Jamoa kayfiyati - jamoa a'zolarida u yoki bu hodisaga nisbatan paydo bo'ladigan hissiyotlar
majmuasi.
An'ana deb nimaga atytiladi?
Jamoaning o'ziga xos biron bir xususiyatini vaqt o'tish bilan saqlab qolish hodisasiga an'ana
deyiladi.
Obro' nima?
Obro bir kishi (guruh)ning boshqa kishi (guruh)larga o'tkazadigan ijtimoiy-psixologik ta'siri.
Suitsid so'zi nimani anglatadi?
suitsid (o'zini o'ldirish).
Harbiy qismlarda suitsidning oldini olish bilan bog'liq eng muhim vazifalar qaysilar?
-suitsidga olib keluvchi sabablarni o'z vaqtida aniqlash va tugatish; vaqtida da'vo choralarini
ko'rish.
Harakat deb nimaga aytiladi?
Harakat - bu faoliyatning nisbatan yakunlangan elementi bo'lib, bu jarayonda yanada soddaroq,
bo'laklarga bo'linmaydigan, ma'lum bir anglangan maqsadga erishiladi.
Tashqi jihat deb nimaga aytiladi?
Tashqi jihat-tashqi olamga ta'sir ko'rsatish uchun amalga oshiriladigan harakatlar bo'lib, ular
iroda, hissiyot va bilish jarayonlari kabi ichki (ruhiy) faoliyat motivlari (sababchilari) vositasida
amalga oshiriladi va boshqariladi.
Ehtiyoj deb nimaga aytiladi?
Ehtiyoj - bu insonning biron narsaga bo'lgan talabi.
Qanday ehtiyojlar bo'ladi?
- moddiy-ma'naviy.
Moddiy ehtiyojlarga nimalar kiradi?
Moddiy ehtiyojlarga ovqat, kiyimlar, boshpana va hokazolar kiradi.
Ma'naviy ehtiyojlarga nimalar kiradi?
Ma'naviy ehtiyojlarga bilimga, muloqotga, faoliyatga bo'lgan ehtiyojlar kiradi.
Motiv nima?
Motiv - bu shunday kuchki, u insonni maqsad sari undaydi.
Istak nima?
Istak - motivning eng sodda shakli hisoblanadi.
Qiziqishlar deganda nimani tushunasiz?
Qiziqishlar - bu insonning tanlab, u yoki bu hodisaga, buyumga, faoliyatga nisbatan bilish
maqsadidagi munosabati.
Jangovar faoliyat bu nima?
Do'stlaringiz bilan baham: |