Hasharotlarning ichki tuzilishi pptx


Download 1.97 Mb.
bet6/14
Sana10.11.2023
Hajmi1.97 Mb.
#1764875
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Hasharotlar ichki tuzilishi

Nafas olish sistemasi

  • Bu jarayon hasharotlarning yaxshi rivojlanishi uchun juda muhim bo‘lib, nafas olishda organizm uchun o‘ta zarur bo‘lgan energiya ajraladi va hujayralardagi moddalarni bir turdan ikkinchi turga aylantiradi. Energiya hujayralar, tana organlari hosil bo‘lishida va hasharotning harakatlanishida muhim ahamiyatga ega.
  • Hasharotlarda kislorodni qabul qilish va karbonat angidrid gazini chiqarish jarayoni nafas olish deb ataladi. Nafas olingandagi havo hujayra mitoxondriyalariga borib, u yerda ma’lum miqdorda NADF (nikotinamid adenindinukleotid fosfat) tiklanib, undagi 2 ta vodorod biror moddani tiklash uchun sarflanadi.

Hasharotlarning nafas olish organi murakkab tuzilgan. Nafas olish sistemasi traxeya, jabralar yoki ochiq traxeyalardan iborat.

  • Hasharotlarning nafas olish organi murakkab tuzilgan. Nafas olish sistemasi traxeya, jabralar yoki ochiq traxeyalardan iborat.
  • Hasharotlar jabrasi tananing ikki yonida yoki orqa uchida, ba’zan esa hatto to‘g‘ri ichakda joylashgan yupqa po‘stli o‘simtadan iborat.
  • Jabra orqali olingan havo nafas oluvchi hasharotlarning gipodermasida tamomlangan maxsus naychaga tushadi. Bu naychalar tashqi havodan nafas oladigan hasharotlar nayi bilan bir xil bo‘ladi va ular traxeya deb ataladi. Orasidan traxeyalar o‘tgan jabralar traxeya jabralari deb ataladi. Ko‘pchilik zararkunanda hasharotlarning nafas olish organlari ochiq traxeyalar bo‘ladi. Traxeyalar ichki qavat – kuti-kula va uning ustidagi gipoderma qavatdan iborat bo‘ladi
  • Traxeyaning butun uzunasiga joylashgan xitindan iborat spiralsimon iplari tenidiya deb ataladi. Traxeyaning juda mayda ingichka kapillarlari traxeola deyiladi. Traxeolalarda tenidiyalar bo‘lmaydi. Havodan nafasoluvchi hasharotlar traxeyasi tana yuzasining ikki yonidagi pleyritlarga joylashgan nafas teshiklari – stigmalardan boshlanadi. Nafas teshiklari 9–10 juft bo‘ladi. Lekin bosh va oldingi ko‘krak bo‘lagida stigma bo‘lmaydi. Hasharotlar nafas teshigining 2 jufti ko‘krakda, 7–8 jufti qorinda bo‘ladi. Ayrim hasharotlarda, masalan, ko‘pchilik pashshalarda 2 juft nafas teshigi bo‘ladi. Teshiklarning shakli har xil: yumaloq, oval shaklda bo‘ladi. Ko‘pincha teshiklarning yuza qismida tukchalar joylashadi. Ko‘pchilik hasharotlar traxeyasining boshlanish qismida nafas teshigining yonida xitinlashgan yopuvchi apparati bo‘ladi. Bu muskullar qisqarganda havo kirmaydi va chiqmaydi. Ularning turi xilma-xil. Traxeyalar nafas teshigidan va nafas kamerasidan boshlab butun tanaga tarqalib, tobora ingichkalashib boradi va uning oxirgi kapillar tarmoqlari hasharotning ichki organlarini qalin to‘r holida qoplaydi

Download 1.97 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling