Hasharotlarning tashqi belgilari – morfologiyasi. Hasharotlarning anatomiyasi va fiziologiyasi pptx


Download 23.96 Kb.
bet7/8
Sana16.06.2023
Hajmi23.96 Kb.
#1518640
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
bogimoyoqlilar

O‘zgarishsiz rivojlanish. Hasharotlar lichinkasining postembrional (tuxumdan chiqqandan keyingi) rivojlanishi turlicha bo‘ladi. Uning bori- shiga qarab hasharotlarni uchta katta guruhga ajratish mumkin. Birmuncha sodda tuzilgan birlamchi qanotsiz hasharotlarning tuxumdan chiqqan lichinkasi voyaga yetgan davriga juda o‘xshash bo‘ladi. Uning rivojlanishi o‘zgarishsiz kechadi. Bunday rivojlanishga anamorfoz yoki bevosita rivojla­nish deyiladi. Bu guruhga, odatda, birlamchi qanotsiz hasharotlar (oyoq- dumlilar, mo‘ylovsizlar, qo‘shdumlilar) kiradi. Chala o‘zgarish bilan rivojlanish. Qanotli hasharotlarning bir qismi (chigirtkalar, qandalalar, beshiktervatarlar, shiralar, bitlar, jizil- doqlar, ninachilar va boshqalar) chala o‘zgarish bilan rivojlanadi (6-rasm). Ularning tuxumdan chiqqan lichinkasi tuzilishi voyaga yet­gan davriga birmuncha o‘xshash bo‘lsa-da, qanotlarining rivojlanma- ganligi bilan farq qiladi. Lichinkalari bir necha marta tullagandan so‘ng voyaga yetgan hasharotga o‘xshash bo‘lib qoladi.

Chigirtkaning chala o‘zgarish bilan rivojlanishi: A—tuxum; B—har xil yoshdagi lichinkalar; D—voyaga yetgan hasharot.  

To‘liq o‘zgarish bilan rivoj­lanish. Ko‘pchilik hasharotlar (qo‘ng‘izlar, kapalaklar, burga- lar, pashshalar, chivinlar, arilar, chumolilar)ning tuxumdan chiqqan lichinkasining tuzilishi va hayot kechirishi voyaga yetgan davriga o‘xshamaydi (7-rasm). Bunday lichinkalar chuvalchang- simon shaklda bo‘lib, qurt deb ataladi. Hasharotlar qurtining ta- nasi chuvalchanglarga o‘xshash halqalarga bo‘lingan; oyoqlari kal- ta, og‘iz organlari ko‘pincha kemiruvchi tipda tuzilgan; oddiy ko‘zlari faqat yorug‘ni farqlash uchun xizmat qiladi.


7-rasm. Tut ipak qurti kapalagining to‘liq o‘zgarish bilan rivojlanishi :A-erkak va urg‘ochi kapalak; B-qurt D-pilla; E-pilladan chiqarib olingan g‘umbak

II.Bob. Qanotli bo’g’imoyoqlilar 2.1 To‘g‘ri qanotlilar, beshiktervatarlar va suvaraklar turkumlari To‘g‘ri qanotlilar turkumi. To‘g‘ri qanotlilar—yirik hasharotlar bo‘lib, uzunligi bir necha sm ga yetadi. Tanasi cho‘ziq, bosh qismida yirik mu­rakkab ko‘zlari va uzun mo‘ylovlari bor. Og‘iz organlari kemiruvchi. Qanot­lari ikki juft, ustki qanoti ingichka va uzun, biroz dag‘alroq; ostki qanoti keng va yumshoq bo‘lib, tinch holatda ustki qanot ostida taxlanib turadi. Ko‘pchilik to‘g‘ri qanotlilarning keyingi oyoqlari sakrovchi tipda tuzil­gan. Urg‘ochilarining tuxum qo‘yuvchi organi rivojlangan. Ba’zi turlarida ovoz chiqarish va eshitish organlari bo‘ladi. To‘g‘ri qanotlilar juda keng tarqalgan, 20000 dan ortiq turni o‘z ichiga oladi. Ko‘pchilik turlari yashil o‘simlik bilan oziqlanadi. Ular orasida ekinlarning xavfli zararkunan- dalari va yirtqich turlari ham bor.


Download 23.96 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling