiz, moddiy va madaniy merosimizni naqadar chuqur ildizga egaligini singdirgan holda, ularni Vatanga muhabbat va sadoqat tuygʻulari bilan tarbiyalangan mutaxassis boʻlib yetishmoqdalar.
Muzeylar maʼnaviy va maʼrifiy ilm oʻchogʻi sifatida doim taraqqiyotda, rivojlanish va oʻzgarishda. Ularning zaxiralarini doimo boyitib borish, toʻplangan muzey ashyo va kolleksiyalarini kelajak avlodlarga bus-butun holatda yetkazish, asrab-avaylash har birimizdan alohida masʼuliyat talab etadi. Ushbu dargohda oʻz kasbining fidoiy insonlari faoliyat yuritadilar. Ular tomonidan yaratiladigan har bir ekspozitsiya oʻzining maftunkorligi, tarixiy ahamiyati va judayam boy tarixiy yodgorliklarni oʻz ichiga qamrab olganligi bilan ahamiyatli hisoblanadi.
Fursatdan foydalanib, 18-may — Xalqaro muzeylar kuni bilan barcha oʻz kasbiga sadoqat bilan mehnat qilib kelayotgan, yurtimiz muzeylarini tarixiy ashyolar bilan boyitib, ularni koʻz qorachigʻidek asrab-avaylayotgan, noyob eksponatlar orqali fuqarolarda, ayniqsa yosh avlodda milliy va umuminsoniy qadriyatlar, bebaho tarixiy va madaniy merosga hurmat, gʻurur va iftixor, Vatanga sadoqat va muhabbat tuygʻularini tarbiyalash va kuchaytirishda oʻz hissasini qoʻshayotgan fidoiy muzey xodimlarini hamda ularga taʼlim berayotgan ustozlarini bu qutlugʻ sana bilan tabriklayman. Doimo xalqimiz hurmati va ardogʻida boʻling aziz muzeylar jonkuyarlari

Download 60.78 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling