Hasanov Habibullo O‘tkirjon o‘g‘li


Download 36.74 Kb.
bet2/3
Sana08.01.2022
Hajmi36.74 Kb.
#250620
1   2   3
Bog'liq
7. Hasanov

Tayanch so‘zlar: moliyavmy mustaqillik, autsorsing, xizmatlar, raqobatbardosh kadrlar, ilmiy faoliyat, tijoratlashtirish.

Bugungi kunda oliy ta’lim muassasalari faqatgina ta’lim xizmatlarini sotish bilan raqobatbardoshlikka erisha olmasligi inkor etib bulmas haqiqat bo‘lib bormoqda. Oliy ta’lim muassasasi raqobatbardosh bo‘lishiga ko‘plab omillar ta’sir ko‘rsatadi, ulardan eng asosiylari sifatida quyidagilarni aytib o‘tish mumkin:



  • O‘z moliyaviy mustaqilligiga ega bo‘lishi va bu orqali mablag‘larini erkin ta’sarruf eta olishi;

  • Bitiruvchi talabalari mehnat bozori talablariga to‘liq javob bera oladigan raqobatbardosh bo‘lib yetishishi;

  • Ilmiy faoliyatni rivojlanganligi va uni tijoratlashtirish darajasining yuqoriligi.

Ushbu omillar orqali oliy ta’lim muassasasining raqobatbardoshligiga erishishning bozor talablariga to‘liq javob beradigan samarali yo‘lini topish bugungi ta’lim tizimining dolzarb muammosi bo‘lib turibdi. Xo‘sh, bu muammoni qaysi yo‘l bilan yechish eng samarali? Ushbu savolning yechimi iqtisodiyot sohasiga ixtisoslashgan oliy ta’lim muassalari hamda tarkibida iqtisodiyot sohasiga ixtisoslashgan fakultetlar (yo‘nalishlar) mavjud oliy ta’lim muassalari uchun ushbu maqolada o‘z aksini topgan.

Yuqorida aytilgan uch omildan birinchisi – oliy ta’lim muassasalarining moliyaviy mustaqilligiga erishish bugungi kunning dolzarb masalalaridan biri bo‘lib turibdi. Bu haqida “O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030 yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PF-5847 son Farmonida oliy ta’lim muassasalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish, moliyaviy barqarorlikni ta’minlash, mehnatga haq to‘lash tizimini takomillashtirish, moliyalashtirishning samarali va shaffof mexanizmlarini joriy etish belgilab berilgan[1]. Ushbu farmonning ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2019 yil 3 dekabrdagi 967-son qarori bilan 2020 yil 1 yanvardan boshlab, tajriba-sinov tariqasida o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazilayotgan oliy ta’lim muassasalari ro‘yxati tasdiqlandi. Ushbu ro‘yxatda ilmiy pedagogik salohiyati yuqori, moliyaviy faoliyati barqaror, moddiy-texnika bazasi yetarli darajada, ta’lim xizmatlari bozorida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlari va magistratura mutaxassisliklariga talab yuqori bo‘lgan bir qancha oliy ta’lim muassalari, xususan, yurtmizdagi deyarli barcha iqtisodiyot sohasiga itisoslashtirilgan oliy ta’lim muassalarining borligi ular oldiga o‘zining doimiy moliyaviy manbasini shaklllantirish vazifasini qpo‘yadi[2].

Taraqqiy etgan mamlakatlarda universitetlar asosan uch manbadan moliyalashtiriladi:


  • Davlat va boshka grantlarlar hisobidan;

  • Talabalardan ta’lim uchun olinadigan to‘lov summasidan;

  • Tijorat faoliyatidan olingan daromadlar.

O‘zbekistonning aksariyat oliy ta’lim muassalarilarida yuqorida aytilgan uchinchi manbadan, ya’ni tijorat faoliyatidan daromad ko‘rish darajasini qoniqarli darajada deb bo‘lmaydi. Har bir oliy ta’lim muassasasi o‘z xususiyatidan kelib chiqib bozorda talab yuqori bo‘lgan xizmatlarni (tovarlarni) sotish faoliyatini amalga oshirishi kerak deb hisoblaymiz. Masalan, universitetlarning psixologiya fakulteti aholiga - “psixologik xizmatlar”, biologiya fakulteti – “yangi navli daraxt ko‘chatlari”, iqtisodiyot fakulteti – “buxgalteriya xizmatlari”, yuridik universitet yoki huquqshunoslik fakultetlari esa – “huquqiy xizmatlar” sotish faoliyati bilan ham shug‘ullanishi oliy ta’lim muassasalariga qo‘shimcha daromad bilan birga boshqa ko‘plab imkoniyatlar berishi jahon tajribasida isbotlangan.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Oliy ta’lim muassalarini bosqichma-bosqich o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tkazish to‘g‘risida”gi 2019 yil 3 dekabrdagi 967-son qarori bilan qo‘shimcha ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish, iqtisodiyot tarmoqlari mutaxassislarining malakasini oshirish va boshqa pullik xizmatlarni joriy etish o‘zini o‘zi moliyalashtirish tizimiga o‘tayotgan oliy ta’lim muassasalarining qo‘shimcha vazifalari etib belgilangan[3].

Ushbu qarorning ijrosini ta’minlash maqsadida iqtisodiyot sohasiga ixtisoslashgan OTM hamda tarkibida iqtisodiyot sohasiga ixtisoslashgan fakultetlari mavjud OTMlarning xususiyatlari va imkoniyatlaridan kelib chiqib ularda “Autsorsing buxgalteriya” xizmatlarini ko‘rsatishni tashkil qilish OTMning darmadlariga, talabalarning bilim darajasi va tajribasiga, ilmiy xodimlarning tatqiqot natijalariga sezilarli darajada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi. Hozirgi vaqtda xorijda shtatdagi xodimlarni ta’minlashdan ko‘ra autsorsing xizmatlaridan va ayniqsa, autsorsing buxgalteriya xizmatlaridan keng foydalanilmoqda. Masalan, Belarusda - 30%, Yevropada - 86%, AQShda - 92%, eng yuqori ko‘rsatkich esa - Isroilda bo‘lib, 96% ni tashkil etadi [4].

Mikro va kichik korxonalar uchun autsorsing buxgalteriya xizmatlari hisobni yuritishning eng optimal usulidir.  Bunday holatda korxona yuqori malakali, mas’uliyatli, faqatgina buxgalteriya sohasida emas, balki kadrlar bo‘yicha, yuridik hamda soliq masalalari bo‘yicha maslahatlar olish imkoniga ega bo‘ladi.

Iqtisodiyot sohasiga ixtisoslashtirilgan OTMlar va fakultetlarda autsorsing buxgalteriya bilan bir qatorda bozorda talab yuqori bo‘lgan mikro va kichik korxonalar uchun boshqa ko‘plab xizmatlarni sotish bilan daromadlarini ma’lum darajada oshirishga erishish mumkin. Samarqand shahridagi 120 ta kichik tadbirkorlik subektlaridan o‘tkazilgan so‘rov natijasi shuni ko‘rsatdiki, kichik tadbirkorlik subektlarida autsorsing buxgalteriya xizmatidan tashqari quyidagi xizmatlarga ham yuqori darajada talab mavjud:



  • Buxgalteriya hisobini tiklash;

  • Soliq hisobini yuritish;

  • Kadrlar hisobini yuritish;

  • Tadbirkorlik subektlariga soliq va boshqa ko‘rinishdagi huquqiy maslaxatlar berish;

  • Tadbirkorlik subektini tashkil qilish bo‘yicha huquqiy va amaliy maslahatlar berish;

  • Tadbirkorlik subektlarini onlayn (https://fo.birdarcha.uz/ sayti, YAIDXP portalining tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatidan oʻtkazish moduli orqali) davlat ro‘yxatidan o‘tkazishga ko‘maklashish;

  • Kredit olish uchun “Biznes reja” tuzishga ko‘maklashish;

  • Davlat boshqaruv organlari va sudga murojaat qilishga (xat va da’vo arizasi yozishga) ko‘maklashish;

  • Tadbirkorlik sub’ektlarini tugatish tartibi haqida huquqiy maslaxatlar berish va unga ko‘maklashish;

  • Boshqa xizmatlar.

“YAIDXP portalining tadbirkorlik subyektlarini roʻyxatidan oʻtkazish moduli”da berilgan statistik ma’lumotlarga ko‘ra tadbirkorlik subektlarini “Davlat xizmatlari markazi” orqali ro‘yxatdan o‘kazish joriy qilingan vaqtdan boshlab jami 706 567 ta ro‘yxatdan o‘tgan yakka tartibdagi tadbirkorlar va yuridik shaxslarning atiga 85 483 tasi yoki 12,1 foizi onlayn rejimda ro‘yxatdan o‘tgan[5]. Ushbu ko‘rsatkichning past darajada ekanligi shuni ko‘rsatadiki, tadbirkorlar ushbu tizim orqali ro‘yxatdan o‘tishda turli ko‘rinishdagi tushunmovchiliklarga uchramoqda. Bu esa tizim orqali ro‘yxatdan o‘tkazishga ko‘maklashish xizmatiga bo‘lgan talabni keltirib chiqaraldi.

Bundan tashqari bozorda talab yuqori bo‘lgan boshqa xizmatlarni, xususan, litsenziya talab qiluvchi audit va baholash xizmatlarini ham amalga oshirish mumkin.

Bozorda talab yuqori bo‘lgan xizmatlarni realizatsiya qilish bilan oliy ta’lim muassasasi ma’lum darajada moliyaviy mustaqillikka erishadi.

Yuqorida aytib o‘tilgan xizmatlarni oliy ta’lim muassasasida realizatsiya qilish bozorda mavjud bo‘lgan xuddi shunday xizmatlarni ko‘rsatuvchi (tovarlarni taklif qiluvchi) raqobatchilardan farqli ravishda OTMga ko‘plab imkoniyatlarni beradi. OTM ushbu xizmatlar uchun ishchi kuchiga bo‘lgan talabining asosiy qismini oliy ta’lim muassasasida tahsil olayotgan talabalar hisobidan tanlov asosida qondiradi.

Mehnat qilish uchun talabalarni jalb qilinishi talabalar uchun bir qancha imkoniyatlarni ham yaratadi:


  • Talabalar nazariy darslarda o‘rgangan bilimlarini OTMning o‘zida amaliyotda qo‘llash bilan o‘zining mehnat bozoridagi raqobatbardoshligini oshiradi;

  • Talabalar o‘z mehnati orqali doimiy daromad manbayiga ega bo‘ladi. Bu bilan talabaga o‘zining o‘qish xarajatlarini qollash imkoniyatlari yaratiladi va ushbu so‘mma Soliq kodeksining 378-moddasiga muofiq daromad solig‘idan ozod qilingan[6]. Bu esa talabaga qo‘shimcha 12 foiz ko‘proq daromad ko‘rish imkoniyatini yaratadi;

  • Mehnat qilish imkoniyatidan foylanish uchun (tanlovda yutib chiqish uchun) talabalar o‘rtasida raqobatning kelib chiqishi - ularning bilimlarini sifat darajasini o‘sishiga olib keladi.

OTMda bunday xizmatlar ko‘rsatish tizimini joriy qilinishi OTMning moliyaviy ahvoli, kadrlar sifati bilan bir qatorda ilmiy tadqiqot bilan shug‘ullanuvchi hodimlariga ham bir qancha imkoniyatlar yaratiadi, xussan, iqtisodiy tadqiqotlarning bosh obyekti bo‘lgan tadbirkorlik subyektlari bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri ilmiy ish doirasida aloqa qilish, tadbirkorlik subyektlarining moliyaviy va boshqa statistik ma’lumotlaridan ilmiy ishlarida foydalanish, ishlab chiqarish joylarida ilmiy ishlar uchun zaruriy tadqiqolarni (tajribalarni) amalga oshirish uchun o‘zaro kelishuvlarga erishish va eng asosiysi ilmiy ishlarni ishlab chiqarishga tadbiq etish va ularni tijoratlashtirish kabi ko‘plab imkoniyatlarni beradi.

Xulosa qilib aytish mumkinki, iqtisodiyot sohasiga ixtisoslashgan OTMlari hamda tarkibida iqtisodiyot sohasiga ixtisoslashgan fakultetlar (yo‘nalishlar) mavjud OTMlarda maqolada taklif qilinayotgan xizmatlarni ko‘rsatish tizimining joriy qilinishi OTMning moliyaviy barqarorligiga hamda ta’lim, fan va ishlab chiqarish integratsiyasining takomillashishiga olib keladi.




Download 36.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling