Harflar imlosi
Download 377.05 Kb. Pdf ko'rish
|
Imlo qoidalari, tinish belgilari
- Bu sahifa navigatsiya:
- @Ona_tili_va_adabiyot_N1
X . Qo’shtirnoq
Qo’shtirnoqni amaliyotga rus olimi , professor A.A.Barsov kiritgan . O’zbek yozuvida u kiritish belgisi (!) sifatida XIX asrning 80-yillaridan boshlab uchraydi . Qoshtirnoq quyidagi o’rinlarda ishlatiladi : 1. Ko’chirma gap qo’shtirnoqqa olinadi “Apil-tapil qilingan ishning umri qisqa” ,—degan edi Sa’diy Sheroziy . I.V.Gyote shunday deb aytgan edi : “ Dinsiz fan basir , fansiz din esa oqsoqdir” . “Er kishiga zeb-u ziynat ,—degan edi Alisher Navoiy ,—hikmat va donishdir “. 2. Sitatalar qo’shtirnoqqa olinadi Buyuk yozuvchimiz A.Qahhorning quyidagi gaplari halihanuz o’z ahamiyatini yo’qotgani yo’q :”Yozuvchi adabiyotga ikki xil kiradi : biri asari bilan tutab , biri asari bilan yashnab kiradi . Tutab kirgan yozuvchi uzoq tutaydi , ko’nglidan chiqarib emas , qornidan chiqarib yozadi . Yozuvchilikka cho’g’day yashnab kirgan yozuvchi asardan asarga yashnayveradi…” 3. Ko’chma ma’noda qo’llangan so’zlar , ishlatilishi odat tusiga kirmagan eskirgan yoki yangi qo’llanayotgan , kesatiq , piching , do’q-po’pisa va shu kabi ma’nolarni bildiruvchi leksik birliklar qo’shtirnoq ichida yoziladi @Ona_tili_va_adabiyot_N1 …oradan yana bir necha oy o’tib , uchinchi marta sud bo’lgan . Bu safar Botirovning “sho’xligi” o’n bir yillik qamoq bilan “taqdirlandi”. (T.Malik) “Xalq artisti” , beliga o’q tekkanday , erta-yu kech to’rdagi karavotga yonboshlab “Teatr” jurnalini varaqlaydi , xalq artisti bo’lmoq sirlarini axtaradi , chamasi . (E.A’zam) 4. Har qanday asar , gazeta , jurnal , spektakl , kartina , qo’shiq , badiiy va hujjatli film , multfilm , teleko’rsatuvlar va radioeshittirishlar kabilar nomi qo’shtirnoq ichida beriladi “Lison ut-tayr”(“Qush tili”) asari haqida suhbatlashdik “Ma’rifat” gazetasi , “Saodat” jurnali , “Mening oppoq kabutarlarim” spektakli , “Sohibqiron” dramasi , “Amir Temur” portreti , “Bobur” videofilmi , “Oqshom ertaklari” radioeshittirishi , “Ohangrabo” teleko’rsatuvi , “Zakovat” intellektual o’yini 5. Korxona , tashkilot , muassasa , zavod , fabrika , jamoa xo’jaliklari , fermer xo’jaliklari , qishloq fuqarolar yig’ini kabilar nomi qo’shtirnoq ichida yoziladi “Uzdunrobita” qo’shma korxonasi , “Kochxolding” konserni , “Kamolot” ijtimoiy harakati , “Istiqlol” sport majmuasi , “Diyor” savdo uyi , “Ekosan” xalqaro jamg’armasi , “O’zbekavtotrans” Davlar aksionerlik korporatsiyasi , “O’zDEUavto” O’zbekiston-Janubiy Koreya qo’shma avtomobil zavodi , “Chorsu” mehmonxonasi , “Otchopar” bozori , “Armichan” qichloq fuqarolar yig’ini , “Hamid Olimjon” jamoa xo’jaligi , “A’zam Qilich” fermer xo’jaligi 6. Transport vositalari markasini bildirgan so’zlar qo’shtirnoq ichiga olinadi ”Orlando”avtomobili , “Boing” samolyoti , “Otayo’l” mikroavtobusi , “Poseydon” kemasi , “Afrosiyob” poyezdi , “Appolon” raketasi , “Planeta” mototsikli 7. Texnik jihozlar nomi qo’shtirnoq ichiga olinadi “Samsung” televizori , “Sino” sovutkichi , “Nokia” qo’l telefoni , “Aser” noutbuki , “Canon” printeri 8. Ayrim orden va medallar , faxriy unvonlar , rag’batlantiruvchi mukofotlar nomi qo’shtirnoq ichida beriladi “El-yurt hurmati” ordeni 1998-yil 28-avgustda ta’sis etildi . Professor Q.G’.Abdullayev “O’zbekistonda xizmat ko’rsatgan xalq ta’limi xodimi” faxriy unvoni bilan mukofotlandi 9. Qonun , farmon , farmoyish , buyruq , qaror kabilarning nomi , ayrim bandlari qo’shtirnoq ichida beriladi 1995-yil 6-may kuni “Lotin yozuviga asoslangan o’zbek alifbosini joriy etish to’g’risida”gi Qonunga o’zgartirishlar kiritish haqida” Qonun qabul qilindi . 1989-yil 21-oktabrda “Davlat tili to’g’risida”gi qonun qabul qilindi . 10. Sinflarning tartibini bildiruvchi harflar , baho ballari ham qo’shtirnoq ichida beriladi 9-“A” sinfi “Quvnoqlar va zukkolar” bahsida g’olib chiqdi . O’qituvchimiz bugungi javobimga “besh” baho qo’ydi. 11. Mahsulotlar nomi qo’shtirnoqqa olinadi “Rayhon” alkogolsiz ichimligi , “Dena” sharbati , “Kibo” oyoq kiyimi , “To’xtaniyoz ota” kalbasasi , “Plombir” muzqaymog’i , “Kent” sigareti , “Baltika” pivosi Download 377.05 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling