A.AVLONIY NOMIDAGI XALQ TA’LIMI MUAMMOLARINI O‘RGANISH
VA ISTIQBOLLARINI BELGILASH ILMIY-TADQIQOT INSTITUTI
“O‘zluksiz kasbiy rivojlantirish – 2022” loyihasi
PEDAGOGNING KOMMUNIKATIV KО‘NIKMALARINI
RIVOJLANTIRISH
MODULI BO‘YICHA
“TANA HARAKATLARINING TILI: IMO-ISHORALARNI TALQIN
QILISH VA SUXBATDAGI HUDUD VA MAYDONLAR”
o‘quv kursining
“QО‘LLARNI YOPISH HIMOYA VOSITASI SIFATIDA”
mavzusidan ma’ruza matni
Ma’ruzachi: Toshbekova Mohira Xasanovna
Toshkent 2022
3-MAVZU: QО‘LLARNI YOPISH HIMOYA VOSITASI SIFATIDA
REJA:
3.1. Qo‘l siqish va qo‘l siqishni boshqarish usuli.
3.2. Bloklangan barmoqlar va qo‘llardan tashkil qilingan to‘liq bo‘lmagan
to‘siq.
3.3. Ko‘krakdagi qo‘llarning imo-ishoralari.
Tayanch iboralar: ko‘krakdagi qo‘llar, ko‘krakda chalishtirilgan
qo‘llar, eng ommalashgan imo-ishoralar, qo‘llarni chalishtirish, barmoqlarni
kuchli qisib musht qilish, qo‘lning yelka qismida qo‘l panjalarini chalishtirish,
qo‘llardan tashkil qilingan to‘liq bo‘lmagan to‘siq, qo‘l chalishtirish bilan
bog‘liq niqoblangan imo-ishoralar,
1.1. Qo‘l siqish va qo‘l siqishni boshqarish usuli.
Qo‘l siqish
Tadqiqotchilarning ta’kidlashicha, qo‘l siqish ibtidoiy
davrning yodgorligi -
ochiq kaftlar ularning qurolsizlanishini ko‘rsatdi. O‘shandan beri ko‘p narsa o‘zgardi
va endi qo‘l siqish salomlashish yoki xayrlashish paytida amalga oshiriladi. Biz qo‘l
siqishning har xil turlarini ko‘rib chiqamiz.