Hashoratlar fiziologiyasi


Download 125 Kb.
bet7/7
Sana18.06.2023
Hajmi125 Kb.
#1563694
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
MOHIDIL

Zaharli hashoratlar
Yoz oylarida qishloq joylarda yashovchilar, shuningdek, tog‘-toshlar bag‘riga sayohatga chiqqan kishilarda hasharotlar chaqishi holatlari ko‘p uchraydi. Xo‘sh, qaysi hasharotlar chaqishidan ehtiyot bo‘lish kerak? Buning qanday asoratlari bor? Ulardan saqlanish uchun nima qilish kerak?
Bu masalalar hozir aholi orasida muhim ekanini hisobga olib, Respublika ilmiy ixtisoslashtirilgan allergologiya markazi direktori, tibbiyot fanlari doktori, professor Ilmira Razikova bilan shu mavzuda suhbatlashdik.
— Mutaxassislarning ma’lumotlariga ko‘ra, allergik reaksiyalar ko‘proq hasharotlar chaqishidan paydo bo‘ladi, — deydi I.Razikova — O‘z navbatida, hasharotlar sinfi bir necha guruhga bo‘linadi: chivinlar, pashshalar, kanalar, chaqa oladigan kapalak qurtlari, pardaqanotlilar va hokazo.
Ular chaqishidan yuzaga keladigan allergiya — insekt allergiya deb ataladi. Bu turdagi allergik reaksiyalar ko‘pincha pardaqanotli hasharotlar chaqishi natijasida yuzaga keladi.
Ayrim hasharotlar chaqqanda inson organizmiga allergenning hasharot zahri bilan kirishi, chaqqan paytda so‘lagi tushishi, hasharot tanasi yuqori qavati parchalarining nafas yo‘llariga tushishi kabi holatlar kuzatiladi.
Hasharotlarning qaysi turi chaqishi xavfliroq?
— Pardaqanotlilarning chaqishi og‘ir reaksiyalarga sabab bo‘ladi. Bu guruhga asalari, ari, qovoqari (qizilari), tukli ari (tuproq arisi) va chumolilar kiradi.
Hasharot chaqqanda zaharning allergik hamda toksik, ya’ni zaharli ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini esdan chiqarmaslik va ularni ajrata bilish lozim.
❗️Toksik reaksiya hasharot ko‘p marta chaqishida yuzaga keladi.
❗️Birgina hasharot chaqqandan keyin yuz beradigan og‘ir reaksiya ko‘proq allergik reaksiyaga xos.
Allergik reaksiyalar hasharotlarning tanasi ustki qavati parchalari nafas yo‘li orqali organizmga tushganda yoki bemor terisi orqali hasharot bilan yaqin kontaktda bo‘lganda, rinit yoki dermatit ko‘rinishida yuzaga kelishi mumkin.
Download 125 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling