Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida


Download 48.97 Kb.
bet1/7
Sana10.11.2023
Hajmi48.97 Kb.
#1763928
  1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
23 15.09.2000



O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi plenumining
Qarori
Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish bo‘yicha sud amaliyoti to‘g‘risida
LexUZ sharhi
(O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumining 2003-yil 19-dekabrdagi 20-sonli va 2006-yil 3-fevraldagi 5-sonli qarorlariga asosan kiritilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar bilan)
O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari, boshqa harbiy tuzilmalar davlat suvereniteti va hududiy birligini, uning aholisining tinch hayoti va xavfsizligini ta’minlash uchun tuzilgan.
Qurolli Kuchlar va boshqa harbiy tuzilmalar faoliyatining asosini hamda ularning o‘z vazifalarini bajarishining kafolatini harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qat’iy va so‘zsiz rioya qilishni taqozo etadi.
Harbiy sudlar shuni nazarda tutishlari lozimki, harbiy jinoyatlarning ijtimoiy xavfliligi ularning qo‘shinlar harbiy intizomi va jangovar tayyorgarligini susaytirib, mamlakatning mudofaa layoqatiga putur yetkazishdir.
Harbiy xizmatchilar orasida harbiy xizmatni o‘tashdan bo‘yin tovlash, o‘zaro munosabatlarga oid ustav qoidalarini buzish, hokimiyatni suiiste’mol qilish yoki uning doirasidan chetga chiqish va boshqa harbiy jinoyatlar sodir etilmoqda. Bundan tashqari, harbiy xizmatchilar tomonidan og‘ir va o‘ta og‘ir jinoyatlar sodir etilish hollari uchramoqda.
Harbiy xizmatni o‘tash tartibiga qarshi jinoyatlarga oid ishlarni ko‘rish amaliyoti shuni ko‘rsatadiki, sudlar jinoyat qonunchiligining umumiy asoslarini qo‘llashda, harbiy jinoyatlarni tavsiflash hamda jazoning turi va miqdorini belgilashda ayrim hollarda muayyan qiyinchiliklarga duch kelmoqdalar.
Mavjud kamchiliklarni bartaraf etish hamda harbiy jinoyatlar to‘g‘risidagi qonunlarning to‘g‘ri qo‘llanilishini ta’minlash maqsadida, O‘zbekiston Respublikasi Oliy sudi Plenumi sudlarga tegishli tushuntirishlar berishni maqsadga muvofiq deb topdi.
“Sudlar to‘g‘risida”gi Qonunning 17-moddasiga muvofiq Oliy sudning Plenumi qaror qiladi:

Download 48.97 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling