Turli hashoratlarning nafas olish sistemasi - Hasharotlarning asab sistemasi murakkab tuzilgan. Uning vazifasi organizm faoliyatini boshqarib, tashqi muhitdan axborot olib, unga javob qaytarishdan iborat. Hasharotlarning asab sistemasi uch qismga: markaziy, periferik va simpatik qismga bo‘linadi. Markaziy asab zanjiri hasharot tanasining ostki tomonida joylashgan. U asab tugunchalaridan iborat bo‘lib, ular gangliy deb ataladi. Nerv zanjirining dastlabki ikki tuguni hasharotning boshida, qolganlari ko‘krak qismida, bir jufti qorin qismida joylashgan. Ba’zan bu tugunchalar qo‘shilib ketadi, lekin tomoq usti va tomoq osti asablari hech qachon qo‘shilib ketmaydi.
Tuban hasharotlarda asab tugunchalari ham qo‘shiladi. Ular o‘zaro uzunasiga konnektiv va ko‘ndalangiga komissura ulagichlar bilan bog‘langan. Nerv tugunchalarining yuzasi asab hujayralaridan iborat, bu hujayralardan tuguncha ichiga asab tolalari kiradi. Tomoq usti va tomoq osti tugunchalari juda murakkab tuzilgan oldingi, o‘rta va orqa bo‘limlardan iborat, orqa bo‘lagi bir-biri bilan qo‘shilgan bo‘lakchalardan tashkil topgan. - Tuban hasharotlarda asab tugunchalari ham qo‘shiladi. Ular o‘zaro uzunasiga konnektiv va ko‘ndalangiga komissura ulagichlar bilan bog‘langan. Nerv tugunchalarining yuzasi asab hujayralaridan iborat, bu hujayralardan tuguncha ichiga asab tolalari kiradi. Tomoq usti va tomoq osti tugunchalari juda murakkab tuzilgan oldingi, o‘rta va orqa bo‘limlardan iborat, orqa bo‘lagi bir-biri bilan qo‘shilgan bo‘lakchalardan tashkil topgan.
- Periferik asab sistemasining markaziy asabdan chiqadigan tolalari turli organlarga borib tugallanadi. Har bir tugunchadan bir juft asab chiqadi. Qorin qismidagi tugunchadan chiqqan asab uch tarmoqli bo‘lib, tarmoqlardan biri harakatlantiruvchi yelka tomondagi ikkita asab esa ostki tomonga boradi va sezuvchi asab deyiladi. Ko‘krak asab tugunchalaridan ayri asablar chiqadi. Ayrining bir tarmog‘i yelka tomonga boradi va harakatlantiruvchi asab, ikkinchi tarmog‘i pastki tomonga boradi va sezuvchi asab deyiladi. Tomoq usti gangliysidan ko‘zlarga, ko‘zchalardan mo‘ylovga, yuqorigi labga asablar boradi. Tomoq osti asab tugunchasidan yuqorigi va pastki jag‘larga, pastki labga, boshga, oyoqlarga harakatlantiruvchi asablar keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |