Hasharotlarning tashqi belgilari – morfologiyasi. Hasharotlarning anatomiyasi va fiziologiyasi pptx


Download 23.96 Kb.
bet5/8
Sana16.06.2023
Hajmi23.96 Kb.
#1518640
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bogimoyoqlilar

Qon aylanish sistemasi
  • Qon aylanish sistemasi hamma bo'g'imoyoqlilarniki singari ochiq bo'ladi. Qoni tana bo'shlig'ini to'ldirib turadi. Ichki organlari va to'qimalari qon suyuqligida joylashgan. Qondagi oziq moddalar to'qimalarga o'tadi, to'qimalardan esa moddalar almashinuvining ohirgi mahsulotlari qonga chiqariladi. Hasharotlarning qoni kislorod va karbonat angidridni tashishda, ya'ni nafas olishda ishtirok etmaydi. Yuragi ichagining qorin qismi ustki tomonida tana bo'ylab joylashgan muskulli naychadan iborat.
  • Hasharotlarning qoni – gemolimfa rangi sariq, yashil yoki rangsiz bo’ladi. Gemolimfa plazma va qon hujayralari –gemositlardan tashkil topgan. Hashsrotlar qoni tarkibining 75% ini suv, umumiy tuzlari miqdori 3% ni, 6.6% - oqsillar, aminokislotalar 12 % ni tashkil etadi. Qoni tarkibida yog’lar doimiy emas, ozig’iga bog’liq. Gemolimfa tarkibida glyukoza doimiy mavjud bo’lib, muskullarida energiya hosil qilishda ishtirok etadi.
  • Yurakdan tananing bosh tomoniga qarab bitta kalta qon tomiri ketadi. Yuragi 4-10 kamerali, yonboshida 2 juft klapanli teshikchalari mavjud. Bu tomirning uchi tana bo'shlig'iga ochiladi. Yurak qisqarganida qon yurakdan ana shu tomir orqali bosh tomonga haydaladi va u yerdan tana bo'shlig'iga kelib quyiladi. Yurak kengayganda esa qon tana bo'shlig'idan yurakning ikki yonidagi teshikchalar orqali uning ichiga o'tadi. Shunday qilib, yurak muskullarining dam-badam qisqarishi tufayli qon yurakdan tana bo'shlig'ining oldingi tomoniga quyiladi, u yerdan orqa tomonga oqadi.

Nafas olish sistemasi
  • Nafas olish sistemasi tana bo'shlig'ida joylashgan juda ko'p shoxlangan ingichka naychalarga o'xshash traxeyalardan iborat. Havo qorin bo'limida joylashgan tashqi nafas olish teshiklaridan naychalarga o’tadi. Naychalar orqali havo hamma tana organlariga, shu jumladan qanot, mo'ylov va tirnoqlarga ham yetib boradi. Traxeya naychalaridagi havo qorin muskullarining dam-badam qisqarishi tufayli almashinib turadi.


Download 23.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling