93. Pand nasihat yo‘li bilan tarbiyalash metodi, shaxsiy ibrat metodi, maxtov-tavsif metodi va talab va jazo metodlari.
Pand nasihat yo‘li bilan tarbiyalash metodi. Uni fikriga bolani pand-nasihat yo‘li bilan tarbiyalash ota-onadan va tarbiyachilardan katta mas’uliyatni talab qiladi. Chunki bolalarga pand berish uchun har bir ota-ona yoki tarbiyachi tarbiya turlariga doir pandlarni bilish qobiliyatiga ega bo‘lishlari zarur. Ammo shuni eslatish lozimki, agar pand-nasihat g‘arazdan tashqari bo‘lsa bolani tarbiyasiga ta’sir ko‘rsatadi. Shu haqda «Muntaxabi kulliyot» asarini 185 betida shunday deydi:
Nasihat g‘arazdin toshqida qolgan chog‘da,
Achchiq doruday bo‘lur, chiyon zahriday.
- Shaxsiy ibrat metodi.
Bizga ma’lumki, tarbiyachi o‘zi tarbiyalangan bo‘lishi kerak. Harbiylarga nisbatan har bir ishlatadigan tarbiya tamoyillari tarbiyachining o‘z faoliyati talabga javob bera oladigan holatda bo‘lishi shart. Harbiylar tarbiyasida ibrat-namuna metodning ahamiyati kattadir. Shaxsiy ibrat yoki namuna metodi harbiylarni taqlidchanlikka asoslanadi. Taqlid boshqalarning xulq-atvorini, yurish-turishini ongli yoki ixtiyorsiz ravishda takrorlash deb bilamiz.
Odatda harbiylar o‘z yaqinlari, tevarak-atrofdagi kishilarning (ota-onalari, opa-akalari, kattalar, ustozlar va hokazo) xulq-atvorini va xatti-harakatlarini kuzatib boradilar, ularga taqlid qiladilar.
Sa’diy Sheroziy bu holatda shuni ta’kidlaydiki, ta’lim-tarbiyaga berish vaqtda tarbiyasiz kishilarni xatti-harakati ham bolalarga o‘rnak bo‘lishi mumkin. Masalan: «Luqmondan so‘radilar-Tarbiyani kimdan o‘rganish mumkin? Luqmon javob berdi: Tarbiyasiz kishilardanki, ularni qilmishlari insoniy fazilatlarga xos kelmasin».
- Maxtov-tavsif metodi. Bu metod bolalarni yosh xususiyatlariga bog‘liq bo‘lib, xususan kichik yoshdagi bolalarga xosdir. Xususan kichik maktabgacha va boshlang‘ich sinf o‘quvchilarni bilish darajasini yuqori darajaga ko‘tarib, havasmandlik doirasini shakllantirishda, tarbiyaga doir xatti-harakatlarini, muammo-munosabatlarini o‘zgartirishida katta yordam ko‘rsatadi.
Sa’diy sheroziy bu metodni dag‘allik va qo‘pollikdan nisbatan afzalligi, ya’ni maxtash, ta’rif-tavsif orqali yoshlarni ruhiyatini ko‘tarish xislatlarni tarbiyalashga qaror qilgan. U tarbiyachilarga murojaat etib, «Bo‘ston» kitobini 258 betida shunday keltiradi:
Ba xurdi darash zachru ta’lim kun
Ba neku badash va’davu bim kun.
Navomo‘zro madhu tahsinu zeh
Zi tavbihu tahdidi ustod beh...
- Talab va jazo metodi. Bu metod oldingi metodlardan farq qiladi. Talab-harbiylarni yaxshi xulqga, ijobiy xatti-harakatga undovchi turtki bo‘lib xizmat qiladi, jazolash esa-noma’qbul harakatlardan tiyib qoladi yoki xulqidagi salbiy tomonlarni yo‘qotishga yordam beradi. Har qanday tarbiya metodini qo‘llaganda konkret pedagogik sharoit, bolaning holati, jamoadagi kayfiyat hisobga olinadi. Aks holda ko‘pgina holatlar sodir bo‘lishi mumkin. O‘tmishlarimizdan ma’lumki, shaxsni tarbiyasi paydo bo‘lgan chog‘dan talab va jazo metodlar amal qilmoqda. Sa’diy Sheroziy yoshlarni tarbiyasida muloimsuxanlik, xushmuomalalik fazilatlarni o‘ziga ravo ko‘rgan. Ammo hayot taqozosiga qarab bolani to‘g‘ri va hartomonlama tarbiya topishda o‘z mavridida jazo metod orqali tarbiyalashni ham lozim tutadi. U bu masalada shunday yozadi: «Har kimki, u ustoz jabrini ko‘rmasa, jafo ko‘rur ro‘zg‘oridin»1.
Sa’diy Sheroziy haqiqat yo‘lida tarbiyalash to‘g‘risida shunday yozadi:
Do'stlaringiz bilan baham: |