Havo muhitining gigiyenik


Download 41.03 Kb.
bet2/6
Sana10.11.2023
Hajmi41.03 Kb.
#1765055
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
havo gigienasi maruza (2)

Karbonat angidrid gazi. Atmosfera havosidagi karbonat angidrid gazining konsentratsiyasi juda turg‘un (0,03—0,04%), chunki tabiatda uning aylanish jarayoni to‘xtovsiz bo‘lib turadi. Karbonat angidrid gazining havoda paydo bo‘lish manbalari organik moddalarning chirish va parchalanishjarayonlari, uning tuproqdan va mineral manbalardan ajralishi, odamlar va hay- vonlarning nafas olishidir. Havodagi karbonat angidrid gazining balansini uning o‘simlik, okean, dengiz, ko‘l va daryolar ochiq sathlari tomonidan yutilishi, atmosfera yog‘in-sochinlari yuvib ketishi hisobiga saqlanib turadi. Karbonat angidrid gazi nafas markazining fiziologik qo‘zg‘atuvchisidir. Havoda karbonat an¬gidrid gazi miqdorining (0,06% dan 1% gacha) oshishi orga¬nizmda ayrim funksional siljishlar keltirib chiqarishi mumkinligi aniqlangan. Karbonat angidrid gazi ko‘p miqdorda (10—12%) bodganda narkotik ta’sir ko‘rsatishi va o‘limga olib kelishi mumkin. Ventilatsiyasi yaxshi bo‘lmagan xonalarda ko‘pchilik odamlar yig‘ilganda karbonat angidrid gazi to‘planishi (nafas chiqariladigan havoda u 4,4% miqdorida bo‘ladi) bilan parallel holda hayot faoliyatining boshqa mahsulotlari miqdorining oshishi, havo temperaturasi va namligining ko‘tarilishi, yengil ionlar sonining kamayishi va mikroorganizmlar miqdorining oshishi kuzatiladi.
Agar xona havosidagi karbonat angidrid gazining miqdori 0,07—0,1% dan ortiq bo‘lsa, havo yoqimsiz hidga ega bo‘ladi va organizm funksional holatining yomonlashuvi sodir bo‘lishi mumkin.
Ozon (Оз) gazi atmosfera havosi tarkibida doimo bo‘ladi. Uch atomli kislorodning birikuvidan tashkil topgan ozon molekulasini gollandiyalik fizik Van Marum aniqlagan. Ozon juda past haroratda qotadi va eriydi, oson parchalanadi, hidi xlor hidiga o‘xshab ketadi.
Ozon bahor va yozda ko‘payib, kuzda kamayadi. U 20—25 km balandlikda yerni ultrabinafsha nurlardan saqlovchi qavat hosil qiladi. Ozon momaqaldiroq paytida hamda quyosh- ning ultrabinafsha nurlari ta’sirida, shuningdek, juda ko‘p suv va qatronli moddalar bugdanganda (dengiz va okean qirg‘oq- lari, tog‘ va o‘rmonlarda) atmosferaning pastki qavatlarida oz miqdorda hosil bo‘ladi. Atmosfera havosida ozonning me’yor- da bo‘lishi uning tozaligini ko‘rsatadi. Agar havoda ozon gazi 0,02 mg m3 ga yetsa, kishi organizmiga salbiy ta’sir etadi.
Ozon inson va hayvon hayotida ijobiy taraflari bilan asqo- tadi. Ozon inson va hayvonlarni ko‘r bo‘lib qolishdan asraydi. Gap shundaki, ko‘z qobig‘idagi to‘r pardaga yomon ta’sir ko‘rsatadigan ultrabinafsha nurlarni atmosferada tutib qoladi. Ultrabinafsha nurlar odatdagidan ko‘proq bo‘lsa, unda ko‘z gavharining faoliyati buziladi. Shu tufayli ham Yer kurrasi ustida qalinligi atigi 10 millimetrgacha keladigan ozon qatlami ultrabi¬nafsha nurlarning ma’lum qismini ushlab qolib, ko‘zni anchagina muhofaza qiladi. Agar havoda ozon me’yoridan kam miqdorda oshsa, kishi lohas bo‘ladi, charchaydi, boshi og‘riydi. Agar kon- sentratsiyasi me’yoridan ko‘payib ketsa, ko‘ngil ayniydi, burun- dan qon keladi, ko‘zi yallig‘lanadi, yurak mushaklarida jiddiy o‘zgarishlar sodir bo‘ladi, hatto halokatga olib borishi ham mumkin.

Download 41.03 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling