Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»


Pedagogik mahorat, yuksak muomala madaniyati, so‘zlashish odobi, o‘ziga nisbatan talabchanlik bu…


Download 384.22 Kb.
bet141/156
Sana09.04.2023
Hajmi384.22 Kb.
#1346925
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   156
Bog'liq
ХПП якуний саволлар ва жавоблар

88. Pedagogik mahorat, yuksak muomala madaniyati, so‘zlashish odobi, o‘ziga nisbatan talabchanlik bu….
Pedagogik madaniyatning asosini pedagogik mahorat tashkil qiladi. Pedagogik mahorat ofitserning kasbiy va axloqiy qiyofasi tarzida namoyon bo‘lib, uning psixologik-pedagogik tafakkuri, kasbiy-pedagogik bilimi, ko‘nikma va malakalari hamda pedagogga xos ma’naviy-axloqiy fazilatlari yig‘indisidan iboratdir.
O‘zining pedagogik faoliyati davomida yuqori natijalarga erishish istagida bo‘lgan ofitser ta’lim-tarbiya ishlarini ilmiy izlanishlar bilan uyg‘un ravishda olib bora olishi lozim. Taraqqiyotning negizini fandagi izlanishlar tashkil qiladi. Izlanishlar, tadqiqot ishlari asosida fan rivojlanib boradi, yangiliklar yaratiladi. Shunday ekan, ofitser o‘z faoliyatini pedagogika fanining ilg‘or yutuqlari asosida tashkil etishi, o‘zi ham mutaxassis sifatida nafaqat fan rivojidan orqada qolmasligi, balki unga o‘zining munosib hissasini qo‘shib borishi maqsadga muvofiqdir.
Pedagogik madaniyat haqida so‘z yuritganda yuksak muomala madaniyati, so‘zlashish odobi haqida gapirmaslik mumkin emas. Ofitser o‘z faoliyati jarayonida ko‘plab insonlar bilan muomala qiladi, fikrini so‘z vositasida tinglovchiga etkazadi. Shuning uchun u nutqini o‘stirish, muomala madaniyatini rivojlantirish, so‘zlashish odobiga rioya qilish ustida tinmay mehnat qilishi lozim.
So‘z lug‘atining boyligi, nutqining ravon va tozaligi, tinglovchi shaxsini hurmat qilishi, muomala qilish jarayonida axloqiylik qoidalariga va nizomlar talablariga qanchalik rioya qilishi ofitserning madaniy saviyasini ko‘rsatuvchi omildir.
O‘ziga nisbatan talabchanlik, izlanuvchanlik, kasbiy mahorati va bilimi saviyasini oshirib borishga doimiy ehtiyoj ofitserning pedagog sifatida tobora rivojlanib borishi uchun muhimdir. Pedagogning o‘ziga nisbatan talabchanligi uning o‘z ko‘nikma va malakalarini takomillashtirib borish, bilimlari doirasini, dunyoqarashini kengaytirish, axloqiy, ma’naviy va ma’rifiy saviyasini oshirishga bo‘lgan doimiy ehtiyojda ko‘rinadi. Qaysi kasb egasi bo‘lishidan qat’i nazar, inson doimiy izlanishda bo‘lishi, o‘z bilimi, ko‘nikmasi va malakalarining bugungi darajasidan qoniqmaslik hissi bilan yashashi lozim. Faqat shundagina hozirgi davr talabiga mos mutaxassis bo‘lib etishish mumkin. Izlanishdan to‘xtagan odam – kechagi kun odami bo‘lib qolishi mumkin.
Ofitser pedagogik madaniyatining shakllanishi murakkab, uzoq muddatli va ko‘p bosqichli jarayon bo‘lib, bir qator omillar ta’siri ostida kechadi. Bu jarayonga jamiyatimizda yuz berayotgan tub o‘zgarishlar, turmush tarzi, kundalik faoliyat o‘z ta’sirini ko‘rsatadi. Shuningdek, ofitserning mutaxassis sifatida o‘qish va xizmat davrida shakllanishining turli davrlari davomidagi ta’lim-tarbiya jarayoni, o‘qituvchilar, boshliqlar, komandirlarning, xizmatdoshlarning munosabati va ta’siri ham muhim ahamiyatga egadir.
Ofitserlarning pedagogik madaniyatini doimiy ravishda takomillashtirib borish uchun quyidagilarga amal qilish maqsadga muvofiq:

  1. Aniq belgilangan tizim asosida ofitserlarning harbiy, psixologik-pedagogik bilimlarini rivojlantirib borish.

  2. Ma’naviy-ma’rifiy, axloqiy mazmunga ega tadbirlarni doimiy ravishda va rejali asosda tashkil etish.

  3. Ta’lim-tarbiya jarayonini, xizmat va kundalik turmushni qonunlar va harbiy nizomlar talablariga muvofiq tashkil qilish.

  4. Ilg‘or pedagogik tajribani o‘rganish va ommalashtirish.

  5. Ofitserlarni harbiy-pedagogik jarayonga keng jalb qilish.

  6. Harbiy mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish.

  7. Ofitserlarni ilmiy-tadqiqot ishlariga jalb qilish.

  8. Ofitserlarning harbiy, psixologik-pedagogik bilimlarini takomillashtirish, umumiy va pedagogik madaniyati saviyasini oshirish maqsadida o‘z ustida mustaqil ishlashini tashkil qilish.

Xulosa qilib aytish mumkinki, ofitserning pedagogik madaniyati murakkab tuzilishga va mazmunga ega tushuncha bo‘lib, uni shakllantirish va takomillashtirish uzoq kechuvchi, uzluksiz, qator vosita va metodlar yordamida amalga oshiriluvchi jarayondir. Bu jarayonning samaradorligi esa ofitserning o‘z ustida muntazam ishlashi, hohish-irodasi va yetuklikka intilishi bilan bog‘liq.



Download 384.22 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   156




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling