iroda, hissiyot va bilish jarayonlari kabi ichki (ruhiy) faoliyat motivlari (sababchilari) vositasida
amalga oshiriladi va boshqariladi.
Ehtiyoj deb nimaga aytiladi?
Ehtiyoj - bu insonning biron narsaga bo'lgan talabi.
Qanday ehtiyojlar bo'ladi?
- moddiy-ma'naviy.
Moddiy ehtiyojlarga nimalar kiradi?
Moddiy ehtiyojlarga ovqat, kiyimlar, boshpana va hokazolar kiradi.
Ma'naviy ehtiyojlarga nimalar kiradi?
Ma'naviy ehtiyojlarga bilimga, muloqotga, faoliyatga bo'lgan ehtiyojlar kiradi.
Motiv nima?
Motiv - bu shunday kuchki, u insonni maqsad sari undaydi.
Istak nima?
Istak - motivning eng sodda shakli hisoblanadi.
Qiziqishlar deganda nimani tushunasiz?
Qiziqishlar - bu insonning tanlab, u yoki bu hodisaga, buyumga, faoliyatga nisbatan bilish
maqsadidagi munosabati.
Jangovar faoliyat bu nima?
Jangovar faoliyat bu - qurollar va harbiy texnikalardan foydalanib, dushman ustidan g'alaba
qozonishga qaratilgan hatti-harakatlar tizimi.
Psixologik tayyorgarlik nima?
Psixologik tayyorgarlik - bu harbiy xizmatchilarda jangovar vazifalarni bajarishga nisbatan ichki
tayyorgarlikni shakllantirish, shuningdek, ularda faoliyatning barqaror ijobiy motivlarini
yaratishdan iborat bo'lgan hodisa.
Qurolli Kuchlarda shaxsiy tarkibni psixologik tayyorlashning qanday turlari mavjud?
- maxsus;- umumiy;- maqsadli.
Ma'lumot deb nimaga aytiladi?
Ma'lumot - ta'lim-tarbiya natijasida egallangan va tizimga solingan bilim, hosil qilingan
ko'nikma va malakalar hamda shakllangan dunyoqarashlar majmuidir.
Mustaqil ta'lim nima?
Mustaqil ta'lim- askarning bilim, ko'nikma va malakalarni egallash, chuqurlashtirish va
takomillashtirish bo'yicha maqsadli mustaqil ishidir.
Jamoa fikri deb, biron bir masalaga nisbatan jamoa a'zolarida paydo bo'lgan fikrlar majmuasiga
aytiladi.
Jamoa kayfiyati deb nimaga atytiladi?
Do'stlaringiz bilan baham: |