Temirchaklar mo‘ylovi tanasidan uzunroq bo‘ladi. Ularning uzun qilichsimon tuxum qo‘yuvchi organi bor. Yashil o‘simliklar orasida yirik yashil temirchak tez-tez uchrab turadi. U asosan o‘simliklar orasidan mayda hasharotlarni tutib yeydi. Erkak temirchaklar chirillagan ovoz chiqaradi. Ularning sayrashini, odatda, kunning ikkinchi yarmida, havo iliq bo‘lganda kechqurunlari va kechasi eshitish mumkin. Chirildoqlar tanasining qoramtir rangi, tuxum qo‘yish organining uzun va to‘g‘ri bo‘lishi, ancha kuchli ovoz chiqarishi bilan boshqa to‘g‘ri qanotlilardan farq qiladi. Qishloq joylarda uy chirildoqlarining baland tovushi ba’zan kechalari kishiga uyqu bermaydi. Beshiktervatarlar turkumi. Beshiktervatarlar—ancha yirik hasharotlar. Kattaligi 11 sm ga yetadi. Uchburchak shaklda bosh qismi juda harakatchan bo‘lib, uzun bo‘yin orqali tanasiga qo‘shilgan. Boshining yon tomonida fasetkali yirik murakkab ko‘zlari joylashgan. Og‘iz organlari kemiruvchi tipda. Ko‘kragining birinchi bo‘g‘imi cho‘zilib, bo‘yinga aylangan. Qanotlari ikki juft, ayrim turlari qanotlari kuchsiz rivojlangan, ucha olmaydi.
2.2. Koloniya bo’lib yashovchi bo’shliqlar
Chumolilar (lot. Formicidae) pardaqanotlilar turkumigakiruvchi hasharotlar oilasidir. Eng koʻp tarqalgan hasharotlardan hisoblanishadi. Yaxshi uyushgan jamoa boʻlib yashashadi. Jamoada milliongacha chumoli boʻlishi mumkin. Ishchi, navkar, erkak va ona chumolilar ajratiladi. Ona chumolining qorin qismi juda katta boʻlib uyasidan chiqmaydi.U tuxum qoʻyib nasl qoldirish vazifasini bajaradi. Ona chumolini ishchi chumolilar parvarish qilib boqadi. Navkar chumolilar uyani dushmandan himoya qiladi. Ular uyaga kiradigan teshikni boshlari bilan yopib oladi
E’tiboringiz uchun rahmat
Do'stlaringiz bilan baham: |