Hasharotlarning tashqi belgilari – morfologiyasi. Hasharotlarning anatomiyasi va fiziologiyasi pptx


Download 23.96 Kb.
bet1/8
Sana16.06.2023
Hajmi23.96 Kb.
#1518640
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bogimoyoqlilar


MAVZU: BO'G'IMOYOQLILARNING KENG TARQALISH SABABLARI Reja: 1. Bo’g’imoyoqlilarning ko‘payishi va rivojlanishi. 2. Qisqichbaqasimonlar sinfi. 3. Hasharotlar sinfi. 4. Qanotli bo’g’imoyoqlilar.

Bo’g’imoyoqlilar tipi

  • BOʻGʻIMOYOQLILAR (Arthropoda) - umurtqasiz hayvonlar tipi. B.ning ajdodi tuban tuzilgan dengiz halqali chuvalchanglari hisoblansada, ularning bitta yoki bir necha umumiy ajdodlardan kelib chiqqanligi toʻgʻrisidagi muammo hozirgacha uzilkesil hal etilmagan. Eng qadimgi boʻgʻimoyoklilardan trilobitasimonlar quyi kembriy qatlamlaridan boshlab uchraydi. Ordovik va silur davrida B. quruqlikka chiqishgan. B.ning tanasi va oyoqlari boʻgʻimlarga boʻlingan (B. nomi ham ana shundan olingan), ikki tomonlama simmetriyali. Tanasi qattiq xitin kutikula bilan qoplangan. Xitin qoplogʻich tashqi skelet funksiyasini ham bajaradi. Tana boʻgʻimlari geteronom, yaʼni ularning shakli va kattaligi har xil boʻladi. B. tanasi, odatda, bosh, koʻkrak va qorin boʻlimlaridan iborat. Lekin baʼzan tananing turli boʻlimlari oʻzaro har xil tarzda birikib ketishi mumkin. B.ning bosh boʻlimi bosh boʻlagi — akrondan va 4 tana boʻgʻimlarining qoʻshilishidan hosil boʻladi. Koʻkrak va qorin boʻlimlaridagi boʻgʻimlar har xil sistematik guruhlarda bir xil boʻlmaydi. B. tanasidagi har bir boʻgʻim dastlab bir juftdan nayga oʻxshash oʻsimtaga ega boʻlgan, keyinchalik bu oʻsimtalar jagʻlar, yurish oyoqlari, suzgich organlar, soʻrgʻichlar, oʻrgimchak bezlari va boshqa organlarga aylangan yoki yoʻqolib ketgan. B. jabra, traxeya yoki oʻpka orqali nafas oladi.

Bo’g’imoyoqlilar tip
Jabra bilan nafas oluvchilar kenja tipi
Qisqichbaqasimonlar sinfi
Xolisteralilar kenja tipi
Qisqichbaqachayonlar sinfi
Orgimchaksimonlar sinfi
Qilichdumlilar sinfi
Traxeyalilar kenja tipi
Ko’poyoqlilar sinfi
Hashorotlar sinfi
Trilobitsimonlar kenja tipi
Imillab yuruvchilar sinfi

Qisqichbaqasimonlar, qisqichbaqalar — boʻgʻimoyoqlilar tipining sinfi. 30000 ga yaqin turi bor. Uzunligi mm ning bir boʻlagidan 80 sm, baʼzi gurlari (masalan, yapon krabi) oyoqlari yoyilganida tanasining kengligi 3 m ga yetadi. Tanasi boʻgʻimlarga boʻlingan, odatda, 3 boʻlim: bosh, koʻkrak va qorin farq qilinadixitin sovut bilan qoplangan. Bir xil Qisqichbaqaning yaxlit bosh kapsulasi (sinsefalon) antennulalarga ega boʻlgan bosh oʻsimtasi va 4 bosh boʻgʻimidan iborat. Bosh boʻgʻimlarida antennalar, bir juft yuqori jagʻ, 2 juft pastki jag joylashgan. Boshqa Qisqichbaqaning akron va antennal boʻgʻimdan iborat birlamchi boshi (prototsefalon) jagʻ boʻgʻimlari (gnatotsefalon) bilan harakatchan qoʻshilgan. Odatda, Qisqichbaqa koʻkragining bir necha boʻgimlari bosh bilan qoʻshilib, boshkoʻkrakni hosil qiladi, ularning oʻsimtalari esa oziqni maydalovchi va ogʻizga suruvchi oyoq jagʻlarga aylanadi. Koʻpchilik Qisqichbaqa boshining keyingi qismi va koʻkrak boʻlimi yon va ustki tomondan qalqonsimon, ikki tavaqali yoki yarim silindr shaklidagi xitinlashgan sovut bilan qoplangan.

  • Qisqichbaqasimonlar, qisqichbaqalar — boʻgʻimoyoqlilar tipining sinfi. 30000 ga yaqin turi bor. Uzunligi mm ning bir boʻlagidan 80 sm, baʼzi gurlari (masalan, yapon krabi) oyoqlari yoyilganida tanasining kengligi 3 m ga yetadi. Tanasi boʻgʻimlarga boʻlingan, odatda, 3 boʻlim: bosh, koʻkrak va qorin farq qilinadi; xitin sovut bilan qoplangan. Bir xil Qisqichbaqaning yaxlit bosh kapsulasi (sinsefalon) antennulalarga ega boʻlgan bosh oʻsimtasi va 4 bosh boʻgʻimidan iborat. Bosh boʻgʻimlarida antennalar, bir juft yuqori jagʻ, 2 juft pastki jag joylashgan. Boshqa Qisqichbaqaning akron va antennal boʻgʻimdan iborat birlamchi boshi (prototsefalon) jagʻ boʻgʻimlari (gnatotsefalon) bilan harakatchan qoʻshilgan. Odatda, Qisqichbaqa koʻkragining bir necha boʻgimlari bosh bilan qoʻshilib, boshkoʻkrakni hosil qiladi, ularning oʻsimtalari esa oziqni maydalovchi va ogʻizga suruvchi oyoq jagʻlarga aylanadi. Koʻpchilik Qisqichbaqa boshining keyingi qismi va koʻkrak boʻlimi yon va ustki tomondan qalqonsimon, ikki tavaqali yoki yarim silindr shaklidagi xitinlashgan sovut bilan qoplangan.


Download 23.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling