Harbiy psixologiya fani. Psixika va ongning rivojlanish tarixi. Harbiy psixologiya fanining mazmuni haqida gapirishdan oldin umuman «psixologiya»
Download 384.22 Kb.
|
ХПП якуний саволлар ва жавоблар
- Bu sahifa navigatsiya:
- 94. Shaxs ongini shakllantirish metodlari . Shaxs ongini shakllantirish metodlari
- Suhbat metodi turli
- Ma’ruzalar metodi
- Munozaralar metodi
Agarda muallim bo‘lsa beozor,
Bolalar sinfni qilishar bozor. Kumush ul taxtaga zardin bitib yod: «Ota mehridin afzal-jabri ustod»2. Muallimning so‘ziga amal qilmagan Shohzodalarga jazo ko‘proq berilishi joiz, chunki ularning gapirgan gaplari, qilgan ishlari tillarda doston bo‘ladi-muallim tili ochiq, badjahl, fosiq, haddan tashqari qattiq qo‘l bo‘lmasligi, shuningdek, o‘ta sodda, muloim tabiatli kishi ham bo‘lmasligi joiz. Pedagogika fani o‘z mazmun mohiyatini boyitishda, yangilashda mavjud pedagogik hodisa va jarayonlarni uning maqsadi va vazifalariga muvofiq keladigan usullari bilan o‘rganadi. Ushbu usullar tavsifiga qarab uch turdagi metodlar shaklida amal qiladi: 94. Shaxs ongini shakllantirish metodlari. Shaxs ongini shakllantirish metodlari. Bu turdagi tarbiya metodlari harbiylarning ongiga ijtimoiy munosabatlar, ideallar, namunalar, umuminsoniy va milliy qadriyatlarni kiritishni, ularda qo‘mondon tomonidan harbiy xizmatchilar oldiga quyiladigan talablar, axloqiy va boshqa me’yorlar, tamoyillar, ko‘rsatmalarga oid tushunchalar va fikr mulohazalarni hosil qilishni ko‘zlaydi. Tarbiyalanuvchilarning anglanilgan va g‘oyaviy jihatdan asoslangan bilimlari asosida, ularda barqaror va yorqin qarashlar, hamda e’tiqodlar tarkib topadi va quyidagi metodlarni aks etiladi: Suhbat metodi turli-tuman va boy g‘oyaviy-tematik mazmunga ega bo‘lib, harbiylarning ijtimoiy hayotining voqea-hodisalarini, insonlarning xatti-harakatlarini baholashga jalb etish va uning asosida atrofdagi turmushga, o‘z fuqarolik, axloqiy va siyosiy burchlariga ongli munosabatni shakllantirishni ko‘zda tutadi. Suhbatlar harbiylarning shaxsiy tajribasiga, ishlariga, xatti-harakatlariga tayansa, u holda suhbatning samarasi ancha yuqori bo‘ladi. Suhbat asosida ijtimoiy hayotning ma’lum tomonlarini ijtimoiy, axloqiy va estetik mazmunini aks ettiruvchi dalillar yotadi. Dalillar harbiylarni ongiga turli xil shaklda yetkazilishi mumkin, ammo ular tarbiyalanuvchini fikrlashga, mulohaza yuritishga, shaxslarning xatti-harakatlarini baholashga yo‘naltirilishi kerak. Suhbatda mavzuni to‘g‘ri tanlash, savollarning pedagog tomonidan asosiy ravishda qo‘yilishi, harbiylarni o‘z fikr-mulohazalarini erkin ifodalashlariga imkon berish, mustaqil holda xulosaga kelishi talab qilinadi. Suhbat pedagog-tarbiyachilarning yakunlovchi so‘zi bilan tugaydi va bunda harbiylarni fikrlarini umumlashtiradi. Ma’ruzalar metodi. Bu ijtimoiy-siyosiy, axloqiy, g‘oyaviy-nafosat mazmundagi u yoki bu muammoning mohiyatini kengaytirilgan va tushunarli shaklda, tashkiliy sistematik ifoda qilish metodi. Leksiyaning mantiqiy markazida ilmiy ong doirasiga taaluqli biron-bir nazariy xulosa yotadi. Mantiqan ishonchli dalillar asosida tashkil qilingan ma’ruzalar harbiylarga kuchli g‘oyaviy va ruhiy ta’sir etadi. bunda harbiylarga katta materialni bermaslik, so‘zlardan noo‘rin foydalanmaslik zarur. CHAQIRIQLAR va ishoralarni keltiraverish, umumiy va ko‘rik jumlalardan nari o‘tmaslik harbiylarda zerikish, ishonchsizlik uyg‘otadi. Ayniqsa, yuqori guruh talablari pedagogning fikridagi o‘ziga xoslik, hodisa voqealarga shaxsiy munosabat, yangilikka qiziqish bilan qaraydilar. Harbiylar tarbiyaviy mazmundagi bilimlarni shunchaki qabul qilmaydilar, balki tanqidiy holda fikrlash orqali o‘zlashtiradilar. Munozaralar metodi. Bu metod fikrlar, qat’iy, o‘zgaruvchan bilimlarni shakllantirishni e’tiborga oladi. Munozara har guruhga o‘ziga xos holatda tashkil qilinadi, negaki bu davrlar o‘spirin hayotning mazmunini anglashga intiladi, haqiqatni bilishga, to‘g‘ri yo‘l topishga harakat qiladi. Munozara aniq va o‘zil-kesil xulosalarga kelishni talab etmaydi. Bunda tushunchalar va dalil isbotlarni tahlil qilish boshqa insonlarni ularga ishontirish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Munozara faqat o‘z fikrini aytish bilan cheklanilmaydi, balki qarama-qarshi mulohazalarning kuchli va kuchsiz tomonlari aniqlanadi. Munozara harbiylarning haqiqat qaror topishi uchun noto‘g‘ri nuqtai nazardan voz kechishga o‘rgatadi. Munozara uchun odatda dolzarb, harbiylarni bezovita qilayotgan, ularni bahsga chorlovchi mavzular tanlanadi. Download 384.22 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling