Harbiy sudlar tizimi. Reja
Okrug va hududiy harbiy sudlar sudlov hay'ati
Download 44.03 Kb.
|
Harbiy sudlar tizimi
3.Okrug va hududiy harbiy sudlar sudlov hay'ati
Okrug va hududiy harbiy sudlar sudloviga: podpolkovnik, 2-darajadagi kapitandan yuqori bo`lmagan unvondagi shaxslarning jinoyatlari to`g`risidagi ishlar, shuningdek ushbu shaxslarga taalluqli boshqa ishlar va shikoyatlar tegishlidir. Bir guruh shaxslarni ayblashga oid ish bo`yicha, garchi, ayblanuvchilardan loaqal biri xususidagi ish harbiy sud sudloviga taalluqli bo`lsa va uni Qonunga ko`ra alohida ish yuritishga ajratish mumkin bo`lmasa, fuqaro shaxslarga oid ishlarning harbiy sud tomonidan ko`rilishiga yo`l qo`yiladi. Yakka shaxs yoki bir guruh shaxslar bir nechta jinoyatni sodir etishda ayblanib, garchi jinoyatlardan loaqal biri to`g`risidagi ish harbiy sud sudloviga taalluqli bo`lsa, hamma jinoyatlar to`g`risidagi va barcha shaxslarga oid ish harbiy sud tomonidan ko`riladi. Harbiy sudlar jinoyat ishlari bilan birga harbiy qismlar, korxonalar, muassasalar, tashkilotlar, jamoat birlashmalarining va fuqarolarning sodir etilgan jinoyatlar natijasida ularga yetkazilgan moddiy zararni undirib berish to`g`risidagi fuqarolik da'volarini ham ko`rib chiqadilar. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi: - harbiy sudlar ishining tashkil etilishini tekshirib turadi; - harbiy sudlar sudyalarining malakasini oshirish chora-tadbirlarini ko`radi; - sudyalarning mustaqilligini mustahkamlashga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshiradi. Harbiy sudlar tarkibi, shtatlar soni, shtatdagi lavozimlar va harbiy unvonlar ro`yxati O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining Mudofaa Vaziri bilan kelishgan holda bergan taqdimnomasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tasdiqlanadi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi harbiy hay'ati, O`zbekiston Respublikasi harbiy sudi, okrug va hududiy harbiy sudlarning sudyalariga egallab turgan lavozimlariga muvofiq harbiy unvonlar beriladi. Harbiy sudlar sudyalari “Sudlar to`g`risida”gi O`zbekiston Respublikasi Qonuniga va harbiy Nizomlarga muvofiq intizomiy javobgarlikka tortiladilar. Harbiy sudlarning xodimlarini ishga qabul qilish va ular bilan tuzilgan mehnat shartnomalarini bekor qilish O`zbekiston Respublikasining Mehnat Kodeksiga muvofiq tegishli harbiy sud raisi tomonidan amalga oshiriladi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi harbiy hay'ati va harbiy sudlarni moddiy-texnik jihatdan ta'minlash, moliyalashtirish, transport, aloqa vositalari bilan ta'minlash O`zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi zimmasiga yuklatiladi. Harbiy sudlarning xizmat binolari ular faoliyat ko`rsatayotgan yerda joylashgan harbiy qismlar tomonidan yoxud shu maqsadlar uchun maxsus tuzilgan harbiy bo`linmalar tomonidan qo`riqlanadi. Ushlangan, qamoqqa olingan, gauptvaxtalarda saqlanayotgan harbiy sudlarga qo`riqlab olib borish va ularni sud majlisida qo`riqlash harbiy qismlar yoki garnizonlarning harbiy komendaturalari tomonidan amalga oshiriladi. Boshqa saqlash joylarida, jazoni ijro etish muassasalarida saqlanayotgan mahbuslarni ishni ko`rish joyiga qo`riqlab olib borish va qo`riqlash belgilangan tartibda - O`zbekiston Respublikasi Ichki ishlar Vazirligining soqchilik qo`shinlari qismlari, organlari tomonidan amalga oshiriladi. Harbiy sudlar O`zbekiston Respublikasining Davlat gerbi tasviri tushirilgan va o`z nomi yozilgan muhrga ega bo`ladi. Harbiy sudlar sudyalariga polkovnikdan yuqori bo`lmagan unvonlar O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisining taqdimnomasiga binoan O`zbekiston Respublikasi Mudofaa vaziri tomonidan beriladi. Oliy harbiy unvonlar O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi raisi va O`zbekiston Respublikasi mudofaa vazirining birgalikdagi taqdimnomasiga binoan Prezident tomonidan beriladi. O`zbekiston Respublikasi Oliy sudi harbiy hay'ati va harbiy sudlarni moddiy-texnik jihatdan ta'minlash, moliyalashtirish, transport, aloqa vositalari bilan ta'minlash O`zbekiston Respublikasi Mudofaa Vazirligi zimmasiga yuklatilgan. Download 44.03 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling