Hasharotlarning ekologik makonlari va hayotiy shakllari


Download 82.45 Kb.
bet10/15
Sana09.04.2023
Hajmi82.45 Kb.
#1345014
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
Bog'liq
2 taliklar

Toʻrqanotlilar (lotinchaNeuroptera) - toʻla oʻzgarish bn rivojlanuvchi hasharotlarning turkumi. 6000 ga yaqin turi maʼlum. Asosan, tropik mamlakatlarda koʻp tarqalgan. Tanasining uz. 2–20 mm, qanotlari yozilganda 6–75 mm. 4 ta pardali qanotida tomirlari toʻrsimon joylashgan (nomi shundan). Katta yoshdagilarinint ogʻiz apparati kemiruvchi tipda, lichinkalari sanchib soʻruvchi. Yetuk hasharotlar quruqlikda yashaydi. Lichinkalari suv qirgʻogʻida, oʻsimliklarda (tillakoʻzlar), kanallar va chervetslar koloniyasida, chuchuk suv bulutlarida rivojlanadi. T. yirtqich; hasharotlar va boshqa boʻgʻimoyoklilar bn ovqatlanadi. Lichinkalari tutgan oʻljasini jagʻlari bn tishlab yaralaydi va shu yara orqali hazm shirasini yuboradi, tayyor suyuq mahsulotni soʻradi. Zararkunandalarni yeb, foyda keltiradi.
Pardaqanotlilar (Hymenoptera) — hasharotlar turkumi. Eng xilma-xil hasharotlar turkumlaridan biri (har xil maʼlumotlarga binoan 150 mingdan 300 ming gacha turi bor). Keng tarqalgan. Uz. 0,2 mm dan (trixogrammalar eng mayda xasharot) 4—6 sm gacha (shoxdumlilar, tropik arilar, ayrim yay-doqchilar). Odatda, 2 juft shaffof pardasimon qanotlari bor. Orqa qanotlari nisbatan kichik, oldingisiga ilmoqchalar orqali birikadi. Chumolilar ikkilamchi qanotsiz P.dir. Tuban P.ning ogʻiz organlari kemiruvchi, yuksak P.niki — kemiruvchiyalovchi yoki soʻruvchi (pastki labi hartumchaga aylangan). Urgʻochi P.ning tuxum qoʻygichi bor; zaharli tuxum qoʻygichi zahar soluvchi nashtarga aylangan. Toʻliq oʻzgarish orqali rivojlanadiErkak P. gaploid tuxumlardan, urgʻochilari urugʻlangan diploid yoki urugʻlanmagan tuxumlardan rivojlanadi (k,. Partenogenez). P. nerv sistemasi boshqa hasharotlarga nisbatan kuchli rivojlangan; shartsiz reflekslari xilma-xil va murakkab (ay-niqsa, jamoa boʻlib yashovchi P.da) boʻlib, nayeli toʻgʻrisida gʻamgʻoʻrlik qiladi. Koʻpchilik P. gulli oʻsimliklarni changlatishda ishtirok etadi. Ayrim turlari (arrakashlar, shoxdumlilar va boshqalar) oʻsimliklarga ziyon keltiradi. Bir qancha parazit turlari (yaydoqchilar)dan zararkunanda hasharotlarga biologik qarshi kurashda foydalaniladi.

Download 82.45 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling