Hasharotlar katta sinfining umumiy tavsifi. Turli hasharotlarning tashqi tuzilishi va yashash muhitiga bog‘liqligi


Download 272.56 Kb.
Sana18.03.2023
Hajmi272.56 Kb.
#1282408

Hasharotlar katta sinfining umumiy tavsifi. Turli hasharotlarning tashqi tuzilishi va yashash muhitiga bog‘liqligi.

HASHAROTLAR (INSECTA) SINFI

HASHAROTLAR (INSECTA) SINFI

Boshining tuzilishi. Hasharotlaming tanasi bosh, ko‘krak va qorin

bo‘limlaridan tashkil topgan (147-rasm). Boshi akron va 4 bo‘g ‘imdan,

ko‘kragi 3 bo‘g ‘imdan, qorin bo‘limi 6-11 bo‘g ‘im va telsondan iborat.

Bosh qismining bo‘g‘imlari birga qo'shilib ketgan bo‘lib, umumiy xitin

kutikula bilan qoplangan. Boshi harakatchan, ko‘krakdan ingichka buyin

orqali aniq ajralib turadi. Boshining oldingi uchi ostki tomonida og‘zi joy-

lashgan (148-rasm). Boshining ikki yonida bir juft murakkab ko‘zlari, ul-

aming o ‘rtasida ba’zan bir necha mayda oddiy ko‘zchalar yakka-yakka

bo‘lib joylashgan. Boshida 4 juft o‘siintalari bo‘ladi. Ulardan birinchisi

antennalar, ya’ni mo‘ylovlar akron bilan bog‘liq. M o‘ylovlar xilma-xil tuz-

ilgan, shakligako‘raqilsimon, ipsimon, arrasimon, taroqsimon, patsimon,

tizzasimon, to‘g ‘nog‘ichsimon bo‘ladi (149-rasm). Birinchi tanabo‘g‘imi

(interkalyar bo‘g ‘im) hasharotlarda to‘liq reduksiyaga uchragan. Qolgan

uch juft o ‘simtalar esa 2, 3, 4-tana bo‘g ‘imlariga tegishli. Bu o‘simtalar

og‘iz teshigi atrofidajoylashib, og‘iz apparatini hosil qiladi.

Suvaraklar, chigirtkalar, qo‘ng‘izlar, kapalaklaming qurtlari va boshqa

Suvaraklar, chigirtkalar, qo‘ng‘izlar, kapalaklaming qurtlari va boshqa

hasharotlar uchun xos boigan kemiruvchi o g ‘iz organ eng qadimiy,

ya’ni birlamchi hisoblanadi. Chunki quruqlikda paydo boigan qadimgi

hasharotlar dastlab birmuncha qattiq organik qoldiqlar — detritlar bilan

oziqlangan; keyinchalik ular yirtqichlik va o ‘simlik to‘qimalari bilan oziqlan-

ishga olishgan. Buning uchun oziqni ushlab turish va uni kemirish zarur

boigan. Suyuq oziq (qon, o ‘simlik nektari va shirasi, chiriyotgan suyuq

organik qoldiqlar) bilan oziqlanish butunlay boshqa tipdagi og‘iz organ-

larining kelib chiqishigaolib kelgan. Kemiruvchi og‘iz organining barcha

qismlari to iiq boiishi, ko'poyoqlilar o g iz apparati bilan o ‘xshashligi va

nihoyat hamma hasharotlar lichinkalari uchun xos ekanligi uning kelib

chiqishi birlamchi ekanligidan dalolat beradi. Kemiruvchi og‘iz organiga

misol qilib suvarakning og‘iz organini ko‘rsatish mumkin. Suvarak og‘iz

teshigini old tomondan xitin qoplaglchdan hosil boigan yagona ustki lab

plastinkasi yopib turadi.

Kapalaklaming so‘mvchi og‘iz organi - hartumi ham suyuq nektar

Kapalaklaming so‘mvchi og‘iz organi - hartumi ham suyuq nektar

bilan oziqlanishga moslashgan, lekin kemiruvchi-so‘ruvchi og‘iz organiga

nisbatan kuchli o ‘zgargan. Bu tipdagi og‘iz organida yuqori lab, yuqori

jag‘lar va pastki lab (2-maksillalar) redukdiyaga uchragan. (qarang: 150-

rasm). Pastki lab faqat plastinkadan iborat boiib, unda uch bo‘g ‘imli pastki

lab paypaslagichlari joylashgan. 1-juft jag‘laming har qaysisi uzun tarnovga o ‘xshash o‘simtaga aylangan. Bu o‘simtalar bir-birining ustiga tax-

langanida tamovchalar berk nayni hosil qiladi. Xartum kapalakning boshi

ostida spiralga o‘xshash o ‘ralgan boiadi. Spiral yozilib hartum nektar

so‘rish uchun gul ichiga kiradi. Xartumning uzunligi kapalaklar oziqlana-

digan gulning tuzilishiga bogiiq. Ayrim kapalaklar xartumining uzunligi

20 sm ga yetadi.

Chivinlar va qandalalaming o g iz qismlari hayvonlar terisini yoki

Chivinlar va qandalalaming o g iz qismlari hayvonlar terisini yoki

o ‘simlik po‘stini teshib, qonni yoki o ‘simlik shirasini so‘rishga moslash-

gan sanchib so‘ruvchi apparatga aylangan. Chivinlaming pastki lablari

uzun tamovchaga aylangan. Uning ustini xuddi shunga o ‘xshash ustki lab

yopib olishi tufayli naysimon g ilo f hosil boiadi. Bu g ilo f ichida ustki va

pastki jag ia r hamda gipofarinks hisobidan hosil boigan 5 ta o ‘tkir qillar

joylashgan (qarang: 149-rasm). Hasharot oziq so‘rayotganida qillar

gilofdan chiqarilib, o ‘simlik yoki hayvon tanasiga sanchiladi; suyuq oziq

g ilo f nayi orqali so‘rib olinadi.


Download 272.56 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling