74. Ofitser o‘zini-o‘zi tarbiyalashda va mustaqil ta’lim olishning uslublari. O‘zini-o‘zi tarbiyalash mustaqil ta’lim olish bilan uzliksiz aloqadordir, bunday ishni maqsadga muvofiq yangilash tushuniladi, oldin olgan bilimlarini chuqurlashtirish va kengaytirish, amaliy ko‘nikma va malakalarini mukammallashtirish maqsadida harbiy-kasbiy mahoratni yuqori darajali ko‘rsatgichga erishishni mukammallashtirishdan iboratdir.
O‘zi mustaqil ta’lim olish-bu ofitserni kasbiy faoliyatidagi majburiy tarkibiy elementi hisoblanadi. Bunda bilimni oshirishni kerakligini tushunishi, ko‘nikma va malakasini mukammallashtirish, mustaqil ta’lim olishni sabablarini shakllantirish, mustaqil ravishda bilim, ko‘nikma va malakalarni egallashda boshlang‘ich holati hisoblanadi.
Mustaqil ta’lim olishga o‘zini maqsadga yunaltirilganligini bildiradiki, qachonki ofitser o‘zini bilimlarini kerakligicha to‘ldirganini his qila bilsa, ko‘nikma va malakalarini mukammallashtira olsa ko‘zlagan narsasiga erishishi mumkin.
Ofitser shaxsiy kelajakli rejasi (dasturi)ni ishlab chiqib qo‘ygan maqsadiga asoslangan holda o‘zini mustaqil ta’lim olish ishini ishlab chiqadi, qoidaga muvofiq har o‘qish davrida. Bunda quyidagilarni ko‘rsatish lozim: mazmunini, materialni qo‘llamini, kerakliyligini o‘rganishi, asosiy uslub va mo‘ljallangan vositalarini ko‘rsatadi.
-O‘zini-o‘zi tarbiyalashni mazmun va mohiyatini tushunishi;
-Ofitserlarni o‘zini-o‘zi tarbiyalashni uslub va usullari bilan tanishtirish;
-O‘zini-o‘zi baholashni bilishi, boshqalarga yordam ko‘rsatishi;
-O‘zini-o‘zi tanqid qilish va ta’kidlashni keng kulamda foydalana bilishi;
-O‘zini-o‘zi tarbiyalash uchun amaliy ko‘rsatma va dasturlar ishlab chiqishi;
-O‘zini-o‘zi tarbiyalashni tashviqot qilish;
-Ofitserni o‘zini-o‘zi tarbiyalashni natijalari va nazoratni tashkil etish, o‘zini nazorat qilish jarayonini kuzatish;
-qo‘lostidagi ofitserlarni o‘zini-o‘zi tarbiyalash ishi uchun safarbar qilish va sharoit yaratish.
Ofitserni mustaqil ta’lim olishi quyidagi yunalish bo‘yicha olib boriladi:
Milliy istiqlol g‘oyasi siyosati;
Mustaqil ta’lim olishda harbiy-kasbiy mahoratini oshirish;
Ruhiy-pedagogik qobiliyati;
Umumiy madaniyati.
Do'stlaringiz bilan baham: |