Harflar imlosi


Download 377.05 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/25
Sana24.12.2022
Hajmi377.05 Kb.
#1058128
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25
Bog'liq
Imlo qoidalari, tinish belgilari

@Ona_tili_va_adabiyot_N1


36. Kiyimning yangisi yaxshi , do’stning eskisi yaxshi. 
37. Ertasiga yana allaqanday bo’g’iqqina momaqaldiroq guldirab 
beozorgina yomg’ir savalab o’tdi, bo’liq tuproq hidi anqidi . 
38. Quyosh tik ko’tarilgan , uning otashi yer yuzini yondirishga 
qasd qilgandek avjga mingan edi . 
39. Uyning peshtoq shaklida qurilgan uchta tor-tor derazasi 
yerdan ancha baland ko’tarilgan , derazalarning xira oynalari 
quyosh nurida rang-barang tovlanardi . 
40. Dalalarga allaqachon oqshom cho’kkan , osmonda yulduzlar 
miltillaydi . 
41. Orzu bilan tirikdir odam , ishi bilan buyukdir odam . 
42. Dugonalar ish bilan band bo’lishdi , suhbat negadir 
qovushmadi . 
43. Yaxshidan ot qoladi , yomondan—dod . 
44. Ko’klamning sayroqi qushlari tabiat ko’rinishlarini 
kuylamoqdalar , ko’m-ko’k ko’katlar silkinib qushlarni 
olqishlamoqdalar . 
45. Ko’p so’zning ozi yaxshi , oz so’zning o’zi yaxshi. 
46. Eshik ochildi , ko’chada pochtalyon turardi . 
47. Qo’rqitmay o’stirdim , botir bo’ldingiz . 
48. Yerlarimizni qondirib sug’oraylik , hosil mo’l bo’ladi . 
49. Siz borsiz , bu olam ko’rsatur jamol . 
50. Yomg’ir ko’p yog’di , ko’katlar gurkirab o’sdi . 
51. Bugun havo ochiq , yomg’ir yog’maydi . 
52. Oftob so’ndi , ufqda qip-qizil shafaq yondi . 
53. Shaharlar boqiydir , umr—o’tkinchi , Daryolar sobitdir , 
suvlar—ko’chkinchi . 
54. Qishloq obod , mening ko’nglim shod . 
55. Shamol orqadan esardi , unga qarab borishim qiyin emas edi 

56. Tashvish tortmanglar , men o’sha daftarga yozilgan gaplarni 
yod bilaman . 
57. Angladim men , sendagi fikr , Senda bo’lgan qarashlar yangi 

58. Yaxshi so’z—jon ozig’i , yomon so’z—bosh qozig’i . 
59. Do’sting mingta bo’lsa ham oz , dushman bitta bo’lsa ham 
ko’p . 
60. Yurgan—daryo , o’tirgan—bo’yra . (kollej) 
61. Har kimni bilay desang , so’zini o’rgan , zotini bilay desang , 
qilig’ini o’rgan. 
62. Hamma ishlaringizda to’g’ri bo’ling , odamlarga muomalada 
xulqingiz chiroyli bo’lsin ! 
63. Birdan tush kabi uzuq-yuluq xotiralar yopiriladi , yuragim 
gursullagancha o’rnimdan turib ketaman . 
64.Tomlardagi bug’doylar boshoq chiqaradi , oralarida 
lolaqizg’aldoqlar qip-qizil bo’lib ochiladi . 
65. To’rt tomoni hujralar bilan o’ralgan sahn o’rtasidagi 
sadaqayrag’och shoxlarida chumchuqlar chirqillashib , 
ko’klamni olqishlaydilar , allaqayoqlardan qaldirg’ochlar 
o’qday otilib kelib , hovli ichiga kirib ketadi , chug’urlaydi , 
shiftga osilib uya soladi . 
66. Olcha juda serob , avval tatib yenglar , keyin terasizlar . 
67. Ilmsiz iliksiz so’ngak kabi bo’shdir , iliksiz so’ngakka qo’l 
urilmaydi . 
68. Saxovatsiz kishi mevasiz daraxtdir , mevasiz daraxtni kesib 
yondirgin . 
69. Odamlarsiz yashama , odamlar orasida bo’l , Odamlar aybini 
ko’rma , o’z aybingni ko’r . 

Download 377.05 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   17   18   19   20   21   22   23   24   25




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling