Ko‘krak tugunchalaridan qanotlarga asablar keladi. Qorin tugunchalari o‘ziga tegishli qismlarni boshqaradi. - Ko‘krak tugunchalaridan qanotlarga asablar keladi. Qorin tugunchalari o‘ziga tegishli qismlarni boshqaradi.
- Hasharotlarning asabi yadroli bir qavat yupqa parda– nevrolemma bilan qoplangan bo‘lib, bu parda ichiga asab tolachalari kiradi. Harakatlantiruvchi asablar bo‘rtiqchalar va muskullarda tugallanadi. Bu bo‘rtiqchalarda muskul tolalarining plazmasi asab tolalarining plazmasi bilan qo‘shiladi. Nevrolemma esa muskul pardasi – sorkolemma deyiladi. Sezuvchi asablarning uchi sezgi organlariga kirib, gipoderma hujayralarida sezgi tayoqchalari bilan tugallanadi yoki shoxchalanib gipodermal hujayralarni o‘rab oladi. Simpatik asab sistemasi og‘iz – oshqozon bo‘limi asabi va qorin simpatik asabidan iborat.
Og‘iz – oshqozon bo ‘limi asab zanjirining tomoq usti asab tugunining oldinrog‘ida va pastda joylashgan peshona tugunchasidan boshlanadi. Peshona tugunchasi tomoq usti tugunchasidan chiqadigan asab orqali uning orqa qismiga qo‘shiladi. Peshona tugunchasidan adashgan asab chiqadi. Bu asab tomoq atrofi asab halqasi orqali yurak bilan ovqat hazm qilish kanali oralig‘idan o‘tib, orqa tomonga yo‘naladi. - Og‘iz – oshqozon bo ‘limi asab zanjirining tomoq usti asab tugunining oldinrog‘ida va pastda joylashgan peshona tugunchasidan boshlanadi. Peshona tugunchasi tomoq usti tugunchasidan chiqadigan asab orqali uning orqa qismiga qo‘shiladi. Peshona tugunchasidan adashgan asab chiqadi. Bu asab tomoq atrofi asab halqasi orqali yurak bilan ovqat hazm qilish kanali oralig‘idan o‘tib, orqa tomonga yo‘naladi.
- Qizilo‘ngach yonlarida bir yoki ikki juft qizilo‘ngach asab tugunchalari bo‘ladi. Bular asab tolalari orqali miya osti tugunchasi va tomoq usti tugunchasi bilan tutashadi. Adashgan asab va uning tugunchalaridan yurakka, aortaga, ovqat hazm qilish organiga va traxeyaga asablar boradi.
- Traxeyalar, nafas teshigi muskullari va jinsiy organlari asabi, qorin simpatik asabi tomoq osti gangliysi yonidan boshlanib, asab zanjiri bo‘lib ketadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |