Hasharotlarning ekologik makonlari va hayotiy shakllari


Download 82.45 Kb.
bet7/15
Sana09.04.2023
Hajmi82.45 Kb.
#1345014
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15
Bog'liq
2 taliklar

Suvaraklar (Blattoptera) — hasharotlar turkumi. Uz. 4—95 mm. Oldingi koʻkrak boʻgʻimi boshini qisman yopib turadi. Moʻylovlari uzun, qilsimon, koʻp boʻgʻimli. Ogʻiz organlari kemiruvchi. Qanotlari pardasimon, oldingi qanotlari nisbatan qalin. Bir qancha turlarining qanoti rivojlanmagan yoki boʻlmaydi. Oyoklari yuguruvchi. Erkaklari qorin boʻshligʻida hid bezlari boʻladi. Chala oʻzgarish orqali rivojlanadi. 3600 ga yaqin turi bor; asosan, tropik va subtropiklarda tarqalgan. S. — tungi, yashirin hayot kechiradigan hasharotlar. Oʻsimlik qoldiqlari orasida, toshlar ostida, yerdagi yoriqlarda yashaydi. Tuxumlarini maxsus kapsula — ootekaga qoʻyadi, 3—4 oydan 3— 4 yilgacha rivojlanadi. Hamma narsani yeyaveradi. Qora suvarak va sariq suvarak sinantrop boʻlib, Yer yuzining hamma joyida xonadonlarda yashaydi. S uyda oziq zaxiralari, xona oʻsimliklari, kitoblarga va teridan tikilgan kiyimlarga ziyon keltirishi, ichburugʻ bakteriyalarini va gelmintlar tuxumlarini tarqatishi mumkin. Oʻzbekistonda S.ning 30 ga yaqin turi, jumladan, xonadonlarda 2 turi (sariq suvarak va qora suvarak) tarqalgan.

Beshiktervatarlar (Mantoptera, Mantodea)—hasharotlar turkumi. Tanasi yirik va choʻziq. Boshi tanasidan aniqajralib turadi, juda harakatchan. Boshining ikki yonida yirik fasetkali koʻzlari joylashgan. Ogʻiz organlari kemiruvchi tipda. Oldkoʻkrak boʻgʻimi juda uzun. Oldingi oyoqlari yirik va uzun, tutuvchi, ichki tomonida yirik tikanlari bor. Boshqa oyoqlari yuguruvchi. Qanotlari yaxshi rivojlangan, toʻrsimon. Oldingi qanotlari nisbatan ingichka va qalin boʻlib, tinch holatda keng orqa qanotlari ustida yelpigʻichsimon taxlanib turadi. Qorni choʻziq, yumshoq, 10 boʻgʻimli. Xavfxatar tugʻilganida yoki oʻlja poylayotganida oldingi oyoqlari va tanasining oldingi qismini dast koʻtarib tebranib turadi. Shu sababdan "beshiktervatar" deb atalgan. Urgʻochisi erkagiga nisbatan yirikroq, tuxumlarini kuzda oʻsimliklarning shoxlariga, toshlar yoki boshqa narsalar ustiga toʻptoʻp qilib maxsus tuxum xaltasi (ooteka)ga qoʻyadi. Bahorda tuxumdan chiqqan lichinkalar chala oʻzgarish orqali rivojlanadi, 5—8-marta tullab voyaga yetadi. Yil davomida bitta avlodi rivojlanadi. B. yirtqich, lichinkalari mayda hasharotlar (shira bitlari, qandalalar, pashshalar, jizildoqlar va boshqalar), voyaga yetgan davrida chigirtkalar, chirildoqlar, arilarni tutib yeydi. Oziq tanqisligida oʻz turi individlariga ham hujum qiladi. Ov qilayotgan B. oʻz joyini boshqalardan qoʻriqlaydi. B. juda foydali, lekin ularni har xil hasharotlar, qushlar (chugʻurchuq, chumchuqlar), oʻrgimchaksimonlar tutib yeydi. Dushmanlardan saqlanish uchun B.ning himoya vositalari: mimikriya, niqoblanish rangi yaxshi rivojlangan. 2000 ga yaqin turi maʼlum, asosan tropik va subtropik mintaqalarda tarqalgan. Oʻrta Osiyoda va xususan Oʻzbekistonda 20 ga yaqin turi bor. B. turkumi empuzalar (Empusidae) va asl B. oilalariga boʻlinadi. Patmoʻylov empuza (Empusa pennicornis) yirik (50–60 mm) hasharot boʻlib, boshida konussimon uzun oʻsimtasi bor, erkagining moʻylovi patsimon, choʻl va togʻ oldi mintaqalarida yashil oʻtlar orasida uchraydi. Asl B. 5—6 urugʻni oʻz ichiga oladi. Oʻrta Osiyoda 3 turi uchraydi. Oddiy B. (Mantis religiosa) yirik (50–60 mm), yashil yoki baʼzan qoʻngʻirsargʻish tusda boʻladi. Daraxt beshiktervatari (Hierodula temidentata) Oʻrta Osiyo faunasi uchun endemik, oddiy beshiktervatardan ustki qanotida oq dogʻi (koʻzcha) boʻlishi bilan farq qiladi.

Download 82.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling