(MB-OB)-YAB
JB q -----------------------------: SS;
JS – 0,2
Harbiy o‘quv yurtining talabalari ma’ruzalar, seminarlar, amaliy mashg‘ulotlar va tarbiyaviy ishlarda nazariy va amaliy bilim va aqliy kamolotlarga ega bo‘ladilar. Shu bilan birga harbiylarda tarbiyaviy mashg‘ulotlarga ko‘proq etibor bera oladi. Xususan kasbiy-axloqiy sifatlarga: kasb haqida, yosh avlodni barkamol inson qilib tarbiyalashda uning roli to‘g‘risida ma’lumotlar beriladi.
O‘zbekistonda ta’lim tizimi, kadrlar tayyorlash milliy dasturi bilan tanishadilar; ta’lim-tarbiya, ma’lumot kabi pedagogik tushunchalarni o‘rganadilar. Ofitserlarni ish va kun tartibi, kasbiy sohalari, kim bo‘lishlari, o‘z-o‘ziga xizmat qilishlari to‘g‘risida ko‘proq ma’lumot oladilar.
Semestr davomida mazkur fan bo‘yicha to‘plangan billarga nisbatan talaba bilimiga quyidagicha baholanadi:
86 %-100 %-«a’lo»;
71 %- 85 %-«yaxshi»;
56 %- 70 %-«qoniqarli»;
55 va undan kam foiz «qoniqarsiz» baho qo‘yiladi.
Pedagogika fani bilimlarni va aqliy kamolotlarni o‘z vaqtida nazorat qilish va baholashning uchta vazifasi borligini alohida uqtiradi:
O‘zlashtirishni nazorat qilish va baholash natijalariga qarab davlat standartlari qanday bajarilayotganligini nazorat qilinadi va vazifalar belgilanadi.
Bilimlar va aqliy kamolotlarni nazorat qilish natijasida harbiylarning ma’naviy-intellektuali yanada kengayadi.
Ta’lim-tarbiya sohasidagi yaxshi natijalar harbiylarni tarbiyasiga ham ta’sir ko‘rsatadi. Ular ko‘tarinki ruh, o‘z kuchiga bo‘lgan ishonch va qiziqishlar paydo bo‘ladi. shuning uchun ma’naviy-intellektual sifatlarini nazorat qilish ta’lim-tarbiya tizimining ajralmas qismi hisoblanadi.
O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I. A. Karimovning «O‘zbekiston kelajagi buyuk davlat», «O‘zbekistonning o‘z istiqlol va taraqqiyot yo‘li», «Istiqlol va ma’naviyat» kabi asarlarida mustaqil O‘zbekistonning ma’naviy-intellektual sifatiy hayotning kelajagi haqida asosli yo‘nalishlar belgilab berilgan. Jumlada mutaxassislar tayyorlashda ularni intellektual rivojlantirish zarurligi alohida qayd qilingan edi. quyiladigan talablar bilan har tomonlama intellektual rivojlantirishning pedagogik sharoitlarining mufassal emasligi orasida tofovut yaratildi. Ayniqsa, mutaxassis tayyorlashda harbiy qo‘mondon nazorat shakli to‘liq bo‘lmaganligi ta’lim-tarbiya jarayonining asosiy muammolarini tashkil etadi.
Masalan, masalani muhim tomoni shundaki, mutaxassislar ommaviy tusda tayyorlanganda tarbiyachining har bir talaba bilan etarli darajada yakkama-yakka muloqot qilishga, tarbiyaviy ish olib borishga vaqti yetmaydi.
Harbiylarda ofitserlarga xos axloqiy fazilatlarni o‘stirish, vaqtli ommabop adabiyotlarni o‘qishga qiziqish o‘yg‘otish maqsadida harbiy qo‘mondonda tarbiyachidan boshlab jamoat tashkilotchisigacha axloq-odob, ma’naviyat-ma’rifat masalalariga doir munozara va konferensiyalar uyushtirish zarur. Bo‘lajak ofitserlar o‘zlari egallayotgan mutaxassislikka doir bilimlar orqali olimpiada va konferensiya-konkurslarda qatnashishlari kerak. Undan tashqari harbiylar o‘zlariga xos pedagogik mahoratni o‘zlashtirib, o‘z mutaxassisligini oliy darajada o‘zlashtirib yuqoriy malakali ofitserlarga sazovor bo‘lishi kerak.
Hozirgi zamon o‘quv-tarbiya jarayonini tashkil qilish ofitserdan katta
pedagogik mahoratni talab qiladi. Ofitserning qobiliyati, ish protsessidagi intellektual faoliyati uning mahoratiga bog‘liq bo‘lib, o‘quv jarayonining yangi innovatsion talablariga javob beradigan mashg‘ulotlarini tashkil qilishga asos bo‘ladi. Shaxsni rivojlanishi, shakllanishi uning qobiliyatlarida ma’lum bir faoliyatdagi ish harakatiga bog‘liq.
Pedagogik mahorat – shaxsni o‘zlashtirilgan kompleksli xislati bo‘lib, pedagogik kasbini yuqori darajada amalga oshirishini ta’minlaydi.
Pedagogik mahoratni asosiy 4 xil elementi mavjuddir:
Do'stlaringiz bilan baham: |