Hasharotlarning xilma-xilligi: o`zgarishsiz va chala ozgarish orqali rivojlanishi mavzusi yuzasidan topshiriqlar
1-topshiriq
№
|
Kеnja sinf
|
Hayot tarzi
|
Og`iz organlarining joylashishi
|
Tana tuzilishi
|
1
|
Yashirin jag‘lilar kеnja sinfi.
|
tuproqda, hashaklar orasida, daraxt to’nkalari va toshlar ostida va boshqa sernam, quyosh tushmaydigan joylarda hayot kechiradi.
|
Kemiruvchi yoki so’ruvchi og’iz organlari maxsus kapsula ichida joylashgan, sirtdan faqat ularning uchki qismi ko’rinib turadi.
|
Qorin bo’limi 10-11 tagacha bo’g’imlardan iborat, qorin oyoqlari rudiment holda, yoki sakrovchi ayriga aylangan. Ko’zlari bo’lmaydi yoki faqat oddiy ko’zlari bo’ladi. Mo’ylovlari va qanotlari bo’lmaydi.
|
2
|
Ochiq jag‘lilar, ya'ni haqiqiy hasharotlar kеnja sinfi
|
O’simlik qoldiqlari bilan oziqlanadi. Yirtqich turlari ham bor.
|
og’iz organlari boshining yuzasida og’iz teshigining atrofida joylashgan
|
Tana tuzilishi turli sistematik guruhlarda turlicha.
|
2-topshiriq
№
|
|
Tana tuzilishi
|
Hayot tarzi
|
1
|
Birlamchi qanotsiz hasharotlar
|
Tanasi cho’ziq, tangachalar bilan qoplangan. Qorin bo’limi o’nta bo’g’imdan iborat. Qorin oyoqlari rudimenti saqlanib qolgan
|
Ular toshlar va barglar ostida, o’simlik qoldiqlari orasida hamda tuproqdagi yoriqlar va hatto xonadonlarda ham uchraydi. O’simlik qoldiqlari bilan oziqdanadi.
|
2
|
Qanotli hasharotlar
|
Qanotlari doimo yoyilib turadi, qo’nganida qanotlarini yig’ib ololmaydi.
|
Kunliklar va bahorilar turkumi vakillari voyaga yetgan davrida oziqlanmaydi. Ninichilar yirtqich hayot kechiradi.
|
3
|
Ikkilamchi qanotsiz hasharotlar
|
Turli sistematik guruhlarda turlicha tuzilgan. Suvaraklarning tanasi yassi, ust qanotlari dag’alroq, noziq orqa qanotlari taxlanib turadi.
Qandalalarning ustqanotlari asosi xitinlashgan
|
Xilma xil sistematik guruxlarga bo’linadi. Ular orasida o’txo’r, parazit hayot kechiruvchi turlari mavjud.
|
3-topshiriq
Hasharotlarning g’umbaklari tuzilishiga ko’ra uch xilga ajratiladi:
- erkin, birmuncha harakatchan ochiq g’umbaklar. Ularning tanasida voyaga yetayotgan hasharotning qanotlari va oyoqlari ochiq joylashgan, tashqi tomondan yaxshi ko’rinib turadi. Chivinllarning suvdagi g’umbaklari qorin tomonini tez-tez egib suzib yuradi.
- erkin, qisman harakatchan yopiq g’umbaklarda boshlang’ich qanotlar va oyoqlar xitin bilan qoplangan, tanaga zich yopishib turadi. G’umbak tanasini biroz qimirlatishi mumkin. Ko’pchilik kapalaklar g’umbagi pilla ichida rivojlanadi.
- harakatchan bochkasimon, aniq shaklsiz g’umbaklar
Do'stlaringiz bilan baham: |