Hasanxon jamolxonov hozirgi o‘zbek adabiy tili grafika, Orfografiya va Orfoepiya bo‘limlari bo‘yicha Urganch – 2022 grafika


Monograf — shaklan bir harfga teng grafema. Poligraf


Download 23 Kb.
bet2/6
Sana08.01.2023
Hajmi23 Kb.
#1084332
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Grafika

Monograf — shaklan bir harfga teng grafema.
Poligraf - shaklan ikki yoki undan ortiq harflar qo'shilmasiga teng bo'lgan analitik grafema.
Monofonemali grafema - mazmun planida faqat bitta fonema kodlashtirilgan fonografema.
Polifonemali grafema - mazmun planida ikki va undan ortiq fonema kodlashtirilgan fonografema.
Sintetik grafema — nutq oqimida bir yo'la ikki fonemani ifodalaydigan monograf. Kirill o'zbek yozuvidagi e, ё, ю, я harflari shunday grafemalardir Grafik simmetriya (fonetik-grafik simmetriya) — so'z tarkibidagi tovush va harflaming miqdoran teng bo'lishi («bir tovushga bir harf» munosabatining ta’minlanishi).
Grafik asimmetriya (fonetik-grafik asimmetriya) - so'z tarkibida o'zaro munosabatga kirishayotgan harf va tovushlar o'rtasidagi miqdoriy tenglikning buzilishi.
Grafik sinonimiya - shakli har xil bo'lgan ikki grafemaning ma'lum fonetik-grafik pozitsiyalarda bitta fonemani ifodalashi.
Prosodemografemalar - yozuv tizimining noharfiy belgilari (urg'u belgisi va tinish belgilari).
Logografemalar — tushunchalarni yoki tushuncha nomi bo'lgan so'zlarni yozuvda ifodalaydigan grafemalar (raqamlar, simvollar).
Morfografemalar — morfemalarni ifodalovchi belgilar.
Orfografik belgi — to'g'ri yozish me’yorlarini ta’minlashda qo'llanadigan maxsus noharfiy belgilar (mas., defis).
Diakritik belgilar — harfga qo'shimcha ravishda birikitirilgan ishora belgilari.
Diakritik harflar — o'z referentiga ega bo'lmagan, ammo so'z qismlari yoki fonemalarning o'ziga xos jihatlariga ishora qiladigan harflar.
Simvollar — ilm-fanning ma’lum sohalarida qabul qilingan maxsus
idegrafik belgilar.
Orfografiya (grek. orthos- «to'g'ri» + grapho- «yozaman») yozuv sistemasining ikkinchi komponenti bo'lib, u to'g'ri yozish me’yorlarini belgilaydigan qoidalar tizimidan tarkib topadi.
Orfografiya prinsiplari — orfografiya qoidalarining tuzilishiga asos bo'lgan prinsiplar. Ularning 8 turi mavjud:

Download 23 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling